Ko‘nikma va malakalarni ishlab chiqish va mustahkamlash darsi.
egallangan bilimlarni o‘quvchilar tomonidan mustahkamlash hamda amaliyotda qo‘llay olish bilan bog‘liqdir.
Bilimlarni tekshirish (nazorat)
o‘qituvchi o‘quvchilarning fanlar yuzasidan o‘zlashtirgan bilimlarni egallash;
ko‘nikma va malakalarning shakllanganlik darajasini, o‘quv materiallarining o‘zlashtirishdagi kamchiliklarini aniqlash;
navbatdagi topshiriqlarni bajarish belgilab olishga yordam beradi.
O‘qituvchi o‘z tajribasidan kelib chiqqan holda sinf o‘quvchilarining yosh xususiyatlarini e’tiborga olib zamonaviy darsning quyidagi kombinatsiyalriga e’tibor berishi lozim:
integral fanlarning ilg‘or yutuqlari, kompyuter, pedtexnologiyalar va axborot texnologiya imkoniyatlaridan keng foydalanish, darsni hozirgi zamon o‘quv-tarbiyaviy jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etish;
darsda barcha didaktik tamoyil va qoidalarning optimal nisbatlarini ta’minlash;
o‘quvchilarning qiziqishi, iqtidori va talablarini hisobga olishi;
o‘quvchining o‘zi qiziqqan, orzu qilgan kasbi bo‘yicha mahoratini shakllantirishni motivatsiyalash va faollashtirish;
mantiqiylik va emotsionallikni ta’minlash;
pedtexnologiyalarning eng so‘nggi yutuqlaridan o‘z o‘rnida samarali foydalanish;
har bir darsni yuksak mahorat bilan puxta loyihalashtirish, rejalashtirish, tashxislash va tahlil qilish.
Darsning 3 ta maqsadi haqida:
Shu bilan birga ta’limning yordamchi shakllari ham mavjud. Ular quyidagilar:
-to‘garaklar, seminar, anjuman, maslahat, fakultativ, mashg‘ulotlar, o‘quv sayohatlari, mustaqil uy vazifalari.
Zamonaviy ta’lim o‘qituvchidan quyidagi vazifalarni e’tiborga olishni talab qiladi:
o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng so‘nggi bilimlardan habardor bo‘lib borish, ta’limni pedtexnologiyalar hamda axborot texnologiyalaridan foydalanib amaldagi o‘quv tarbiyaviy jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etishi;
ta’limda o‘quvchilarning yosh va psixologiik xususiyatlarini hisobga olib, o‘z mahoratini bilimini va qobiliyatini namoyish etishi;
o‘quvchilarning qiziqishlari, layoqati talablarini hisobga olgan holda, ular tomonidan bilimlarni puxta o‘zlashtirishga sharoit yaratish;
o‘quvchilar tomonidan o‘rganilayotgan o‘quv fanlarining o‘zaro aloqadorligini ta’minlash;
shaxsni har tomonlama kamol topishini faollashtirish;
kompyuter va axborot texnologiyalari asosida fanning eng so‘nggi yutuqlaridan xabardor bo‘lib borish;
o‘quvchilar bilim faoliyatining turlarini boyitish maqsadida ular ruhiyatini doimiy o‘rganib borish;
har bir darsni puxta loyihalashtirish, rejalashtirish, tashxis va tahlil qilish.
Ta’lim jarayonida o‘qituvchi erishishi lozim bo‘lgan yutuqlar ko‘p jihatdan uning ijodiy kayfiyatiga bog‘liq.
yangi o‘rganilayotgan o‘quv mavzusidan o‘z ijodiy kayfiyati uchun vositalar qidirsin;
o‘quvchilar bilan bo‘layotgan har bir muloqotdan ijodiy kayfiyat uchun motivlar topa olish;
his-tuyg‘u va kamchiliklarni yaxshilikka, ijodiy kayfiyatga yo‘nalatira olish;
o‘quvchilarning nojo‘ya xatti-harakatlariga doimiy e’tibor bermaslik va qulay
vaziyatlarda rasmiy, ta’sirchan tanbeh berish;
dars jarayonida aslo g‘azablanmaslik, o‘quvchilar kulgusini achchiq so‘z bilan to‘xtatmaslik, aksincha,to‘g‘ri qabul qila olish;
dars jarayonida muloyimlik, mehr-shafqatli bo‘lish, ulkan pedagogik yutuqlar kaliti ekanligini unutmaslik;
doimiy jiddiylik va asabiylashish asab tizimini tez charchatishini unutmaslik.
Ta’lim tizmida amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqqiyati o‘qituvchi kadrlarning kasb mahorati va savodxonligiga bevosita bog‘liq. Shu o‘rinda Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov quyidagi fikrlarini bayon etish o‘rinli: “Ta’lim-tarbiya islohoti haqida gapirar ekanmiz, uning mazmunini lo‘nda qilib ifoda etish mumkin. Bizga bitiruvchilar emas, bizga maktab ta’lim tarbiyasini ko‘rgan shaxslar kerak”. Shu nuqtai nazardan pedagogika oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan bo‘lajak o‘qituvchi talabalar o‘z mahoratlarini ikki tomonlama amaliyotda hamda ta’lim olish jarayonida shakllantiradilar.
Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida yuksak mahoratli omilkor o‘qituvchini shakllantirish uchta yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi:
o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ba’zaviy puxta tayyorgarlik (kasbiy ped-psixologik bilimlar);
metodologik bilimlarni egallash madaniyati;
pedagogik ijodkorlik va kreativlik.
Ushbu jadvalda o‘qituvchining ta’lim jarayonida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan pedagogik mahoratini belgilab beruvchi yuqorida keltirilgan uchta yo‘nalishdan har birining (bazaviy, metodoligik, ijodiy) tashkil etuvchi muhim jihatlari ko‘rsatilgan.
Pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarida kasbiy mahorat va omilkorlikni ta’minlovchi xususiyatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |