Pedagogik muomala – masofa uslubi. Bundan tajribali pedagoglar ham,
faoliyatini endi boshlagan yosh o‘qituvchilar ham foydalanishiga harakat qilishlari mumkin.
o‘qituvchilar asosan pedagogik talabga tayanadilar: o‘quvchilar oldiga ma’lum tarbiyaviy
maqsadlarni qo‘yib, uni bajarilish jarayonini ko‘zatish, xatolarini to‘zatish, baholash bilan
mashg‘ul bo‘ladilar. Bunday pedagoglar o‘qitayotgan sinflarda tarbiyaviy maqsadlar nomigagina
amalga oshiriladi, tarbiyaviy tadbirlar o‘quvchilarda hatti-harakat motivlari, rivojlanish
ehtiyojlarini shakllantirmaydi. Nari borsa, sinf o‘quvchilari ahloqiy bilimlarni o‘zlashtirib olishlari
mumkin. Lekin bu xil bilimlar amaliyotda kam qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |