Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti pedagogika kafedrasi


-MODUL. MAKTAB AMALIYOTIDA O‘QITUVCHI MAHORATI



Download 3,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/332
Sana30.12.2021
Hajmi3,27 Mb.
#167868
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   332
Bog'liq
5pedagogikmahorat3kurspdf

2-MODUL. MAKTAB AMALIYOTIDA O‘QITUVCHI MAHORATI 
 
5-MAVZU: O‘QITUVCHI VA O‘QUVCHI O‘RTASIDAGI MULOQOT. 
 
Reja: 
1. 
Dars  hamda  darsdan  tashqari  jarayonda  o‘qituvchi  va  o‘quvchilar  o‘rtasidagi 
muloqot, unga qo‘yiladigan talablar. 
2. 
O‘quv-tarbiya jarayonida pedagogik muloqotni boshqarish uslublari. 
3. 
O‘qituvchining  o‘quvchi  bilan  bo‘lgan  muloqatida  ishontirish  va  ta’sir  etish 
usullaridan foydalanish.  
4. 
Pedagoglar jamoasida muomala odobi. 
 
Tayanch tushunchalar: muomala, ishontirish,ma’qul qilish, hamkorlik 
 
1.Dars  hamda  darsdan  tashqari  jarayonda  o‘qituvchi  va  o‘quvchilar  o‘rtasidagi 
muloqot, unga qo‘yiladigan talablar. 
Muomala  kategoriyasi  umumiy  psixologiya  fanining  asosiy  kategoriyalaridan  biri 
hisoblanib,  u  o‘z  ichiga  shaxslararo  munosabatning  eng  muhim  mexanizmlarini  qamrab  oladi. 
Psixologiya  fanida  muomala  kategoriyasi  keng  ma’noda  tushunilganda  hamkorlik  faoliyatining 
ichki  aloqasini  mujassamlashtirib,  o‘zaro  ta’sir  va  o‘zaro  munosabatni  aks  ettirib,  ijtimoiy 
protsessual jubhasini ifodalaydi. Muomalaning eng muhim tarkibi muloqot sanalib, motivatsiyada 
motiv qanday ahamiyat kasb etsa, u ham xuddi shunday muhim rol o‘ynaydi.  
Muloqot  jarayonida  o‘qituvchi  qisqa  muddatda  o‘zining  psixologik  bilimlariga  tayanib 
o‘quvchilarning psixik xususiyatlarini mukammal bilishga harakat qilishi lozim. O‘quvchilarning 
ichki  dunyosiga,  ruhiy  holatiga  kirib  bormasdan,  unga  nisbatan  turli  tarbiyaviy  jazolar  qo‘llash, 
tanbeh berish mumkin emas. Bu holat o‘quvchilar bilan o‘zaro muloqotni tuzatib bo‘lmas darajada 
buzilishiga, o‘quvchilarning yashirin holatga, o‘z “qobig‘i”ga kirib olishiga sabab bo‘ladi. 
O‘qituvchilarning  o‘zaro  axborot  almashishi  bilan  bog‘liq  xususiyatlari,  uning  sinf 
jamoasiga  singib  keta  olish  qobiliyati  bilan  bog‘liq.  Sinf  jamoasida  ro‘y  berayotgan  har  qanday 
voqea va hodisalar o‘qituvchilar nazoratida bo‘lishi, ularning oqibatini o‘qituvchilar tez va adolatli 
tahlil  qilishi  va  oldini  olishi  lozim.  Bu  faqat  faol  o‘quvchilar  bilan  axborot  almashib  turish 
natijasida  amalga  oshiriladi.  Shundagina,  o‘qituvchining  o‘quv  tarbiyaviy  jarayondagi  faoliyati 
uchun qulay sharoitlar yaratiladi va ijobiy natijalar beradi.  
O‘qituvchi ta’lim  – tarbiyaviy  faoliyatni o‘quvchilar bilan  birgalikda tashkil etadi. Bunda 
sinfning  faol  o‘quvchilari  hamda  norasmiy  liderlari  bilan  o‘zaro  muloqotning  adolatli  bo‘lishi 
muhim  ahamiyatga  ega:  o‘quvchilarni  tarbiyaning  turli  elementlarini  ongli  ravishda  mustaqil 
bajarishga  jalb  etish,  bunda  o‘quvchilarga  tashkilotchilik  va  ijro  etish  rollarini  bajarishga 
imkoniyat yaratib berish lozim.  
 
Muomala  -  hamkorlik  faoliyatining  ehtiyojidan  vujudga  kelib  chiquvchi,  shaxslararo 
muloqot  rivojlanishining  ko‘p  qirrali  jarayonidir.  Muomala  quyidagi  tarkibiy  qismlardan  tashkil 
topgan:  

 Kommunikativ  (bir  tomonlama  axborot  o‘zatish).  Muomala  o‘z  ichiga  hamkorlik 
faoliyatining qatnashchilari bilan o‘zaro axborot almashuvni qamrab olgan bo‘lib, kommunikativ 
jabha  sifatida  tavsiflanishi  mumkin.  Odamlar  bir-birlari  bilan  muloqotda  kirishishi  jarayonida 
muomalaning muhim vositalaridan biri tilga va nutq faolyaitiga bevosita murojaat qiladilar.  

 Interaktiv  (ikki  tomonlama  ta’sir)  -  muloqotga  kirishuvchilarni  o‘zaro  ta’siri,  ularning 
nutq faoliyatida nafaqat so‘z orqali fikr almashinuvi, balki hatti-harakat va hulq atvori bilan o‘zaro 
ta’sir o‘tkazishi tushuniladi.  

 Perseptiv  (o‘zaro  bir-birini  idrok  qilishi,  anglashi)  bunda  muloqotga  kirishuvchilar 
o‘zaro  bir-birlarini  idrok  qilish  jarayoni  namoyon  bo‘ladi,  ya’ni  ulardan  biri  ikkinchisining 
ishonchiga loyiq, aqlli, farosatli, tajribali, yuksak tayyorgarlikka ega inson sifatida idrok g‘ilinadi.  


34 
 
Muomalaning  har  uchala  tomonini  birlikda  yaxlit  olib  qarash,  u  hamkorlik  faolyaitini 
tashkil qilishning usuli va unda ishtirok etuvchilarning munosabatlari tariqasida namoyon bo‘ladi.  
Kasbiy muammoni muvaffaqiyatli echish mumkinki, qachonki o‘qituvchi bilan o‘quvchilar 
(talaba)  hamkorlik  faoliyatiga  kirisha  olsa,  shaxsni  shakllantirishning  maqsad  va  vazifalariga 
o‘zaro ta’sir va tushunuvchi yo‘lga qo‘ya olsa shundagina pedagogik muomala amalga oshadi.   

Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish