«Pedagogik etika»
Masala 3. Ona tili darsi. Eshik ochilib, uzr so‘ragan holda 9-«B» sinf o‘quvchisi Barno
o‘qituvchidan 6-«A» sinf jurnalini geografiya fani o‘qituvchisiga berib turishni so‘radi. Biroq
o‘qituvchi jurnalni o‘zi to‘ldirayotganligini aytdi. Bir oz o‘tib, o‘quvchi yana qaytib keldi. Bu safar
besh minutga berib turish so‘ralgan edi. O‘qituvchi yana o‘zi ham o‘quvchilarni
baholayotganligini aytib, jurnalni bermadi. Bir oz vaqt o‘tib, geografiya fani o‘qituvchisining o‘zi
keldi. Eshikni ochib, to‘g‘ri kirib keldi va ona tili fani o‘qituvchisiga baqirib ketdi. Turli haqoratli
so‘zlar aytib, o‘qituvchini o‘kuvchilar oldida izza qildi. Biroq ona tili o‘qituvchisi ham qarab
o‘tirmadi. U ham geografiya fani o‘qituvchisiga jurnalni bermasligini, sinfdan chiqib ketishini
aytdi.
Vaziyatni tahlil eting va pedagogik etika nuqtai nazaridan unga baho bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |