Z m bobur nomidagi andijon davlat universiteti tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti


Jadidchilikning Turkistondagi tadrijoti



Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana20.01.2020
Hajmi0,81 Mb.
#36036
1   2   3   4   5
Bog'liq
turkistonda jadidchilik harakati va ularning islohathilik faoliyati


Jadidchilikning Turkistondagi tadrijoti: 

I.  1885  –  1895  yillar:  G.  Ismoilbekning  «Tarjumon»  gazetasi  ta’sirida 

Qo‘qonda yangi – jadid usulidagi maktablar ochish harakatlari boshlanib, ular asta 

– sekin rus – tuzem maktablari bilan raqobatlasha boshlagan. 

II. 1896 – 1904 yillar: Qrimdagi Gaspra shahridan G. Ismoilbekning Buxoro 

va  Samarqandga  tashrifi,  Buxoro  amiri  bilan  uchrashishi  natijasida  1895  yilda 

jadid  maktablarini  tashkil  etish  davri  –  Buxoroda  Jo‘raboy,  Samarqandda  A. 

Shakuriy,  S.  Aziziy,  A.  Munzim,  Mulla  Qilich,  Toshkentda  Munavvarqori 

Abdurashidxonov,  A.  Avloniylar,  Qo‘qonda  Hamza,  Namanganda  I.  Ibrat, 

So‘fizoda  va  boshqa  siymolarimiz  ochgan  jadid  maktablari  o‘z  faoliyatlarini  olib 

boradilar. 

III.  1905  –  1914  yillar:  jadidchilikning  maktab  –  maorifdan  kengroq 

gazetchilik,  ya’ni  ro‘znomalar  va  jaridalar  chop  etish,  matbaa  ishlarini  yo‘lga 

qo‘yish, ilm – fan, adabiyot, madaniyat – maorifni milliylashtirish bosqichi. 

IV. 1914 – 1917 yillar: jadidchilikning o‘ta ijtimoiy – siyosiy yo‘nalish kasb 

etishi,  jadidchilik  siyosiy  firqalarining  tuzilishi  va  ularning  uch  xil  turli  talablar 

qo‘yishi:  1)  Rossiyadan  to‘la  ajralib  chiqish;  2)  Rossiya  Federatsiyasi  tarkibida 


 

12 


«milliy  –  hududiy  muxtoriyat»  tuzish;  3)  Rossiya  unitarizmi  tarkibida  faqat 

ma’naviy – diniy muxtoriyat huquqlari kafolatiga ega bo‘lish. 

V.  1917  yil  oktabr  –  1918  yil:  Ko‘qonda  «Turkiston  Muxtoriyati»ning 

tuzilishi va uning tugatilishi davri. 

VI.  1918  –  1924  yillar:  sovet  tizimi  tarkibida  maorif  –  matbaa  ishlarida 

«Chig‘atoy  gurungi»  ni  tuzish  bilan  ajralib  turadi.  «Chig‘atoy  gurungi»  – 

Turkiston jadidlari tomonidan tashkil etilgan madaniy – ma’rifiy va ilmiy – adabiy 

tashkilot (1919 – 21). Fitrat boshchiligida Toshkentda tuzilgan. 

VII.  1925  –  1930  yillar:  jadidchilikning  keyingi  taraqqiyoti  «milliy 

jumhuriyatlar» doirasida bordi. Jadidchilik asosan madaniyat – maorif, maktab va 

matbaa ishlarida «Chig‘atoy gurungi» g‘oyalarini zimdan amalga oshirishga, milliy 

– ozodlik harakatini jonlantirishga urinishda namoyon bo‘ldi. 

VIII.  1931  yildan  to  1937  –  38  yillar  orqali  50  –  yillarning  birinchi 

yarmigacha qatag‘on siyosati orqali jadidchilik harakatiga to‘la barham berildi.

1

 

 



№ 

Turkiston mintaqasidagi jadidchilikning shakllanishigi ko‘ra 

o‘ziga xos tomonlari 



 



Turkiston 

jadidchiligi 

(Toshkent, 

Samarqand, 

Farg‘ona) 

O‘lkadagi jadidchilikning ijtimoiy asosini ziyolilar tashkil 

qildi.  Ular  Rossiya  imperiyasi  mustamlakachiligiga  qarshi 

kurashning oldingi saflarida turib, imperiyaning xom ashyo 

manbayiga  aylantirilgan  Turkistonning  dastlab  muxtor, 

so‘ng mustaqil davlat bo‘lishini yoqlab chiqdilar 



Buxoro 

jadidchiligi 

Uning  tarkibi  asosan  Buxorodagi  shahar  aholisining 

taraqqiyparvar  qismi:  ziyolilar,  mullavachchalar,  mayda 

do‘kondorlar  va  ma’murlar,  hunarmandlar,  savdogarlar 

kirgan.  Jadidlarning  dehqonlar  va  askarlar  o‘rtasida  nufuzi 

avvaliga  past  bo‘lgan.  Jadidlar  iqtisod  va  boshqaruv 

                                                 

1

 Ўзбекистон тарихи. Р.Шамсутдинов, Х.Мўминов.  “Андижон”. 2011, - Б. 307 - 311 



 

13 


sohasida 

bir 


qator 

talablar, 

chunonchi, 

soliqlarni 

kamaytirish  talabi  bilan chiqishdi.  Ular dastlab  Buxorodagi 

amirlik  tuzumi  doirasida  islohotlar  joriy  qilmoqchi 

bo‘lishdi.  XX  asr  boshlarida  Buxoro  jamiyati  2  guruhga: 

Ikrom  domla  rahbarligidagi  taraqqiyparvarlar  va  Mulla 

Abdurazzoq  boshchiligidagi  qadimiylarga  bo‘lingan  edi. 

Jadidchilik  Buxoro  va  Turkistonda  bir  vaqtda  boshlangan 

bo‘lsa  ham,  amirlikdagi  og‘ir  muhit  uning  taraqqiyotini 

tezlashtirdi.  1910  yildan  boshlab  Buxoroda  jadidchilik 

harakati  tashkiliy  tus  oldi  va  «Tarbiyai  atfol»  maxfiy 

jamiyati  asosida  «Yosh  buxoroliklar»  (1910  –  1920)  

partiyasi tashkil topdi 



Xiva 

jadidchiligi 

XX  asr  boshlarida  Xivada  shakllangan  jadidchilik  bir 

qadar boshqacharoq tarixiy shart – sharoitda vujudga keldi. 

U  bu  yerda  asosan  ikkita  oqimdan  iborat  edi.  Uning  o‘ng 



oqimi xonlikda rivojlanayotgan savdo – sanoat korxonalari 

egalari 


hamda 

yirik 


boylarning 

vakillarini 

o‘ziga 

birlashtirgan  edi. Bu oqimga  Xiva xoni  Asfandiyorxonning 



bosh  vaziri  Islomxo‘ja  boshchilik  qilgan.  Jadidchilikning 

o‘ng oqimi o‘z oldiga mamlakatda xon hokimiyatini saqlab 

qolgan holda ijtimoiy – iqtisodiy islohotlar o‘tkazish orqali 

erkin  bozor  munosabatlarining  rivojlanishiga  keng  yo‘l 

ochib  berishni  maqsad  qilib  qo‘ygan  edi.  Xivada 

jadidchilikning  so‘l  oqimi  esa  mayda  sarmoyadorlar, 

hunarmandlar 

va 


xalqning 

turli 


tabaqa 

vakillarini 

birlashtirgan  bo‘lib,  qozikalon  Bobooxun  Salimov  uning 

rahbari  edi.  Ular  Xiva  xonligida  yangi  usul  maktablari 

tashkil  qilish  orqali  xalq  ommasining  siyosiy  faolligini 

o‘stirish  maqsadini  qo‘yishgan  edi.  Xiva  jadidlari  ma’rifiy 



 

14 


ishlar  bilan  kifoyalanib  qolmasdan,  xon  tuzumiga  qarshi 

kurash  ham  olib  bordilar.  Birinchi  jahon  urushigacha  Xiva 

jadidlarining  yagona  markazi  va  dasturiy  hujjatlari 

bo‘lmagan.  Biroq  jadidchilik  harakati  Xiva  xonligida  katta 

ijtimoiy  –  siyosiy  kuchga  aylanib,  1914  yil  avgustda 

jadidchilik «Yosh xivaliklar» partiya shaklini olgan. U o‘z 

faoliyatini 1921 yilda yakunladi 

 

Har  qanday  harakatda  bo‘lgani  kabi  bu  harakat  ham  o‘z  iqtisodiy  asosiga 

ega. Aks holda u, bu darajada  rivojlanmagan  bo‘lur  edi. Jadidlar har xil xayriya 

va boshqa madaniy – ma’rifiy jamiyatlarini tashkil etish, 

boy va badavlat kishilarning ortiqcha mablag‘larini millat 

va  Vatan  manfaati  yo‘lida  sarflashga  ham  katta  e’tibor 

berdilar. Toshkentlik  Sayidkarim  Sayidazimboy  o‘g‘li,  

turkistonlik    Saidnosir  Mirjalilov    (taniqli  yozuvchi 

Oybekning qaynotasi, 1884 – 1937), andijonlik Mirkomil 

Mirmo‘minboev  (1882  –  1918)  va  boshqa  boylar 

jadidchilik  harakati  rivojlanshiga  katta  iqtisodiy  hissa 

qo‘shdilar.  

Jadidlar  xayriya  jamg‘armalari  orqali  iste’dodli 

yoshlarni  xorijiy  mamlakatlarga  o‘qishga  yuborish,  usuli  jadid  maktablarini  har 

tomonlama  qo‘llab  –  quvvatlash,  bu  maktablar  uchun  o‘quv  qo‘llanmalari  va 

darsliklar  yaratish,  xorijdagi  talabalarga  moddiy  yordam  ko‘rsatish  ishlari  bilan 

shug‘ullangan. 

1904  yil  Xivada  «Jamiyati  xayriya»  tuzilib,  uning  ko‘magi  bilan  1904  yil 

10 noyabrda Xiva shahrida dastlabki yangi usul maktabi ochildi. 1908 yil «Buxoroi 

sharif  shirkati»  tuzilib,  darsliklar  nashr  etish  va  kitob  savdosi  bilan  shug‘ullandi. 

Shu  yili  jadidlar  tomonidan  Buxoroda  ma’rifiy  jamiyat  –  «Tarbiyai  atfol» 

(«Bolalar  tarbiyasi»)  tashkil  etgan.  Bu  jamiyatning  asoschilari  Abduvohid 

Burhonov,  Mukammil  Burhonov,  Hamidxo‘ja  Meqriy,  Ahmadjon  Abdusaidov  va 



 

15 


boshqalar.  Jamiyat a’zolari soni 100 ga yaqin bo‘lib, ularni Muhiddin Mansurov, 

Sadr  Ziyo  moddiy  jihatdan qo‘llab  –  quvvatlagan. Jamiyatning sa’y  –  harakati va 

yordami  bilan  1908  yilda  14  ta,  1911  yilda  15  ta,  1912  yilda  30  ta  buxorolik  va 

turkistonlik  yoshlar  Istanbulda  tahsil  olgan.  «Tarbiyai  atfol»ning  ko‘magi  asosida 

Fitratning «Munozara», «Hind sayyohi bayonoti» va «Sayha» asarlari, shuningdek, 

S.  Ayniy,  A.  Burhonov,  Ikrom  domla  va boshqalarning kitoblari  Turkiyada  nashr 

etilib, Turkistonda tarqatilgan. 

1909 yilda xayriya jamg‘armalarini tashkil etish faollashdi. Abdulla Avloniy 

ham  «Jamiyati  xayriya»  tuzib,  yetim  bolalarni  o‘qitgan.  1909  yili  Toshkentda 

Munavvarqori  tomonidan  «Jamiyati  Imdodiya»  tuzgan.  U  ham  miskin  va  ojiz 

talabalarga yordam berar, yoshlarni chet elga o‘qishga yuborishga yordamlashgan. 

«Ko‘mak»  xayriya  jamiyati  ham  Toshkentda  1909  yilda  tashkil  etilgan  bo‘lib, 

uning ta’sischilari Munavvarqori Abdurashidxonov, Nizomqori Hasanov, Abdulla 

Avloniy,  Basharulla    Asadullaxo‘jaev  va  Toshxo‘ja  Tuyoqboevlar  bo‘ldi. 

«Ko‘mak»  jadid  maktablariga  katta  yordam  ko‘rsatadi  va  istedodli  yoshlarni 

xorijga 

o‘qishga  yuborishga  ko‘maklashgan.  Xorijdagi  ta’lim  yoshlar 

dunyoqarashida tubdan burilish yasadi. 

Jadidchilik  harkatida  faol  ish  olib  borganlarning  aksariyati  shoiru 

yozuvchilar  edi.  Ular  o‘z  asarlari  bilan  tarixan  yangi  milliy  adabiyot  yaratdilar. 

Adabiyotda  ma’rifat  va  ozodlik  g‘oyalari  markaziy  mavzuiga  aylanib,  davr 

voqealari  o‘z  aksini  topdi.  Adabiyotga  «millat»  va  «vatan»  tushunchalari  kirib 

keldi. Milliy she’rlarga e’tibor va rag‘bat kuchaydi. Yangi zamonaviy dostonchilik 

maydonga  keldi,  publitsistika  (Behbudiy,  Fitrat,  Munavvarqori,  Mirmuhsin) 

rivojlandi, realistik proza shakllandi.  

Jadid  adabiyotida  dramaturgiya  ya’ni  jadid  dramasi  eng  sermahsul  va 

ommabop    janr  sifatida  alohida  ko‘zga  tashlanadi.  Jadid  g‘oyalarining  xalqqa  

yoyilishi,  singishi    va  amaliy  natijalar  berishida dramaturgiya  va  teatr san’atining 

ta’sir  ko‘rsatishi  kuchli  bo‘ldi.  Shuning  uchun  ham  jadid  adiblarining  aksariyat 

yirik  nomayondalari  o‘z    ijodiy  –  amaliy  faoliyatini  drama  yozish  va  teatr  bilan 

bog‘liq holda olib bordilar. 



 

16 


Jadidlar  o‘zbek  xalqi  hayotiga  tom  ma’nodagi  milliy  teatrni  olib  kirdi. 

O‘zbek  milliy  teatrini  shakllantirishda  Mahmudxo‘ja  Behbudiyning  xizmatlari 

nihoyatda  kattadir.  1912  yilda  yozilib,  1913  yilda  bosilgan  «Padarkush»  dramasi 

Behbudiyga  juda  katta  shuhrat  keltirdi.  Garchi  birinchi  o‘zbek  dramasi 

(«Mahramlar»)  xronologiyaga  ko‘ra  bir  yilcha  oldin  Namanganda  Abdulrauf 

Shahidiy  tomonidan  e’lon  qilingan  bo‘lsada,  bu  sohada  ham  karvonboshi  bo‘lib 

Behbudiy  tarixga kiradi.  Asar  1914  yilning 15  yanvarida  Samarqand  havaskorlari 

tomonidan sahnaga qo‘yiladi.  

Munavvarqori  Abdurashidxonov  homiyligida  1913  yil  Toshkentda 

musulmon  drama  san’ati  havaskorlari  jamiyati    –  «Turon»  nomli  birinchi  teatr 

truppasi  ochilgan.  Truppaning  badiiy  rahbari  Abdulla  Avloniy  edi.  Truppa  o‘z 

faoliyatini  1914  yil  27  fevalida  Toshkentdagi  «Kolizey»  teatri  binosi  (2000 

tomoshabinli)da  «Padarkush»  (M.  Behbudiy)  spektakli  bilan  boshlagan. 

Tadqiqotchilarning  ma’lumotiga  qaraganda,  «Padarkush»  pesasidan  keyin  1917 

yilgacha o‘zbek dramalarining soni 40 ga yetgan. Toshkent, Samarqand, Andijon, 

Qo‘qon shaharlarida turli truppalar vujudga kelgan.  Shunday  qilib,  milliy  jadid  

adabiyoti  dramaturgiyasi  va  teatri paydo bo‘ldi. 

Jadidlar  xorijga  qilgan  safarlari  asosida  olingan  bilimlari  ta’sirida,  o‘zbek 

an’anaviy  musiqa  uslublarini  ham  isloh  qilishga,  ya’ni  Yevropa  ko‘p  –  ovozli 

musiqa san’atining yutuqlaridan unumli foydalanishga da’vat etishgan. 1919 yilda 



 

17 


Toshkentning  Eski  shahar  qismi  (hozirgi  «Turon»  kutubxonasi  yonidagi  bino)da 

jadidlar  tashabbusi  bilan  Turkiston  xalq  konservatoriyasining  milliy  (eski  shahar) 

bo‘limi  tashkil  etildi.  Shu  tarzda  jadidlar  san’at  vositasi  bilan  millat  qadrini 

ko‘tarish, san’atning deyarli barcha turlarini yuksaltirishga intildilar.  

Jadidchilik  harakatining  yana  bir  muhim  tomoni  bu  milliy  matbuot  va 

jurnalistikasiga asos solinishi edi. Turkiston jadidlari rus demokratik va  inqilobiy 

harakatining  yutuqlaridan  ham  samarali  foydalandilar.  Imperator  Nikolay  II  

inqilobiy  –  demokratik    harakat    bosimi  ostida  1905  yil  17  oktabrda    maxsus 

manifestga imzo chekib, demokratiya, matbuot va so‘z, har xil yig‘inlar o‘tkazish 

erkinligini  joriy  qilishga  majbur  bo‘ldi.  Buni  jadidlar  katta  quvonch  bilan  kutib 

oldilar.  Mana  shundan  so‘ng  jadidlar  millat  himoyasi  uchun  jangovar  qalqon  va 

muazzam  minbar  bo‘lgan gazeta va jurnallarni tashkil etish uchun juda shaxdam 

kurashadilar.  

Milliy  matbaaning  vujudga  kelishi  bilan  kitob  bosish  ishi  yo‘lga  qo‘yila 

boshlandi.  Toshkentda  Munavvarqori,  Abdulla  Avloniy  va  boshqalar  1911  yilda 

tashkil    etgan    ko‘p    tarmoqli  «Turon»  nomli  jamiyat  sovet  hokimiyatining 

dastlabki    yillarigacha    samarali  faoliyat  yuritadi.  Uning    qoshida  yuqorida 

ta’kidlangan teatr truppasi «Turon»  nomli  kutubxona  va  nashriyot (1913)  ham 

tashkil    etiladi.  Bular  butun    Turkiston    bo‘ylab    ma’rifat  va  ziyo,  ilm  –  fan 

tarqalishi,  kitob  chop  etish  va  bosmaxona    ishlari    rivojlanishiga    katta  hissa 

qo‘shdilar.  

Qo‘qonda  «G‘ayrat»  (1913),  Samarqandda  «Zarafshon»,  To‘raqo‘rg‘onda 

(Namangan  viloyati) «Kutubxonayi  Is’hoqiya»  (1908)  nomli  kutubxonalar  tashkil 

topadi. Shuningdek,  jadid  bosmaxonasi  va  kitob  do‘konlari  ancha keng tarmoq 

otdi.  

Turkiston  jadidlari,  ayniqsa,  birinchi  jahon  urushi  davrida  o‘z  faoliyatini 



kuchaytirdi.  Taraqqiyparvar  o‘zbek  ziyolilarining  yetakchisi  A.  Ubaydullaxo‘ja 

1913 yil Andijonda «Taraqqiyparvar» deb nom olgan ziyolilarning firqasini tuzadi 

va  1914  yildan  nashr  etilgan  «Sadoi  Turkiston»,  «Sadoi  Farg‘ona»  gazetalari 

firqaning asosiy targ‘ibot kuchi edi. 



 

18 


Jadidlarning  1916  yil  mardikorlikka  olish  voqeasiga  munosabati  g‘oyatda 

e’tiborga molikdir. Mardikorlikka jo‘natish haqidagi oq podsho farmoni (1916 yil 

25  iyun)ni  bekor  qildirish  uchun  Asadullaxo‘jaev  Ubaydullaxo‘ja  rus 

revolyutsioneri  –  demokrati  V.A.  Chaykin  bilan  birga  mahalliy  millatparvar  boy 

Mirkomil Mirmo‘minboevning mablag‘i, xomiyligida Peterburgga bordi.  

Davlat  dumasining  1916  yil  dekabrdagi  majlisida  farmon  Rossiya 

imperiyasining  qonunchiligida  ko‘rsatilgan  hollarga  zid  ravishda  qabul  qilingani 

isbotlab berildi. Farmon Dumada muhokama kilingunga qadar iyun – avgust oyida 

jadidlar  harakati  orqali  bir  necha  eshelon  to‘xtatib  qolindi.  Jadidlarning 

mardikorlarni kaytarishga urinishlari 1917 yil fevral inqilobi boshlanishi bilan to‘la 

amalga  oshdi.  Bu  hodisa  el  orasida  ularning  obro‘sini  ko‘tardi.  Mazkur  holat 

jadidlar  ma’rifatparvarlikdan  siyosiy  kurashga  allaqachon  o‘tganliklarini  bildirar 

edi. 1917 yildan jadidchilik harakati o‘zining yangi bosqichiga qadam qo‘ygan edi. 

Shunday  qilib,  jadidlar  xalq  milliy – ozodlik harakatiga g‘oyaviy – mafkuraviy 

va  tashkiliy  rahbarlik  qilishga    muvaffaq  bo‘ladi.  Bu  esa  jadidchilik,  bu  davrga 

kelib  Turkistonda  katta  ta’sirchan  ijtimoiy  –  siyosiy  kuchga  aylanganligidan 

dalolat beradi. 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

19 


2. Bob. Turkistonda jadidchilik harakatining maorif, matbuot va adabiyot 

sohalaridagi amalga oshirgan islohotlari. 

Jadidchilik  harakati,  shu  vaqtgacha  Islom  dunyosida  sira  ham  ko‘rinmagan 

ilg‘or  va  tezkor  o‘qitish  “Savtiya”  (tovush)  usuliga  asoslangan  jadid  maktablari 

tashkil  topishidan  boshlandi.  Bu  maktablarda  bolalar  bir  yilda  savod  chiqarib, 

mukammal  o‘qish  va  yozishni  o‘zlashtiradi.  Buning  uchun  esa  qadim  an’anaviy 

musulmon  maktablarida  5-6  yil  o‘qish  kerak  bo‘lar  edi.  Aytish  mumkinki, 

“Savtiya”  usulidagi  jadid  maktabi  Vatanimiz  tarixidagi  buyuk  kashfiyotlar 

silsilasini boyitdi.

1

 

 



Jadid  maktabida  diniy  va  dunyoviy  ta’lim-tarbiya  hamda  ilm  o‘zaro 

uyg‘unlashtirildi. Bolalar  qulay partalarda o‘tirib, xarita va rasmlar yordamida tez 

savod chiqardi va diniy – dunyoviy ilmilarni o‘rgandi. Jadid maktablarida qur’oni-

karim,  matematika,  geografiya,  ona  tili,  rus,  arab  tillari,  ashula  va  hatto  jismoniy 

tarbiya o‘qitila  boshlandi.  

 

Jadid  maktablari  to‘rt  (boshlang‘ich)  va  yetti  yillik  edi.  Masalan 



Munavvarqori  Abdurashidxonovning  yetti  yillik  maktabini  bitirgan  yoshlar 

dunyoviy ilmlarni, rus tilini yaxshi o‘zlashtirgan holda jadid maktabida o‘qituvchi, 

maschitlarda  imom  bo‘lish,  madrasa  va  hatto,  xorijdagi  dunyoviy  oliy  o‘quv 

yurtlarida  o‘qish,  savdo  va  boshqa  korxonalarda  kotib  bo‘lib  ishlash  malakasiga 

ega  bo‘lganlar.  Bunday  yetti  yillik  maktablar  Toshkentdan  tashqari,  Qo‘qon, 

Samarqand kabi yirik shaharlarda ham ochiladi. 

Maktablar  asosan  1  –  4  sinfdan  iborat  boshlang‘ich  maktablar  bo‘lgan. 

1913/14 o‘quv yilidan ayrim  joylarda 2 bosqichli tizim  joriy qilina boshlandi. Bu 

tizimdagi  maktablar  namuna  maktablari  deb  atalib,  ularning  1  –  bosqichi  tahziriy 

(boshlang‘ich) sinflar, 2 – bosqichi rushdiy (yuqori) sinflar deyilgan. Xususan, M. 

Abdurashidxonovning  namuna  maktabi,  A.  Shukuriyning  Samarqanddagi  va  A. 

Ibodievning  Qo‘qondagi  maktabida  rushdiy  (yuqori)  sinflar  (5  –  6  sinf)  ham  ish 

boshlagan.

2

 



                                                 

1

 Ўзбекистон тарихи. Р.Шамсутдинов, Х.Мўминов.  “Андижон”. 2011, - Б. 306 - 308 



2

 Ўша асар, - Б. 309  



 

20 


Jadid  maktablari pullik va pulsiz edi.  Har  oyiga  ota – onalar baholi  qudrat, 

bir so‘mdan bir yarim so‘mgacha pul to‘ladi. Bu o‘rinda har ota – ona o‘zlarining 

boylik va  kambag‘allik darajalarini shariat asosida belgilab pul beradilar. 20 – 35 

% gacha  kambag‘al va nochorlarning bolalari tekin o‘qitilib, o‘quv qurollari bilan 

ham  ta’minlangan.  O‘ziga  to‘q  oilalar  esa  o‘z  xohishi    bilan    uch    so‘mdan  va 

undan ham ko‘p pul bergan. Bulardan tashqari jadidlar shaxsiy va ularning o‘zlari 

tashkil  etgan  xayriya  jamiyatlari  ham  jadid  maktablarini  mablag‘  bilan  ta’minlab 

turgan.  

Jadid  maktablarining  ochilishiga  rus  amaldorlari,  musulmon  mutaassiblari 

qarshilik  qiladilar.  Jadidlar  kalta  matonat  va  fidoyilik  bilan  eski  maktablarga  

tegmay  namuna sifatida  jadid  maktablarini tashkil etib,  omma  orasida katta obro‘ 

qozondilar.  Jadid  maktablari  qat’iy  nizom  va  dastur  va  darsliklarga  asoslandi. 

Tarixda birinchi   bo‘lib,  jadidlar o‘quvchilarga kundalik,  chorak  va  yillik baholar  

qo‘yishni joriy etdilar.   

Maktab  ochgan  jadidlar  dastur,  qo‘llanma  va  darsliklarni  ham  o‘zlari 

yaratdilar. 

 

Jadid  maktablarining  ochilishiga  rus  amaldorlari,  musulmon  mutaassiblari 



qarshilik  qiladilar.  Jadidlar  katta  matonat  va  fidoyilik  bilan  eski  maktablarga 

tegmaynamuna  sifatida  jadid  maktablarini  tashkil  etib,  omma  orasida  katta  obro‘ 

qozondilar.  Jadid  maktablari  qat’iy  nizom  va  dastur  va  darsliklarga  asoslandi. 

Tarixda  birinchi  bo‘lib,  jadidlar  o‘quvchilarga  kundalik,  chorak  va  yillik  baholar 

qo‘yishni  joriy  etdilar.  O‘quvchilar  sinfdan-sinfga  o‘tish  va  bitirish  uchun 

jamoatchilik oldida ochiq chorak,  yillik va bitiruv imtihonlarini topshirganlar.  

 

Maktab  ochgan  jadidlar  dastur,  qo‘llanma  va  darsliklarni  ham  o‘zlari 



yaratdilar. 

Saidrasul 

Saidazizovning 

“Ustodi 


avval”, 

Munavvarqori 

Abdurashidxonovning  “Adibi  avval”,  “Adibi  soniy”,  “Tajvid”  (Qur’onni  qiroat 

bilan  o‘qish  usuliga  oid  qo‘llanma),  “  Havoyiji  diniya”  (Shariat  qonunlari 

to‘plami),  “Yor  yuzi”,  “  Usuli  hisob”,  “Tarixi  anbiyo”,  “Tarixi  islom”,  Abdulla 

Avloniyning  “Birinchi  muallim”  va  “Ikkinchi  muallim”,  “Turkiy  guliston  yohud 

ahloq“,  Mahmudxo‘ja  Behbudiyning  “Qisqacha  umumiy  geografiya”,  “Bolalar 


 

21 


maktubi”,  “Islomning  qisqacha  tarixi”,  “Amaliyoti  islom”,  “Aholi  geografiyasiga 

kirish”, “Rossiyaning qisqacha geografiyasi” va boshqalar shular jumlasidandir.

1

 

 



Jadid maktablari ochilishi bilan  ba’zi joylarda qadim va  maktablari bo‘shab 

qoldilar.  Natijada  qadim  va  jadid  maktabdorlari  o‘rtasida  jiddiy  qarama-

qarshiliklar  paydo  bo‘ldi.  Bunga  mutaassib  qozi  mulla  va  ulamolar  ham 

qo‘shildilar.  

 

Jadid maktablarining jami soni va ular qaerlarda ochilib faoliyat yuritganligi 



haqida hozircha to‘la  ma’lumot yo‘q. Lekin, 1903 yilda birgina Toshkentda 20 ta 

(shundan 2 tasi o‘rta), jadid maktablari bo‘lgan. Ma’lumki, 1909 yildan keyin jadid 

maktablari  qattiq  nazorat  ostiga  olinadi,  arzimas  bahonalar  bilan  yopiladi.  Ularda 

o‘qitiladigan adabiyot va darsliklar “oxranka”ning diqqat markazida bo‘ladi. Jadid 

maktablari  Buxoro,  Samarqand,  Toshkent,  Andijon,  Xiva,  To‘qmoq,  Yangi 

Marg‘ilon,  Eski  Marg‘ilon,  Kattaqo‘rg‘on,  Qizil  O‘rda,  Turkiston,  Chust, 

Chorjo‘y,  Termiz,  Marv  shaharlarida  ochiladi.  Shuningdek,  Juma  (Samarqand 

viloyati),  Qovunchi  (Toshkent  viloyati),  To‘raqo‘rg‘on  (Namangan  viloyati), 

Po‘stindo‘z  (Buxoro  viloyati)  kabi  katta  qishloqlarda  ham  jadid  maktablari 

ochilgan.  Jadid  maktablari  M.Behbudiyning  yozishicha,  15-20  yil  ichida  jami 

Kavkaz  mamlakatlari,  Eron,  Hind,  Misr,  Hijoz  va  boshqa  joylarida  ham  joriy 

bo‘ldilar. 

 

Jadidchilikning  asosiy  maqsadlaridan  biri  mamlakatda  zamonaviy 



(evropacha)  oliy  ta’limni  yo‘lga  qo‘yish  bo‘ldi.  Universitet  tashkil  etish  g‘oyasi 

Turkistonda  ilk  bor  1892  yilda  Ismoilbek  Gaspirali  tomonidan  olg‘a  surildi.  I. 

Gaspirali  1906  yilda,  yana  “Tarjimon”  gazetasida  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  Buxoro  amiri 

va Xiva xoniga murojaat qilib shunday deydi: 

 

“Fuqoroyi islom sizlardan mol istamas, osh istamas. Din-”Qur’on”dan, jon-



Xudodan.  Siz  davlatlik xonlardan  aholiga ehson  etiladigan  narsa-nashri  maorifga, 

taraqqiyot  va  kamolatga  omil  bo‘luvchi  oliy  darajalik  maorif  maktablaridir. 

Ko‘hna  madrasalari  ko‘p  Buxoroi  sharifda  va  Xivada  endi  biror  dorilfununi 

                                                 

1

  Шамсутдинов  Р.,  Каримов  Ш.,  Убайдуллаев  Ў.  Ватан  тарихи  (XVI-XX  аср  бошлари).  К.2:  -  Т.:  “Шарқ”, 



2003, - Б. 266 – 271. 

 

22 


islomiya  ta’sis  etmoq  lozim.  Bu  dorilfununlarga bir daraja ilm  olgan talaba qabul 

qilinib,  tarix,  jo‘g‘rofiya,  kimyo,  handasa,  ilmi  huquq,  usuli  idorayi  davlat,  ilmi 

iqtisod  va  boshqa lozim  fanlar, turkiy,  forsiy,  rusiy  va  fransaviy  tillar  o‘rgatilsa... 

Ushbu dorilfununlarda muallim va mudarrislik qila oladigan ahli kamol bor.”

1

 

 



Jadidlar oliy ta’limning asosiuniversitet tashkil etish uchun Toshkent shahar 

Dumasidan  ham  foydalandilar.  Munavvarqori,  Fitrat,  M.  Behbudiy,  U. 

Asadullaxo‘jaev va boshqa jadidlar milliy dunyoviy oliy ta’lim g‘oyasini o‘z asar 

va  maqolalarida  keng  targ‘ibot-tashviqot    qiladilar.  Oliy  ta’limga  zamin  yaratish 

uchun,  jadid  maktablarida  dunyoviy  ilmlar  o‘qitildi,  xorijga  yoshlar  o‘qishga 

yuborildi.

2

 

 



Dunyoviy  hozirgi  zamon  oliy  o‘quv  yurti  –  universitetga  asos  solishga 

jadidlar  faqat  1918  yilda  Musulmon  xalq  dorulfununini  tashkil  etish  bilan 

muvaffaq bo‘ldilar. 

Umuman,  jadidlar  juda  qisqa  vaqt  ichida  butunlay  yangi  ya’ni  jadid  xalq 

maorifi tizimi ya’ni, hozirgi zamon xalq maorifi tizimiga asos soldilar. 

 

Jadidchilik  harakatining  ikkinchi  bir  muhim  faoliyati  milliy  matbuot  va 



jurnalistikasiga  asos solish bo‘ldi.  Turkiston  jadidlari rus demokratik va inqilobiy 

harakatining yutuqlaridan ham samarali foydalandilar. 

3

 

 



Zolim  “oq  poshsho”  Nikolay  II  inqilobiy-demokratik  harakat  bosimi  ostida 

1905  yil  17  oktabrda  maxsus  manifestga  imzo  chekib,  demokratiya,  matbuot  va 

so‘z,  har  xil  yig‘inlar  o‘tkazish  erkinligini    joriy  qilishga  majbur  bo‘ldi.  Buni 

jadidlar katta quvonch bilan kutib oldilar. 

Mana  shundan  so‘ng  jadidlar  millat  himoyasi  uchun  jangovar  qalqon  va 

muazzam  minbar  bo‘lgan  gazeta  va  jurnallarni  tashkil  etish  uchun  juda  shaxdam 

kurashadilar.   

Toshkentda 

Ismoil 

Obidiy 


“Taraqqiy” 

(1906), 


Munavvarqori 

Abdurashidxonov    “Xurshid”  (1906),  Abdulla  Avloniy  “Shuhrat”  (1907), 

Saidkarim Saidazimboev “Tujjor” (1907), Ahmadjon Bektemirov “Osiyo” (1908), 

                                                 

1

 Vatan tarixi (XVI-XX asr boshlari). IKKINCHI KITOB.(– T.: “Sharq”, 2010, - B. 289- 291 



2

 Ўша асар, - Б. 292 

3

 Ўша асар, - Б. 295 



 

 

23 


Ubaydullaxo‘ja  Asadullaxo‘jaev  “Sadoi  Turkiston”  (1914-1915)  gazetalari, 

shuningdek, Abdurahmon Sodiq o‘g‘li (Sayyox) “Al-Isloh” (1915) jurnalini nashr 

etishga  muvaffaq  bo‘ldilar.  Samarqandda  esa  Muhmudxo‘ja  Behbudiy 

“Samarqand” ruscha (1913) gazetasi va “Oyna” (1913-1915)  jurnalini, Qo‘qonda 

Obidjon  Mahmudov  “Sadoi  Farg‘ona”  (1914)  gazetalarini  chiqardi.  Bu  gazeta  va 

jurnallar  doimo  mahfiy  politsiya  “oxranka”ning  ayg‘oqchilari  kuzatuvi,  ta’qibi 

ostida bo‘ldilar. 

 

Jadid  matbuoti 1917 yil  fevralda  rus podshosi  taxtdan  ag‘darilgach,  yanada 



rivojlandi.  Juda  qisqa  vaqt  oralig‘ida  fevraldan  oktabrgacha  Toshkentda 

Munavvarqori Abdurashidxonov “Najot” (1917 y. mart), A. Battol “Sho‘roi islom” 

(1917  y.  may),  Abdulla  Avloniy  “Turon”  (1917  y.),  Ahmad  Zaki  Validiy  va 

Munavvarqori  Abdurashidxonov  “Kengash”  (1917  yil  iyun),  “Ulug‘  Turkiston” 

(1917  y.),  Qo‘qonda  Bo‘lat  Soliev  “El  bayrog‘i”  (1917  y.  sentabr)  gazetalarini, 

H.H.  Niyoziy  “Kengash”,  Ashurali  Zohiriy  “Yurt”  (1917  yil  iyun)  jurnallarini, 

Samarqandda  esa  Shohmuhammadzoda  “Hurriyat”  (1917  yil  aprel)  gazetalarini 

chop etdilar.

1

 

 



 Buyuk  millatparvar  jadidlar,  jadid  matbuoti  orqali  millatni  o‘z  madaniy-

iqtisodiy ahvoli, siyosiy qaram va huquqsizligini anglatishga, unda bosqinchilarga 

qarshi  nafrat,  milliy  istiqlolga  ishonch  ruhini  tarbiyalashga  muvaffaq  bo‘ldilar. 

Shuning  bilan  birga  ular  milliy  muxtoriyat  va  jumhuriyat    g‘oyasini,  millatlararo 

tenglik va qon-qarindoshlikni targ‘ibot qilishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yadilar.  

Akademik  A.  N.  Samoylovich  jadid  adabiyotini  o‘rganib,  1916  yilda 

“Turkistonda yangi adabiyot maydonga keldi. Bu men uchun kutilgan xol edi” deb 

yozgan  edi.  Darhaqiqat,  olim  uchun  kutilgan  “Yangi  adabiyot”-jadid  adabiyoti 

bo‘ldi. Bu adabiyot o‘z mazmun va mohiyati hamda janrlariga ko‘ra, ming yillar 

davomida  shakllanib  rivojlangan  mumtoz  adabiyotimizdan  tubdan  farqlanuvchi 

yangi adabiyot bo‘ldi.  

                                                 

1

  Шамсутдинов  Р.,  Каримов  Ш.,  Убайдуллаев  Ў.  Ватан  тарихи  (XVI-XX  аср  бошлари).  К.2:  -  Т.:  “Шарқ”, 



2003, - Б. 268 – 272. 

 

24 


1.  Agar    mumtoz  adabiyotda  dunyoviylikka  nisbatan  diniy  jihat  ustunroq  bo‘lgan 

bo‘lsa, jadid adabiyotida bularning o‘rtasida o‘zaro tenglik ya’ni diniy-dunyoviylik 

qaror topdi. 

2. Jadid adabiyoti mumtoz adabiyotdan farqli ravishda g‘arb adabiyotidagi roman, 

drama, esse, hikoya va barmoq vazniga asoslangan she’riyat (poetika) kabi badiiy 

janrlar ko‘rinishiga ega bo‘ldi. Proza va publitsistika paydo bo‘ldi. 

3.  Jadid  adabiyoti  bevosita  ijtimoiy-siyosiy  va  ma’rifatchilik  mafkurasi,  milliy-

ozodlik  xususiyatiga  ega  bo‘ldi.  Unda  mazlum  xalq  hayoti  bevosita  o‘z  ifodasini 

topdi. Badiiy asarlar jonli xalq tilida yozildi. Ijtimoiy faollik va milliy ruh bu yangi 

adabiyotning eng muhim xususiyatiga aylandi. 

4.  Jadid  adabiyotidagi  badiiy-lirik  qahramon  qiyofasi  mumtoz  adabiyotdagi 

qahramon  qiyofasidan  tubdan  o‘zgardi.  U  endi  an’anaviy  oshiq  yohud 

ma’rifatparvargina emas, balki mavjud mustamlaka jamiyati tartib-qoidalari hamda 

milliy  tengsizlik  bilan  kelisha  olmaydigan,  shu  bilan  birga  yangicha  o‘z  ijtimoiy-

siyosiy va ahloqiy qarashiga ega bo‘lgan shaxsdir. 

 

Jadidchilik  harakati  jadid  adabiyotining  asoschilari  bo‘lgan  yirik  iste’dod 



egalari-jadid  adibi,  shoiri,  dramaturgi  va  san’ati  arboblarini  ham  tarbiyaladi. 

Jadidshunos  taniqli  olim  professor  Begali  Qosimovning  ta’kidlashicha,  ularning 

1905-1917 yillarda adabiy-madaniy harakatchilikda qizg‘in faoliyat ko‘rsatganlari 

saksondan  ortiq  bo‘lgan.  Mahmudxo‘ja  Behbudiy  (1875-1919),  Saidahmad 

Siddiqiy  Ajziy  (1864-1927),  Vasliy  Samarqandiy  (1869-1925),  Munavvarqori 

Abdurashidxonov  (1878-1931),  Abdulla  Avloniy  (1878-1934),  To‘lagan 

Xo‘jamyorovTavallo  (1882-1939),  Sidqiy  Xondayliqiy  (1884-1934),  Avaz  O‘tar 

o‘g‘li  (1884-1919),  Muhammadsharif  So‘fizoda  (1869-1937),  Abdurauf  Fitrat 

(1886-1938),  Sadriddin  Ayniy  (1878-1954),  Abdulvohid  Burxonov  (1875-1934), 

Hamza  Hakimzoda  Niyoziy  (1889-1929),  Abdulla  Qodiriy  (1894-1938), 

Abdulhamid Cho‘lpon (1897-1938) va boshqalar shular jumlasidandir. 

 

Jadid  adabiyotida  dramaturgiya  ya’ni  jadid  dramasi  eng  sermahsul  va 



ommabop  janr  sifatida  alohida  ko‘zga  tashlanadi.  Jadid  g‘oyalarining  xalqqa 

yoyilishi,  singishi va  amaliy    natijalar  berishida dramaturgiya  va  teatr san’atining 



 

25 


ta’sir  ko‘rsatishi  kuchli  bo‘ldi.  Shuning  uchun  ham  jadid  adiblarining    aksariyat 

yirik  nomayondalari  o‘z  ijodiy-amaliy  faoliyatini  drama  yozish  va  teatr  bilan 

bog‘liq holda olib bordilar. 

 

Mutaxassislarning  aniqlashicha,  1917  yil  oktabr  to‘ntarilishigacha 



dramaturgiya sohasida o‘ttizdan ortiq drama, tragediya, komediya asarlari yozilgan 

va ularning ko‘pchiligi teatrlarda sahnalashtirilgan. O‘zbek jadid dramaturgiyasi va 

teatriga  ilk  bor  asos  solgan  Mahmudxo‘ja  Behbudiy  bo‘ldi.  Uning  “Padarkush” 

dramasi  birinchi  bor  1914  yil  27  fevralda  Toshkentdagi  “Kolizey”  teatrida 

qo‘yilishi  juda katta madaniy-ma’rifiy  voqea  bo‘ldi.  Bu  kun  o‘zbek  teatriga  asos 

solingan  sana  sifatida  tarixga  kirdi.  Shunday  qilib,  milliy  jadid  adabiyoti 

dramaturgiyasi va teatri paydo bo‘ldi. Adabiy tanqidchilik va badiiy tarjimonchilik 

ham shakllandi. 



Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish