3) Agar g‘oyalar qaytarilsa, hafa bo‘lma, ruhsat ber!
g) insert usuli-avvalgi bilimlarni faollashtirish va matnda belgilash uchun savollarning qo‘yilish muolajasi. SHundan so‘ng matnda uchraydigan har turdagi axborotlarning belgilanishi.
Pinbord (ingilizcha pin-mahkamlash, bort-yozuv taxtasi) munozara usullari bilan moslashdan iborat.
4-guruh:
a)muammoli vaziyatlar usuli-ta’lim beruvchining muammoli vaziyatlarni yaratishga va ta’lim oluvchilarning faol bilish faoliyatlariga asoslangan. U aniq vaziyatni tahlil qilish, baholash va keyingi qarorni qabul qilishdan tuzilgan.
b)loyihalar usuli bilim va malakalarni amaliy qo‘llash, tahlil va baholashni nazarda tutuvchi majmuali o‘qitish usulini amalga oshiradi.
g) keys-stadiusuli (ingilizcha case-to‘plam, aniq vaziyat, stadu-o‘rganish)-bu usul, odatiy hayotni tashkillashtiruvchi vaziyatlarni yaratuvchi va ta’lim oluvchilarning maqsadga muvofiq, echim izlashni talab qiluvchi, hayotdan olingan odatiy vaziyatlarni tashkillashtirish yoki sun’iy yaratilgan vaziyatlarga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |