Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogika


Muhammad Tarag’ay Ulug’bek (1394—1449)



Download 1,26 Mb.
bet177/325
Sana16.04.2022
Hajmi1,26 Mb.
#555917
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   325
Bog'liq
fozil

Muhammad Tarag’ay Ulug’bek (1394—1449)
Ulug’bek 1394-yilning 22 martida Eron g’arbidagi Sultoniya shahri-da bobosi Sohibqiron Amir Temurning harbiy yurishi paytida tavallud topdi. U SHohrux Mirzoning to’ng’ich o’g’li. Muhammad Tarag’ay deb ism berilgan bolani bobosi mehr bilan «Ulugbek» deb atayvergan. SHu sababli uning asosiy ismi Ulug’bek bo’lib qoladi va jahonga ana shu nom bilan shuhrat tarqatadi.
Ulug’bekning otasi SHohrux Amir Temurning uchinchi o’gii bo’lib, Xuroson hukmdori, ma’rifatli, ilm-fanga qiziqqan shoh edi. Onasi Gavharshodbegim ham o’z davrining oqila, bilimdon ayo’llaridan hisobla-nardi.
«Taqdir bu ulug’ zotning zimmasiga behad ulkan va mashaqqatli vazifalar yukladi. Buyuk sarkarda Amir Temur bunyod etgan saltanatning vorisi boiishdek mislsiz sinov aynan unga nasib etdi»(I A.Karimov).
Ulug’bekning bolalik yillari bobosi Temurning harbiy yurishlarida o’tdi. Garchi Ulug’bek tug’ilganda bir oz zaif bo’lgan bo’lsa-da, harbiy yurishlar davrida chiniqdi.
Amir Temur nabirasi Ulug’bekning o’tkir zehnli, aqlu farosatli bo’lganligi uchun juda sevardi. «Ko’zimning nuri, saltanatimning umidli niholi», deb erkalatardi. Biroq, Ulug’bek Mirzo nozik bo’lib o’sdi. Buning ustiga ko’p vaqtini kitob mutolaa qilish bilan o’tkazar, davlat ishlariga rag’bati yo’q ko’rinar edi.
Ulug’bekning tarbiyasi bilan buvisi Saroymulkxonim shug’ullanib, sevimli nabirasiga o’quv-yozuvni o’rgatgani, tarixiy mavzularda hikoya va ertaklarni so’ylab bergani uning hayotida o’ziga xos maktab bo’ldi.
1405—1411-yillari o’sha davrning qonun-qoidalariga binoan Ulug’bek harbiy va siyosiy tarbiyadan ilm o’rgangan.
O’rta asrlardan saqlanib qolgan kitoblardan mahlum bolishicha, saltanatga vorislar davlatni boshqarishda muayyan tartib-qoidalar bayon qilingan qollanmalar asosida tayyorlangan. SHulardan bin shahzodalar va xonzodalar bilishi zarur bo’lgan «Suluk ul-muluk» (Podshohlarga qo’llanma) kitobidir.
Ulug’bek ham anhanaga ko’ra, mazkur kitobni mukammal o’rganar va unda ko’rsatilgan davlatni idora qilish sanoati — turli lavozim egalarini tayinlash, soliq to’plash, ruhoniylar, mansabdorlar hamda boshqa yurtlardan kelgan elchilarni qabul qilish, xayru sadaqa berish kabi tartib-qoidalar bo’yicha ko’nikmalarni egallaydi.
Ulug’bek yoshligidan ko’p kitob mufblaa qilgan. U, ayniqsa, matematika, astronomiya iznlariga qiziqdi.
U bobosining xos munajjimi mavlono Badriddin bilan ko’p vaqtini o’tkazar, undan hisob va taqvimdan dars olar, bahzi kechalari, qor tinib osmon yorishgan paytlari yulduzlarning o’rni va harakatini kuzatish bilan mashg’ul bo’lardi.
Taniqli olim Bo’riboy Ahmedovning fikricha, mavlono Badriddin Samarqandda bo’lgan vaqtda Ulug’bekni Ko’ksaroydagi xos kutubxonasiga boshlab borib, kutubxonaga yangi kelib tushgan alloma al-Farg’oniy tarafidan bitilgan «Kitob fi javomeh ilm an-nujum va usul al-harakat assamoviya» («Yulduzlar haqidagi ilm bilan osmon yoritqichlari harakatining asosini (bir-biriga) qo’shuvchi kitob»)ni ko’rsatadi.
SHunday qilib, Ulug’bek bolalik yillaridayoq mavlono Badriddin Tusiy, Abu Rayhon Beruniy, Umar Xayyom kitoblari bilan hamda Oqsulot va O’trorda «Ziji Malikshohiy» bilan tanishadi.
Fanga bo’lgan zo’r muhabbati, katta qobiliyati va mehnasevarligi tufayligina Ulug’bek astronomiya maktabining asoschisi va rahbari si-fatida ajoyib muvaffaqiyatlarga erisha oldi. Bu maktab butun dunyoda ehtirof etildi, shuhratga sazovor bo’ldi.
Zo’r qobiliyat, o’tkir xotira va asta-sekin bilimlarni to’plash shunga olib keldiki, Ulug’bekda fanga qiziqish va intilish rivojlana bordi. Ulug’bek bilimlarini tinmay chuqurlashtirishi va o’z ustida muntazam ravishda ishlashi natijasida ko’pgina zamondoshlaridan o’zib ketdi.
1411-yili 17 yoshli Ulug’bek Mirzo Movarounnahr va Turkistonning hokimi etib tayinlanishi temuriylar xonadonida Ulug’bekning mavqei naqadar yuksak ekanligidan dalolat beradi. Ulug’bek hokim bo’lgach, bobosidan farqli o’laroq, harbiy yurishlar bilan qiziqmadi. Aksincha, u o’rta asrlardagi boshqa hukmdorlardan o’zgacha yo’l tutdi, ko’proq ilm-fanga moyil bo’ldi.
Ulug’bek umrining ilk davridanoq Mavlono Ahmad va Qozizoda Rumiy - falakiyotshunos va riyoziyotchilar ta’sirida ulg’ayadi. SHu sababli uning hayotida aniq fanlar muhim ahamiyat kasb etdi. Yigirma yoshlarida u o’z davrining yirik ohmlaridan biri bo’lib shakllandi. U hokim bo’lgan paytidagi olamshumul o’zgarishlar butun o’rta asr madaniyati tarixida betakror voqea bo’lib qoldi.
Ulug’bek safdoshlaridan G’iyosiddin Jamshid Koshiy 1417-yil Samarqanddan Koshondagi o’z otasiga yozgan maktubida Ulug’bekning fahliyati va bilimini quyidagicha tahriflaydi:
«Ollohga va uning nehmatlariga shukronalar bo’lsinkim, yetti iqlimning farmonbardori, islom podshohi Ulug’bek donishmand kishidurlar. Men bu narsani odob rasmi yuzasidan aytayotganim yo’q. Haqiqat shuki, avvalo u kishim Qur’oni Karimning aksariyat qismini yoddan biladilar. Tafsirlarni va mufassirlarning har bir oyat haqidagi so’zlarini aqlda saqlaydilar va yoddan biladilar, arabchada g’oyat yaxshi yozadilar. SHuningdek, u kishim fiqhdan habardorlar; mantiq mahnolarining bayoni va usullaridan ham xabardorlar».
U kishi riyoziyot (matematika) faniningbarcha tarmoqlarini mukam­mal egallagan va shunday jiddiy mahorat ko’rsatganlarki, har qanday sonni tezlik bilan qo’shish va ko’paytirish iqtidoriga ega bolganlar. Inson bino bo’lganidan beri shu kungacha hah hech kimsa u qadar aniq va tez hisoblay olmagan».
Ulug’bek Samarqand, Buxoro va G’ijduvonda uchta madrasa barpo etdi.
Samarqanddagi madrasa qurihshi 1417 -yili boshlanib, uch yilda qurib bitkaziladi. Tez orada Ulug’bek madrasaga mudarris va ohmlarni to’play boshlaydi va shu tariqa uning falakiyotshunoslik maktabi shakllanadi. Bu maktabning asosiy mudarrislari ilmiy ishlarga qulay sharoit va panoh izlab Temur davridayoq Samarqandga kelgan Taftazoniy, Mavlono Ahmad va Qozizoda Rumiy kabi olimlar edi. Qozizodaning maslahati bilan Ulug’bek otasining mulki Xurosonning Koshon shahridan G’iyosiddin Jamshid Koshiyni chaqirtirdi. SHunday qilib, Movarounnahrning turli shaharlaridan va Xurosondan to’plangan olimlar soni 1417 -yilga kelib 100 dan ortib ketdi. Ular orasida adiblar, muarrixlar, xattotlar, rassomlar, mehmorlar bor edi. Lekin yulduzshunoslik va riyoziyot sohasidagi olimlar sharafliroq va obro’liroq edi. Ular orasida Qozizoda va Koshiy eng nufuzli edilar.
1420 -yili Samarqand madrasasining tantanali ochilishi bo’ldi. Manbalarda qayd etilishicha, «madrasa binosi bitishiga yaqinlashganda, bu erga to’plangan adabiyot, sanoat va fan namoyandalari Ulug’bekdan madrasaga kimni mudarris etib tayinlamoqchisiz, deb so’rashganda, Ulug’bek barcha fanlardan xabardor biror odamni qidirib topaman, deb javob bergan. SHu erda g’ishtlar orasida oddiy kiyimda o’tirgan mavlono Muhammad Ulug’bekning bu gapini eshitib qolgan va shu onda o’rnidan turib, bu vazifaga men loyiqman, degan. SHundan keyin Ulug’bek uni imtixon qilib, uning chinakam bilimdon odam ekanligiga ishonch hosil qilgan va uni hammomda yuvintirib, yaxshi kiyintirish to’g’risida buyruq bergan. Madrasaning ochilishida mavlono Muhammad mudarris sifatida mahruza o’qigan; mavlono Muhammadning olimlardan 90 kishi ishtirokida qilgan mahruzasini Ulug’bek bilan Qozizoda Rumiydan boshqa hech kim tushuna olmagan. CHunki bu mahruza haddan tashqari ilmiy jihatdan kuchli va murakkab masalalarni o’z ichiga olgan edi».
Bu erda tilga olingan Qozizoda Rumiy (Salohiddin Musa bin Mahmud) mashhur matematik va astronomdir. U Ulug’bek madrasasining dastlabki mudarrislaridan biri edi. G’oyat bilimli bu olimni zamondoshlari «O’z davrining Aflotuni» deb ataganlar.
Ulug’bek asarlarining sharhchisi, Qozizoda va Ulug’bekning istehdodli shogirdi, samarqandlik matematik va astronom Alouddin Ali ibn Muhammad Qushchidir. U «O’z davrining Ptolomeyi» deb nom olgan. Ali Qushchi ilmiy ishda Ulug’bekning eng yaqin yordamchilaridan biri edi. Ulug’bek maktabi namoyandasi sifatida Ulug’bek asarining sharhchisi astronom CHalabiy nomi ham diqqatga sazovordir.
Madrasada boshqa mudarrislar bilan bir qatorda, Ulug’bekning o’zi ham astronomiya bo’yicha mahruzalar o’qir edi. Uchinchi darajali algebraik tenglamaga olib kelgan bir gradus yoyning sinusini aniqlash—Ulug’­bek va uning maktabi erishgan ajoyib va eng muhim muvaffaqiyatlardan biri bo’ldi.
Ulug’bek atrofida to’plangan Samarqand olimlari katta ahamiyat bergan eng muhim ilmiy yo’nalishlardan biri falakiyotshunoslik fani edi. SHuni ham aytish kerakki, musulmon mamlakatlarida va umuman islom madaniyatida aniq fanlar, ayniqsa, falakiyotshunoslik va riyoziyot muhim o’rin tutadi. CHunki musulmon kishi qaerda bo’lishidan qatoi nazar, erta tongdan oqshomgacha qadar uning uchun besh vaqt namoz farzdir. Namoz yuzni qiblaga — Makkadagi Kahba yo’nalishiga qarab o’qiladi. Namozning vaqtlari esa har bir jo’g’rofik kenglikda ham quyoshning erdan balandligiga qarab belgilanadi. Undan tashqari, islomda qabul qilingan hijriy yil hisobi 354 kunni tashkil qiluvchi 12 qamariy oydan iborat bo’lib, yangi oy—hilolni masjid minorasidan yoki rasadxona tepasidan ko’z bilan ko’rib aniqlangan. SHuning uchun musulmon kishining hayoti falakiyotshunoslik, riyoziyot, jo’g’rofiya, hunarmandchilik va mehmorchilikka aloqador quyidagi masalalarni hal qilish bilan bog’liq bo’lgan:
1) joyning jo’g’rofik yo’nalishlarini aniqlash;
2) mahalliy meridian bilan qibla yo’nalishini ko’rsatuvchi katta doira orasidagi burchakni aniqlash;
3) jo’g’rofik yo’nalishlarni hisoblash uchun aniq riyoziy (trigonometrik) hisoblash qoidalari va usullarini bilish;
4) jo’g’rofik yo’nahsh asosida quyosh balandligini aniqlash qoidalarini bilish;
5) quyosh, oy, sayyoralar va boshqa yoritgichlarning kecha-kunduzning istalgan vaqtidagi holatlarini aniqlaydigan sferik astronomiyaning aniq qoidalarini bilish;
6) turli shaharlar orasidagi masofalarni aniqlash uchun gehdezik o’lchashlarni bajarish;
7) turli vaqt o’lchash asboblarini yasash;
8) erning mahmur qismi haqida aniq tasavvurga ega bo’lish uchun xaritalar tuzish;
9) xaritalar tuzish uchun riyoziyotga taalluqli ko’rinish holatlarini bilish;
10) falakiyotshunoslik, jo’g’rofiya va sehdeziyaga taalluqli hisoblarni bajarish uchun yuksak aniqlikdagi riyoziy hisoblash usullarini bilish;
11) yoritqichlarni kuzatish ob-havo bilan bog’liq bo’lganligi uchun meterologiya va geofizikadan ma’lumotga ega bo’lish;
12) masjid, madrasa va rasadxonalar barpo etish uchun mehmorlik sanoati va anhanalaridan xabardor bo’lish.
Yuqorida ko’rsatilgan va bu ro’yxatga kirmagan boshqa ko’plab masalalar shunchalik chambarchas bog’lanib ketganki, ularni hal qilish uchun olim va hunarmandlarning katta jamoa va guruhlari kerak edi. Ana shuning uchun Ulug’bek o’z atrofiga turli ilm va hunar namoyandalarini to’plagan.
Keltirilgan masalalar ro’yxatidan ko’rinib turibdiki, ularning ko’pi falakiyotshunoslikka aloqador. Islomdagi eng avvalgi yulduzlar haqidagi asarlar «Zij» deb atalib, ular asosan jadvallardan iborat bo’lgan.
Ulug’bek boshchilik qilgan astronomlarning muvaffaqiyatli ravishda olib borgan ta’lim va ilmiy ishlari ularni aniqroq asboblar bilan tahminlangan namunali rasadxona qurish kerak degan fikrga olib keldi. Tarixiy manbalar ana shundan dalolat beradiki, Mirzo Ulug’bek o’z madrasasini qurdirib bitkazgandan keyin oradan to’rt yil o’tgach, Qozizoda Rumiy, mavlono G’iyosiddin Jamshid va mavlono Muiniddin Koshiy bilan maslahatlashib, Ko’hak etagida, Obirahmat soyiningbo’yida rasadxona binosini qurdirdi. Rasadxona kutubxonasi ko’plab ilmiy asarlar, jahondagi mashhur kishilarning asarlari bilan boyitildi va u yerda saqlanayotgan kitoblar soni 150 mingdan ziyod boidi.
Bu haqda Volter «Ulug’bek Samarqandda birinchi akademiyaga asos soldi, er kurrasini o’lchashni buyurdi va astronomik jadvallar tuzishda ishtirok etdi», deb yozgan edi. O’sha vaqtlari Samarqandda Ulug’bek tevaragida, avval aytganimizdek, 100 dan ortiq olim uyushgan bo’lib, rasadxona akademiya vazifasini o’tagan edi.
Madrasa bilan rasadxona orasida mustahkam aloqa bor edi. Rasadxonada ishlab turgan ilmiy xodimlarning bir qismi madrasada mudarrislik qilishgan. Ular orasida G’iyosiddin Jamshid Koshoniy va Mirzo Ulug’bekning o’zi ham bo’lgan. Ulug’bek madrasa toliblari bilan tez-tez bahslashib, imtihon qilib turgan. Bir kuni Ulug’bek madrasa toliblarini riyozat bilan taqvimdan imtihon qilmoqchi bo’libdi. U o’rtaga mana bu savolni tashlabdi: «Qani, tolibi ilm, aytingchi, hijriy 818-yil, rajab oyining o’n ikkinchi birlan o’n beshinchi o’rtasi, 918-yil rajab oyining o’n ikkinchi birlan o’n beshinchi orasi qaysi ayyomga to’g’ri keladur?». Buning uchun juda ko’p raqamlarni yodda tuta olish zarur ekan. Talabalardan birortasi ham bu masalani yecholmabdi. SHunda Ulug’bek buni uyga vazifa qilib topshiribdi va ustozlarga xos husnu odob bilan mehribonlik ko’rsatib, o’rtaga qo’yilgan masalani tushuntirgan. So’ng Abu Rayhon Beruniyning «Qonuni Masoudiy» kitobini ochib, oltinchi maqolasining ettinchi bobidan parcha o’qib bergan. So’ng kitobni yopib talabalarga bir necha savollar bergan. Javoblardan qisman qoniqish hosil qilgan ustoz tolibu ilmlarga bu asarni chuqurroq tahlil qilib uning mohiyatini anglab etishni uyga yana bir bor vazifa qilib berishi u talabchan olim ekanligidan dalolat beradi.
Rasadxona bilan madrasa ilm ahllarining birgalikdagi fahliyati Ulug’bek ilmiy maktabida yulduz ilmi va riyoziyotni o’rta asrlar davrida eng yuqori pog’onaga ko’tardi. U 1018-yulduzning holati va harakatini aniqladi.
Ulug’bek ilmiy merosining eng asosiysi, mahlum va mashhuri uning «Zij»i bo’lib, bu asar «Ziji Ulugbekdir. «Ziji jadidi Ko’ragoniy» deb ham ataladi. «Zij»dan tashqari uning qalamiga mansub riyoziyot asari—«Bir daraja sinusni aniqlash haqida risola», yulduzlarga bag’ishlangan «Risolai Ulug’bek» (yagona nusxasi Hindistonning Oligarh universitetining kutubxonasida saqlanadi) va tarixga doir «To’rt ulus tarixi» asaridir.
Ulug’bek «Zij»i o’rta asrlardagi eng mukammal asar bo’lib, tezda zamondoshlarining diqqatini o’ziga jalb etdi. Eng avval, bu asar Samarqandda Ulug’bek atrofida to’plangan olimlar ijodiga katta ta’sir ko’rsatdi.
1449-yili Ulug’bekning fojiali halokatidan so’riga Samarqand olimlari asta-sekin Yaqin va O’rta SHarq mamlakatlari bo’ylab tarqalib ketadilar. Ular o’zlari borgan yerlarga Samarqand olimlarining yutuqlarini va «Zij»ning nusxalarini ham yetkazadilar. Jumladan, Ali Qushchi 1473-yili Istanbulga borib, u yerda rasadxona quradi. SHu tariqa, Ulug’bek «Zij»i Turkiyada tarqaladi va Turkiya orqali Ovrupo mamlakatlariga ham etib boradi.
Hozirgi kundagi ma’lumotlarga ko’ra, «Zij»ning 120ga yaqin forsiy va 15dan ortiq arabiy nusxasi mavjud. O’rta asrlarda yozilgan hech bir astronomik yoki riyoziy asar bunchalik ommalashmagan. «Zij» musulmon mamlakatlarining deyarli barchasida o’rganilgan.
Ulug’bek «Zij»i, ayniqsa, Hindiston olimlariga kuchli ta’sir ko’rsatdi. Samarqand olimlarining ilmiy anhanalarini Hindistonga Boburning o’zi etgazgan degan ma’lumot bor. Boburning vorislari o’tmishdagi shohlarga o’xshab atrofiga olimlarni to’playdilar va ularning ilmiy izlanishlariga sharoit yaratadilar.
«Zij»ning G’arbiy Ovrupo faniga ta’siri katta boldi. Umuman olganda, G’arbiy Ovrupo Temur va uning farzandlarini, ayniqsa, Ulug’bekni XV asrdanoq bilardi. Ali Qushchining Istanbuldagi fahliyati tufayli Ulug’bekning olimligi haqidagi xabar Ovrupoga ham tarqaladi.
1638-yili Istanbulga ingliz olimi va sharqshunosi, Oksford dorilfununiningprofessori Jo’n Grivs (1602—1652) keladi.
Qaytishida u o’zi bilan Ulug’bek «Zij»ining bir nusxasini Angliyaga olibketadi. 1648 -yili avval «Zij»dagi 98 yulduz jadvalini chop etadi. O’sha yilning o’zida Grivs «Zij»dagi jo’g’rofiy jadvalni ham nashr etadi. 1650-yili esa u «Zij» birinchi maqolasining lotincha tarjimasini nashr etadi.
CHeksiz aql-idroki, azmu qatoiyati, odilona siyosati bilan Mirzo Ulug’bek qariyb qirq yil mobaynida Movarounnahr diyorining donishmand hukmdori bo’lib, xalqlarning azaliy orzusi — tinchlik, totuvlik, har-tomonlama taraqqiyotni qaror toptirish yo’lida matonat ko’rsatdi.
Mirzo Ulug’bek, avvalo, ilmiy farazlar bilan emas, balki sof amaliy uslubda ijod qildi. Minglab yulduzlarni jamlagan mukammal harita va bugungi eng zamonaviy hisoblardan deyarli farq etmaydigan astronomik jadvalini yaratdi.
Uning hayoti va ijodi o’zbek xalqi ma’naviyati poydevoriga qo’yilgan tamal toshlaridan biri bo’lib, xalqimizning o’rta asrlarda fundamental fanlarga nechog’likbuyuk ahamiyat berganini ko’rsatadi.
Mirzo Ulug’bek xizmatlaridan yana biri shundaki, u avvalo yosh avlodning aqliy va ma’rifiy tarbiyasiga katta aksariyat berib, ularni dunyoviy bilimlarni egallashga da’vat etdi, har qanday johillik va bilimsizlikka qarshi kurashdi. U insonning imkoniyatlari cheksiz ekanligiga ishora qilib, yoshlarni ilm egallashga, insofli va himmatli bo’lishga, halollik va rostgo’ylikka da’vat etdi.
Ulug’bek bilimlarni faqat kitoblardan emas, balki bevosita hayotning o’zidan ham olishni tavsiya etadi.
Ulug’bek yangi-yangi ilmiy kashfiyotlar qilishni inson uchun oliy fazilat deb biladi. U Movarounnahr shaharlarini, xususan Samarqand va Buxoroni ilmu ma’rifat dargohiga aylantiradi. Ulug’bek «Bilimga intilish har bir muslim va muslima uchun farzdir» degan shiorni ilgari suradi va uni madrasaning peshtoqiga yozdirib qo’yadi. Madrasada esa ilmning turli sohalarining o’qitilishiga alohida e’tibor beriladi. Masalan, Samarqand madrasasida ilohiyot ilmlari: Qur’on, Hadis, tafsir, fiqh bilan birga, riyoziyot, handasailmi, hayot (falakiyot), tibbiyot, tarix, geografiya, ilmi aruz, ilmi qofiya, arab tili kabi dunyoviy ilmlar o’rgatilgan.
Ulug’bek ilm-fan ravnaqi uchun kurashgan, ta’lim-tarbiya rivojiga hissa qo’shgan fuqarolarni doimo rag’batlantirib, o’qituvchi-ustoz, mudarrisga hurmat-ehtirom bilan qarashni targ’ib etgan. Uning mana shu sayoi harakatlari tufayli ta’lim-tarbiya saviyasi yaxshilana bordi, madrasalarda o’qish-o’qitish ta’limni jonlantirishga katta ahamiyat berildi. Madrasadagi o’quv sistemasi isloh qilinib, unda falakiyot, matematika, geografiya kabi aniq fanlarni o’qitishni joriy etdi, ta’lim mazmunining saviyasini oshirdi, madrasalarda o’qish muddatini 15—20 yildan 8 yilga tushirdi.
Ulug’bek o’z pedagogik qarashlarida bolalarning jismonan sog’lom, harbiy hunarni puxta egallagan, jasur, mard bo’lib etishuviga alohida ahamiyat beradi.
Ulug’bekning fikricha, ta’lim-tarbiyada matematika, falakiyot fanlari bolaning aqhy qudrati va qobiliyatini o’stirishda muhim vosita bo’lsa, tarix va adabiyot fanlari bolalarning vatanparvar bo’lib yetishishlariga xizmat qiladi.
Ulug’bek ta’lim-tarbiyada mudarrislarning odil va halol bo’lishiga, o’z pedagogik mahoratlarini, bilimlarini oshirib borishga, har bir mashg’ulotni yuksak saviyada o’tkazishga da’vat qiladi, ana shu bilangina o’quvchilarda bilimga qiziqish orttirish mumkinligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, tarbiyachi avval o’zini tarbiyalashi, bilim va malakalarini egallashi lozim.
Ulug’bek bolalarni tarbiyalashda uy sharoiti va ota-onalarning faoliyatiga yuqori baho beradi, ularni hayotda chidamli, mehnatsevar qilib tarbiyalash juda zarur, deydi. Buning dahli sifatida «Zij» ustida ishlash paytidagi qiyinchiliklar haqida shunday deydi: «Yulduzlar jadvalini tuzish maqsadida biz kechayu kunduz ishladik, o’z mo’ljallagan maqsadimizga etguncha biz o’zimizga qadar yaratilgan jadvallarni taqqosladik, qayta tuzdik va shu tariqa yuz qaytalab tuzatishlar kiritgach, o’n sakkiz yildan so’nggina o’z ko’zlagan niyatimizga etdik».
Ulug’bek axloqiy tarbiya haqida gapirar ekan, bu masalada insonlar orasidagi o’zaro munosabatlar, do’stlik va birodarlik alohida ahamiyat kasb etishi kerakligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, haqiqiy va soxta do’stlarni ajrata olish lozim, g’arazli kishi hech vaqt do’st bo’lmaydi, kishilarni u to’g’ri yo’ldan ozdiradi. SHu bois g’arazli kishilardan har qanday yo’l bilan bo’lsa-da, yiroq bo’lish, kasbi va xulq-atvori yaxshi, hamma hurmat qiladigan, xushfehl kishi bilan do’stlashish lozimligini tavsiya etadi.
Har bir kishi do’stona hamkorlik bilan hayotiy muammolarni hal etishi mumkin, kishi yo’lg’iz o’zi, do’stlarsiz hech narsa qila olmaydi. Uning ta’kidlashicha, har bir insonning axloqiy shakllanishi olimlar o’rtasidagi munosabatlarga ham bog’liqdir, ular o’rtasidagi yaxshi hamkorlik talabalarning axloqiy tarbiyasida g’oyat muhimdir. Bunday do’stona va beg’araz hamkorlik mohiyatini biz Ulug’bek fahliyati misolida ko’rishimiz mumkin. Masalan, Ali Qushchi umrining oxirigacha unga sodiq qoldi. Ulug’bek o’zining ko’pyillik mehnati evaziga yaratilgan «Ziji Ko’ragoniy» asarini unga ishonib topshirdi va u o’z navbatida ustozining ishonchini oqladi.



Download 1,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   325




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish