Fransiyada umumiy o‘rta ta’lim uchun 1500, bosh- langMch ta’lim va kasbiy ta’lim uchun 4000 nafarga yaqin inspektorlar faoliyat ko‘rsatadi.
Parij akademiyasining umumiy o‘rta ta’lim inspeksiyasidagi 60 nafar inspektor fanlarning o‘qitilishini nazorat qiladi. Ulaming asosiy vazifasi
— fanlar va sinflar kesimida sinov materiallarini shakllantirish, ekspertizadan o‘tkazish, ushbu materiallar asosida belgilangan maktablarda o‘quvchilar bilimi- ni tekshirib borish. Shuningdek, o‘qituvchilar faoliyatini nazorat qilish, darslarga kirish va tahlil etish, o‘qituvchiga maslahat berish, darsni va o‘qituvchi- ni baholash, past ko‘rsatkichli pedagoglami malaka oshirish- ga tavsiya qilish, toifa uchun munosabat bildirish kabi vazi- falami bajaradi. Shu asosda o‘qituvchining kasbiy rivojlani- shini kuzatib boradi. Inspektorlar yakuniy imtihonlarda qatna- shadi, o‘qituvchilar malakasini oshirish yo‘nalishida ham ham- korlikda ishlaydi.Parij akademiyasi tasarrafi- da 349 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi boiib, ularda 160780 nafar o‘quvchi tahsil oladi.Inspeksiya pedagog kadrlar attestatsiyasi, tanlovi bo‘yicha tegishli vazirliklar bilan birga shug‘ullanadi. Pedagogika sohasida oliy ta’lim muassasasini bitirib, master darajasiga erish- gan har bir talabgor vakant joylar uchun ta’lim vazirliklari e’lon qilgan markazlashgan tanlovdan o‘tish orqali ish- ga qabul qilinadi. Ushbu tan- lov va ish bilan ta’minlanish o‘qituvchi kasbi uchun kafo- latlangan davlat xizmatchisi degan lavozimni beradi. Keyin uni hech kim xohlagan payti ishdan bo‘shata olmaydi. Le- kin master darajasini olish va tanlovda ishtirok etish talablari ancha yuqori. Talabgor dars, bir necha bosqichli sinov va suhbatdan o‘tishi lozim. Yosho‘qituvchi ishga kirganidan nafaqaga chiqquniga qadar bo‘lgan davrda 12 bosqichdan iborat toifalami egallaydi va oylik maoshi ham shunga yara- sha oshib boradi.Ma’lumot uchun:
Fransiya ta’lim tizimiga ko'ra bola 6-7 yoshda tayyorlov sinfiga boradi. Keyin 4 yil boshlang'ich sinfda о ‘qiydi. Bu sinflar odatda alohida boshlang ‘ich maktab sifatida faoliyat ко ‘rsatadi hamda ulaming inspeksiyasi ham alohida bo ‘ladi.
Keyingi bosqich — umumiy o'rta ta’lim Fransiyada kollej deb nomlanadi. U yerda ham bola 4 yil о‘qiydi va yakunda to'liqsiz o'rta maktab bitiruv- chisi degan hujjat oladi.
Keyin 3 yil davomida tur- li yo ‘nalishdagi (san’at, tabiiy, iqtisodiy, ijtimoy, kasbiy-texnik) litseylarda о ‘qiydi. Yakunda bakalavr imtihonini topshirib, uning natijasiga ko'ra OTMga qabul qilinadi. Bakalavr attestati bilan texnikyo ‘nalishni bitirgan- lar texnika institutlariga, qolgan yo ‘nalishdagi litseyni bitirganlar bakalavr attestati bilan universi- tetlarga qabul qilinadi.
Ushbu muassasalarda ta’lim sifatini nazorat qiluvchi alohida inspektorlar bor. Ular kollej va litsey bitirishgan imtihonlarida ham qatnashadi. Biroq imtihon savollari markazlashgan holda mamlakat Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tayyorlanadi va о ‘tkaziladi. Inspektorlar jara- yonda ishtirok etibjarayon shaf- fofligini ta ’minlaydi.
Uchrashuv davomida Shantal Manes Bonisso xonim bilan Fransiya Bosh inspeksiyasi va 0‘zbekiston Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi o‘rtasida hamkorlik o‘matish, tajriba almashish, konferensiya, seminarlarda ishtirok etish, SICI (School Inspectorates in Europe) Yevropada ta’lim milliy va mintaqaviy inspektorlari uyushmasi bilan aloqa o‘matish masalalarida kelishib olindi.Natijada Fransiyada ta’lim sifatini nazorat qilish jarayoni bilan tanishildi, unga mas’ul boigan Ta’lim, tadqiqot, sport va madaniyat bosh inspeksiyasi, Parij akademiyasi inspeksiyasi bilan hamkorlik o‘matildi. Muzokaralar olib borildi, zarar ma’lumotlar olindi. 0‘zbekis- ton va Fransiyada ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyalari faoliyati taqqoslandi, ikki to- monlama tajriba almashish, muloqotni davom ettirishga kelishib olindi.Abdurahim NOSIROV, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bosh boshqarma boshlig'I .
Do'stlaringiz bilan baham: |