Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti pedagogika kafedrasi



Download 3,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet329/332
Sana30.12.2021
Hajmi3,27 Mb.
#167868
1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   332
Bog'liq
5pedagogikmahorat3kurspdf

 
16-  masala:VI  B  sinf  rahbari  o’quvchilar  o’rtasida  norasmiy  so’rov  o’tkazishi  natijasida 
kamsuqum  Anvar  sinfdagi  eng  faol  Baxtiyordan  ko’ra  katta  obro’ga  ega  ekanligini  aniqladi. 
Baxtiyor sinfkom edi.  
Shunga asoslanib Baxtiyor noto’g’ri saylangan, uni Anvar bilan almashtirish kerak degan 
xulosaga kelish mumkinmi? Sinf rahbari qanday yo’l tutishi kerak? 
 


237 
 
17-  masala:    Ko’p  bolali  oilaning  otasi  mamnun  bo’lib  hikoya  qiladi:  Er  ag’darish  biz 
uchun hech gap emas. 1-2 kg konfet, pechen`e sotib olib kelamanda, qani bolalar bu sizlarga, lekin 
oldin yerni chopib beringlar, deyman. 
Bolalar konfetsiz er ag’darishmaydimi?- so’radik  biz.  
-Uncha tirishib ishlashmaydi-da,- tushuntirdi ota. 
Ota qo’llagan  rag’batlantirish usuliga qanday baho berasiz? 
 
18- masala:  3-sinf o’quvchisining onasi  hikoya qiladi:  Avvallari o’g’limning  hamma  ishi 
joyida edi. Men ishlamasdim, unga ko’p vaqt ajratardim. Ishga kirganimdan so’ng «ikki baholar» 
ola  boshladi.  Kechqurun  darsini  tekshirsam,  topshiriqlarning  bir  qismi  bajarilmagan,  bajarilagni 
esa  iflos, tushunarsiz  bo’lgani uchun uni qayta ko’chirish kerak. Lekin qachon ulgurardi? Uxlash 
vaqti bo’lib qolardi.  
Ota-onaning xatosi nimada? Siz qanday yo’l tutardingiz? 
 
19-  masala:  O’quvchi  o’zining  sevimli  o’qituvchisi  haqida  shunday  eslaydi:  «U  darsni 
shunday tashkil qilardiki, o’zini juda bilag’on kishi  sifatida ajratib ko’rsatmasdi. Hech kim unga 
o’z  fikrini  aytishdan  qo’rqmasdi.  Biz  darsdan  doimo  ko’nglimiz  to’lib,  hatto  o’zimizga 
ishonchimiz ortib chiqar edik. U darsda har  bir o’quvchining  imkoniyatidan to’liq  foydalanishga 
harakat  qilardi.  Bizga  ba`zan  u  darsda  ishtirok  etayaptiyu,  lekin    biz  uni  olib  borayotgandek 
tuyulardi. U hech qachon «Bunday emas!» deb fikrni kesib qo’ymasdi. Agar biz nohaq bo’lsak u 
yo’naltirardi, ishontirardi, asoslardi. U o’qituvchilik rolini o’ynamasdi, balki biz bilan yashardi». 
O’quvchining o’qituvchi faoliyatiga bergan bahosini tahlil qiling. Ta`lim jarayonini tashkil 
etishda o’qituvchi qanday psixologik qonuniyatlardan foydalangan? O’qituvchi muvoffaqiyatining 
siri nimada? 
 
20- masala: Anvarning matematikadan birinchi marta uch baho oldi. U kundalikni 
o’qituvchi qo’lidan olib, rostdan ham uch olganiga ishondi. Joyiga borib o’tirdi.  
U bu muvaffaqqiyatdan juda xursand edi. Endi boshqa fanlardan ham ikkisini to’g’rilashni, 
«tarbiyasi  og’ir»  degan  nomdan  qutilishni,  onasini  xursand  qilishni  o’ylardi.  U  shirin  xayollar 
bilan darsning yarmi o’tib ketganini sezmay qoldi. U kundalikdagi bahosiga qarab to’ymasdi. Shu 
payt o’qituvchi :  
Nima  uchun  kundalik  o’ynab  o’tiribsan?  Qani  mening  savolimni  takrorlachi!,  deb  qoldi. 
Anvar savolni takrorlay olmadi.  
Kundaligingni menga ber!, -dedi o’qituvchi. 
Anvar kundalikni stol tagiga yashirdi. Bu olovga moy sepgandek bo’ldi.  
Anvar e`tiroz bildirmoqchi bo’ldi, lekin o’qituvchi bola katta orzular bilan eslayotgan uch 
bahoni ikkiga o’zgartirib qo’ydi.  
O’qituvchi  xatoga  yo’l  qo’yganini  tushundimi?    Bu  holda  qanday  yo’l  tutish  kerak  edi? 
O’qituvchi qo’llashi mumkin bo’lgan holatlar variantlarini bering. 
 
21-  masala:  O’quvchi  she`rni  yaxshi  ayta  turib,  birdan  to’xtab  qoldi,  yana  boshladi  va 
to’xtadi. So’ngra yig’lab «Yodlagan edim», dedi. O’qituvchi «Mayli hayajonlanma, Dilbar javob 
bersin, keyin aytib berasan», -dedi. 
O’quvchi o’zini tutib olib she`rni to’xtamay aytib berdi. O’qituvchi 5 baho qo’ydi. 
Darsdan  sung  darsni  kuzatgan  talabalar  o’rtasida  bahoni  oshirib  qo’ymadimikin  degan 
munozara  boshlandi.  O’qituvchi  esa,  men  bahoni  tushira  olmayman,  u  juda  intiluvchan, 
harakatchan,  lekin  doskada  hayajonlanib  qoladi.  Masalan,  Anvar  shunday  xato  qilsa 
kechirmayman, chunki u o’qimagan bo’ladi.  
O’qituvchi haqmi? Bu yerda qaysi ta`lim principi qo’llanilayapti?    
 
 
22-  masala:  «Sinfda  o’quvchilar  qanday  o’tirishlari  kerak»  degan  mavzuda  munozara 
bo’lib o’tdi. O’qituvchilar bunga quyidagicha munosabat bildirdilar: 


238 
 
Fizika o’qituvchisi: 
-  Amaliy  va  laboratoriya  mashg’ulotlari  paytida  men  o’quvchilarni  4-5  tadan  qilib  kichik 
guruhlarga  bo’laman.  Guruhga  kimlarni  kiritishni  oldindan  belgilab  olaman.  Bunda  
o’quvchilarning o’zaro munosabatlarini, tayyorgarlik darajasini  hisobga olaman. Guruhga kuchli, 
o’rta va kuchsiz o’quvchilar kirishi kerak. 
Matematika o’qituvchisi: 
-  Men  o’quvchilarni  o’quv  maqsadiga  ko’ra  o’tqizaman,  kuchli  bilan  kuchsiz,  yetakchi 
bilan  qoloq  o’quvchi  birga  o’tirishi  kerak.  Yetakchilar  bilan  ularning  otalig’idagilarga  qanday 
yordam berish haqida suhbatlar o’tkazaman.  
Ingliz tili o’qituvchisi: 
-  Men  o’quvchilarning  bittadan  o’tirishlari  tarafdoriman.  Shunda  ularda  mustaqillik 
shakllanadi,  bir-biriga  halaqit qilishmaydi. Har  bir o’quvchi o’qituvchi  bilan  alohida  ishlagandek 
bo’ladi. 
Boshlang’ich sinf o’qituvchisi: 
-  Men  birinchi  navbatda  bolaning  sog’ligini-  ko’rishi,  eshitishi,  bo’y  balandligini  hisobga 
olaman.  O’g’il  va  qiz  bolani  birga  o’tirg’izaman,  bu  bolani  intizomli  qiladi  va  tarbiyalaydi. 
Bo’ysunmas,  quloqsiz  bolalarni  va  qo’shimcha  yordamga  muhtojlarni  o’z  stolimga  yaqinroq 
o’tqizishga harakat qilaman.  
Geografiya o’qituvchisi: 
-  Men  bolalarning  o’tirishiga    ahamiyat  bermayman,  kim  qaerda  xohlasa  o’tiraversin. 
Buning dars uchun ahamiyati yo’q deb o’ylayman.  
Shu masalada o’z fikringizni ayting. Bu muhimmi? O’quv jarayonida o’quvchining to’g’ri 
tanlangan ish joyi  qanday rol o’ynaydi.  O’qituvchi o’quvchilarni  joylashtirishi kerakmi?  
 
 
1-chizma. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
2-chizma.
 

Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish