Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti pedagogika kafedrasi


Ixtisosligi  bo‘yicha  egallagan  bilimlar  darajasi



Download 3,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/332
Sana30.12.2021
Hajmi3,27 Mb.
#167868
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   332
Bog'liq
5pedagogikmahorat3kurspdf

 
Ixtisosligi  bo‘yicha  egallagan  bilimlar  darajasi.  O‘qituvchining  ko‘p  yillik  pedagogik 
mehnati  kasbiy  mahorat  bo‘la  olmasligi  mumkin.  O‘qituvchining  kasbiy  mahorati  ixtisosligi 
bo‘yicha egallagan bilimlar darajasi va kasbiy tajribalari asosida paydo bo‘ladi. Kasbiy tajribalar 
o‘z  kasbidan  qoniqmagan,  biroq  yillar  davomida  o‘zining  xizmat  majburiyatlarini  sidqidildan 
bajaruvchi o‘qituvchida ham  yuzaga kelishini unutmaslik kerak. F.G.Ziyatdinova ma’lumotlariga 
ko‘ra  80  foiz  o‘qituvchilar  u  yoki  bu  darajada,  20  foiz  o‘qituvchilar  esa  to‘liq  o‘z  ishlaridan 
qoniqmaydilar.  Bunday  o‘qituvchilarda  –  hatto  ixtisosligi  bo‘yicha  chuqur  bilimga  ega  bo‘lsalar 
ham, pedagogik  mahoratning  muhim elementlaridan  biri  –  ixtisosligi  bo‘yicha  bilimlar darajasini 
ko‘rsatuvchi  “ijodkorlik  tuyg‘usi”,  o‘qituvchining  o‘ziga  xos  ruhiy  va  jismoniy  holati  sifatida 
shakllanmaydi. 


129 
 
Bilim  va  ixtisoslik  –  nafaqat  o‘qituvchining  mehnat  faoliyatiga  ta’sir  qiluvchi,  balki  uni, 
ham  to‘liq,  ham  qisman  kasbiy  mahoratini  belgilovchi  obyektiv–shaxsiy  omillar  tizimidagi 
prinsipial elementlardir. O‘qituvchining bilimi uning kasbini belgilovchi diplomi, sifati bilan, ya’ni 
ta’lim muassasalaridagi mehnati jarayonidagi xususiyatlari va yutuqlari bilan aniqlanadi. Bilim va 
ixtisoslik  –  bu  qizg‘in  mehnatga  tayyorgarlik  sifatida  ta’lim  va  tarbiyaviy  faoliyatning  o‘zidir. 
Bilim  va  ixtisoslikning  birligida  mehnat,  o‘qituvchining  tashkilotchiligi  va  mazmun  jihatidan 
mukammal pedagogik faoliyatni tashkil etuvchi sifatida namoyon bo‘ladi. Ixtisoslik o‘zgaruvchan 
va  harakatchan  jarayondan  iborat.  Pedagogik  amaliyotda  bu  bog‘liqlikning  o‘zaro  ta’siri  haqida 
yetarlicha turg‘un tasavvur yuzaga kelgan: chunonchi, oliy ta’lim – oliy ixtisoslik. O‘qituvchilarda 
fanni o‘qitishning nazariy muammolariga, butun fanlarning metodologiyasiga va texnologiyalariga 
ko‘proq qiziqish mavjud. O‘qituvchilarning chorakdan kamroq qismi bilimlar egallash darajasiga 
hayotiy  qadriyat  sifatida  qaraydilar,  undan  ham  kamrog‘i,  ya’ni  10  foizi  –  mukammal  kasbiy 
tayyorgarlikni, pedagogik mehnat nufuzini oshirishda hal qiluvchi jarayon deb hisoblaydilar.  
Bu  muammoni  his  qilgan  o‘qituvchilarning  bir  qismi  o‘z  ixtisosliklari  bo‘yicha 
o‘qitishning mustaqil ijodiy dasturini tuzish yo‘liga o‘tadilar va bu bilan ta’lim va tarbiya berish 
komponentini kengaytiradilar. Mehnatda ma’no va ahamiyatni birlashtiruvchi “jonli bilim” tushun-
chasi ana shundan paydo bo‘lgan. Bunda ma’no tushunchasi “inson turmushida individual ongning 
chuqur  joylashganini”  bildiradi  (ushbu  tushuncha  G.G.Shpet  tomonidan  ta’riflangan),  ahamiyat 
tushunchasi esa – ongning jamiyatga, millat ma’naviyati va mafkurasiga jalb etilganligini bildiradi. 

Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish