Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti pedagogika kafedrasi


Darsdagi faoliyatning turli-tumanligi haqida



Download 3,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/332
Sana30.12.2021
Hajmi3,27 Mb.
#167868
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   332
Bog'liq
5pedagogikmahorat3kurspdf

 
Darsdagi faoliyatning turli-tumanligi haqida 
Mohir  pedagoglar  ma’ruza,  seminar,  munozara,  konferentsiya,  o‘quv  sayohati,  o‘quvchi-
maslahatchilar yordamida musaqil dars, ko‘rik-konkurs kabi dars turlaridan foydalanishga alohida 
e’tibor beradilar.  
O‘qituvchining  mohirligi  yuqorida  kayd  qilingan  noan’anaviy  dars  turlarini  o‘tish 
texnikasining egallashida namoyon bo‘ladi.  
O‘quvchilar  tafakkurini  rivojlantirishda  ma’ruza  darslarning  ahamiyati  kattadir. 
Tajribaning  ko‘rsatishicha,  ma’ruzani  boshlashdan  oldin  bu  materialni  o‘rganishda  ko‘zlangan 
aniq  maqsadni  ta’kidlash  lozim.  So‘ngra  bilimlarni  egallash  g‘oyani  isbotlash,  oqilona  harakat 
usullarini  tanlash  printsiplarni  ko‘rsatish  zarur.  SHundan  so‘ngina  mavzuni  mohiyatini  ochib 
beriladi.  
O‘z  ishiga  ijodiy  yondoshadigan  o‘qituvchilar  ma’ruza  davomida  dialog,  savol-javob, 
qaytarish, ziddiyatli vaziyatlar, o‘xshatishlar va boshqa faoliyat turlaridan unumli foydalanadilar.  
O‘quvchilarga  yangi  bilimlarni  va qonuniyatlarni  kashf etish   bilan  bog‘liq  bo‘lgan aqliy 
faoliyatni  rivojlantirishda  seminar  darslar  muhim  ahamiyat  kasb  ztadi.  Ilg‘or  o‘qituvchilar 
tajribalarida  ta’kidlanganidek,  seminar  darsda  eng  qoloq  o‘quvchi  ham  boshqa  turdagi  darsda 
uddalay  olmaydigan  miqdordagi  aqliy  ish  bajarar  ekan.  Mashg‘ulotlar  odatdagidan  tashqari 
noan’anaviy  usullarda  olib  boriladi.  Ba’zan  u  munozara  yoki  suhbat  shaklida  bo‘lishi  mumkin. 
Lekin o‘quv materiali aniq va ishonarli qilib bayon etiladi.  
Ilg‘or o‘qituvchilar  ish  tajribasida  munozara  darslar  ham  muhim  o‘rin  egallab  kelmoqda. 
O‘qituvchilarni  ta’kidlashlaricha,  munozara  darslarni  o‘tish  juda  katta  mohirlikni  talab  etadi. 
Bunda eng avvalo o‘quvchilar  fikrlarini taqqoslash  va ularning  fikrlaridagi qarama-qarshiliklarni 
aniqlash  muhimdir.  Lekin  darsning  bu  turini  har  doim  qo‘llash  maqsadga  muvofiq  emas,  chunki 
birinchidan,  hamma  mavzular  ham  munozarabop  emas,  ikkinchidan  munozaraga  tayyorgarlik 
ko‘rish o‘qituvchidan juda ko‘p vaqt talab qiladi.  
Tabiat  qo‘ynida  yoki  ishlab  chiqarish  sharoitida  o‘tiladigan  darslar  ham  o‘quvchilarni 
fanga bo‘lgan qiziqishlarini ortishida muhim rol o‘ynaydi 


70 
 
Darsning  noan’anaviy  shakllaridan  biri  ko‘rik-konkurs  darsidir.  Bunda  sinf  (guruh) 
o‘quvchilari  3-4  tadan  guruhlarga  bo‘linib,  mavzuni  musaqil  o‘zlashtirib  darsni  o‘zlari  bayon 
qiladilar. Darsning bu turi musobaqa shaklida o‘tkazilgani uchun har bir o‘quvchi unga sidqidildan 
atsoydil  tayyorgarlik  ko‘rishga  intiladi.  Baholashda  ham  guruhdagi  barcha  o‘quvchilar  ishtirok 
etadilar.  Bunda  darsning  mazmuni,  metodik  ta’minoti,  materialni  tushuntirishni  o‘ziga  xosligiga 
alohida  e’tibor  beriladi.  O‘quvchilarni  guruhchalarga  bo‘linib  ishlashlari  esa  ularni  jamoada 
hamkorlik bilan ishlashga, o‘zaro yordam berishga o‘rgatadi.  
Muammoli o‘qitish  bunyodkor va  ilg‘or o‘qituvchilarning tajribasiz o‘qituvchidan tubdan 
farq  qiluvchi  tomonlari  quyidagilardan  iborat:  Tajribasi  bo‘lmagan  o‘qituvchilar  darsda 
o‘quvchilarga asosan bilimlarni tayyor holda beradilar. Bunday o‘qituvchilar darsda ko‘proq o‘quv 
materialini  o‘qituvchi  tushuntirishidan  yoki  darslikdan  o‘quvchilarning  yod  olishiga  harakat 
qiladilar. Ba’zi o‘qituvchilar esa "hammabop" kombinatsiyalishgan darsga o‘ta berilib ketadilar va 
bir xil andoza bo‘yicha ishlaydilar. Albatta, bu o‘qitishdagi muammoni izlab topish va muammoli 
vaziyatlar  yaratishdan oson. Ba’zi o‘qituvchilar esa rivojlantiruvchi ta’lim  mohiyatini to‘la-to‘kis 
tushunib  eta  olmaydilar.  Ular  etarli  daraja  didaktik  va  umumpedagogik  ma’lumotlarga  ega 
emaslar. Natijada muammoli o‘qitishni joriy etishda muvaffakiyatsizlikka uchraydilar.  
M. I. Maxmutov ta’kidlaganidek, hozirgi zamon  o‘qituvchilari uchun  muammoli  metodni 
joriy  etish  qiyinchilik  tug‘diradi,  chunki  «o‘quv  datsurlari  va  darsliklar»  an’anaviy  pedagogik 
tafakkur  asosida,  eskirib  qolgan  didaktika  va  metodikaga  asoslangan.  O‘quv  materialini  bayon 
etish  mantig‘i  esa  uni  batafsil  (ipidan-ignasigacha) tushuntirishni  talab  qiladi  va  o‘quvchilarning 
mustaqil ijodiy faoliyatlariga deyarli e’tibor berilmaydi.  
Mohir  o‘quvchilar,  o‘z  ishining  ustalari  uchun  esa  o‘quvchilar  bilan  demokratik  uslubda 
muloqot  qilish  va  o‘quvchilarning  ijodiy  tafakkurlarini  rivojlantiruvchi  muammoli  metodlar 
sistemasini  qo‘llash  xarakterlidir.  Ular  bilimlarni  o‘zlashtirishni  barcha  bosqichlarida  muammoli 
vaziyat yaratishga erishadilar. Ular o‘quvchilarning formula va qonunlarni, son-sanoqsiz raqamlar 
va  ismlarni,  yuzlab  qoida  va  ta’riflarni  soxta  yod  olishlarini,  ularning  xotiralarini  hayotda  kerak 
bo‘lmaydigan narsalar bilan to‘ldirib band qilishni qoralaydilar.  
Mohir  o‘qituvchi  dars  o‘tish  metodikasini  doimo  takomillashtirib  boradi.  Muammoni 
qo‘yar ekan o‘quvchini  uni  hal   qilishidagi  ichki  ziddiyatlarni, ovoz chiqarib  mulohaza  yuritadi, 
o‘z fikrlarini bayon qiladi va ularni muhokamaga qo‘yadi. Sodir bo‘ladigan e’tirozlarni oldindan 
bartaraf  qiladi,  haqiqatni  tajribada  (uni  namoyish  qilib  yoki  olimlar  o‘tkazgan  tajribalar  asosida) 
isbotlaydi.  O‘qituvchi  o‘quvchilar  oldida  ilmiy  tafakko‘r  yuritish  yo`llarini  namoyish  qiladi. 
O‘quvchilarni  ilmiy  izlanish  yordamida  haqiqat  tomon  yo`llaydi,  ularni  bunda  ishtirokchi 
bo‘lishlarini ta’minlaydi.  
Bunyodkor  o‘qituvchilar  muammoli  o‘qitishga  alohida  e’tibor  beradilar.  Masalan,  V.  F. 
SHatalov  o‘quvchilarga  juda  ko‘p  masalalar  echtiradi  va  nazariy  bilimlarni  amalda  qo‘llash 
malakalarini  shakllantiradi.  Agar  o‘qituvchining  tushuntirishi,  qo‘llaniladigan  tayanch  signallar, 
sxemalar va konspektlar ularni xotiralarini rivojlantirsa, masalalar echish esa ularning tafakkurini 
o‘tsiradi,  matematik  mantiqiy  fikrlash  esa  musaqil  faoliyatda  tarkib  toptiriladi.  O‘quvchilarning 
ijodiy  tafakkurini  rivojlantirishda  tayanch  signallar  tuzish,  "ochiq  fikrlar  darslari",  olimpiadada 
ishtirok etishlari muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.  
Bunyodkor  o‘qituvchilar  fikricha  muammoli  o‘qitish  o‘quvchilarning  darsdagi  faolligini, 
ularni  erkin  fikrlashlarini  ta’minlaydi.  Ilg‘or  o‘qituvchilar  o‘quv  materialini  bloklar  bo‘yicha 
berish,  umumiylikdan  xususiylikka,  qonunlardan  xodisalarga  tomon  yo`nalishga  asoslangan 
printsiplardan oqilona foydalanadilar. SHunday qilib, bunyodkor o‘qituvchilar muammoli vaziyat 
amaliyotini  yangi  bir pog‘onaga ko‘taradilar. Ularning tajribalari zamonaviy  darsga  yondashishi, 
uni  tashqil  etishni  yangicha  tushunishga  asos  yaratdi.  Bu  bevosita  muammoli  rivojlantiruvchi 
o‘qitishga bevosita bog‘liqdir.   
 
 

Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish