Bunga G’ijduvoniy yana 4 aqidani qo’shadi:
Edkard - bu til va dil zikri, yahni «Lo iloha illollohu Muhammadur Rasululloh»ni uch marta dilda aytish.
Bozgasht - har xil fikrlardan xalos bo’lish, tashqi olamdan ajralishga intilish.
Nigohdasht - xayo’lni boshqa narsalarga bo’lmaslik. Bunda xayo’l quvvati, o’z amalidan qolish malakasi hosil bo’ladi.
Yoddasht Alloh bilan doimo birga ekanligidan zavq
olishdir. Yoddasht hosil bo’lganda Haq muhabbati ko’ngilni
qamrab oladi, huzur baxsh etadi.
Bunga Naqshband, o’z navbatida, quyidagi uch talabni qo’shadi:
1. Vuqufi zamoniy - hamma vaqt Allohga shukronalik va uzr aytmoqdan voqif bo’lish.
2.Vuqufi adadiy - «Lo iloha illolloh» kalimasini
ko’p aytish emas, balki haqiqatni anglash va zikr toq sonni
tashkil etishiga e’tiborni berish.
3. Vuqufi Qalbiy - aytilgan zikrdan qalbning to’liq ogoh bo’lishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |