Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti pedagogika kafedrasi


-Mavzu: “Qiyosiy pedagogika” fanningnazariy asoslari



Download 2,13 Mb.
bet2/226
Sana12.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#337985
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   226
Bog'liq
26-noy

1-Mavzu: “Qiyosiy pedagogika” fanningnazariy asoslari .

Reja:


1. Qiyosiy pedagogika fanining maqsadi va vazifasi.

2. Qiyosiy pedagogika o‘quv predmeti sifatida.

3. Qiyosiy pedagogikaning tadqiqot metodlari.

Tayanch tushunchalar: Qiyosiy pedagogika, taqqoslash, solishtirish, qiyosiy tahlil.

Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng, Respublikamizda barcha sohalardagi kabi kadrlar tayyorlash, joy-joyiga qo‘yish va qayta tayyorlash muammosi ham kun tartibiga qo‘yilib, takomillashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. 2008 yil 29 fevral kuni qabul qilingan mamalakatimizning birinchi Prezidenti I.A.Karimovning PQ-805-sonli qarori yoshlarning manfaatlari va huquqlarini himoya qilish borasidagi etilgan muammolarni o‘z vaqtida hal etish, uzluksiz ta’lim tizimida islohotlarni yanada chuqurlashtirish, ta’lim muassasalari tomonidan tayyorlanadigan mutaxassislarga bo‘lgan zamonaviy talabni ta’minlashga qaratilgandir.

Mazkur qarorda yoshlarning manfaatlarini yanada to‘liq ta’minlash va huquqlarini himoya qilishga yo‘naltirilgan huquqiy bazani takomillashtirish hamda mustahkamlash, amaldagi qonun va me’yoriy-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi darajasi hamda sifatini tubdan oshirish, maktablar, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim standartlari, o‘quv dasturlarini zamonaviy talablarni hisobga olgan holda tanqidiy tahlil qilish hamda yangilash, pedagog kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etishni takomillashtirish kabi qator dolzarb vazifalar belgilangan qiyosiy pedagogika yangi pedagogik qonunlarni ochmaydi, buyuk pedagogika fanlari orttirgan ilmiy tajribalaridan foydalanib, mamlakatlar guruxi asocida xozirgi dunyoda maorif taraqqiyotining eng muxim muammolarini, qonuniyatlari va tendendsiyalarini o‘rganadi.

Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalashni nazarda tutgan holda oliy ta’lim muassasalarining asosiy vazifalari sifatida, talabalarning fanlar asoslari bo‘yicha mustahkam bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, ularda bilim olish ehtiyojini, asosiy o‘quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarni, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlarni, ijodiy fikrlash va atrof-muhitga ongli munosabatda bo‘lish ko‘nikmalarini shakllantirish kabi yo‘nalishlarni belgilab berdi.

Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, tatbiq etilayotgan yangiliklar, ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, xalqimizning yashash va mehnat qilish sharoitining yaxshilanishi, umuman olganda erishilgan moddiy va ma’naviy salohiyat erkinligi mamlakat mustaqilligining tuhfasi bo‘lib, erkin mehnat qilish va yashash, mustaqil fikrlash, e’tiqod va so‘z erkinligi, diniy bag‘rikenglik, umuminsoniy qadriyatlar va milliy urf-odatlarning hurmat qilinishi va qadrlanishi, kuchli ijtimoiy himoya hamda bularni huquqiy asoslarining yaratilishi yoshlarni mustaqillik, uning mazmun-mohiyati, ahamiyati va zaruriyatini ob’ektiv baholashga o‘rgatish yo‘nalishida o‘ziga xos vazifalar yuklaydi.

Bular o‘z navbatida, oliy ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan qiyosiy pedagogika fani va uni o‘rganish orqali ta’lim-tarbiya jarayonlari samaradorligiga erishish, talabalarda kengroq ma’lumotlar to‘plash va ko‘proq erkin va mustaqil fikrlashga o‘rgatish, ularning sub’ektivligini oshirish, mustaqil ta’lim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, mustaqil olgan ma’lumotlarini o‘rganish asosida ularning ilmiyligi, yangiligi va ishonchliligini tahlil qilish, eng yangi va ishonchli axborotlar bilan ta’minlash, talabalarning faoliyatini muvofiqlashtirishda axborotlar almashinuviga alohida e’tibor qaratish zaruriyatini belgilaydi.

Ma’lumki, qiyosiy pedagogika predmetiga nisbatan har xil qarashlar mavjud. Ayrim olimlar qiyosiy pedagogika asosiy ma’rifiy pedagogik hodisalarni hamda ularning turli mamlakatlarda konkret tarixiy sharoitda va o‘zaro tadqiq etadi (V.Kanitits va V. Makert) deb hisoblashsa, boshqalar qiyosiy pedagogika maorif tizimlari hamda turli mamlakatlarda ta’lim-tarbiya muammolarini tushunish va hal qilishdagi o‘xshash va farqli tomonlarini ko‘rsatib beradi (P.Suxorolskiy) deb ta’rif beradilar. Bir gurux olimlar qiyosiy pedagogika rus milliy ta’lim tizimini takomillashtirish maqsadida turli chet el maktab tizimlarini qiyosiy baholash bilan shug‘ullanadi (M.A. Julen, J.Sedler, R.King-Xoll) degan fikrdalar. Ko‘rinib turibdiki, qiyosiy pedagogika predmeti juda baxslanuvchan mavzudir. Qiyosiy pedagogikaning metodologik asosi falsafadir.

Qiyosiy pedagogika bir qator ijtimoiy fanlar falsafa, tarix, iqtisod, siyosat, sosiologiya, demografiya, etnografiya va boshqalar bilan bog‘liq. Pedagogik xodisalarni qiyosiy tahlil qilishda bu ijtimoiy fanlarniig ilmiy konsepsiyalari va metodlaridan foydalanish muqarrar. Qiyosiy pedagogika pedagogika tarixi nazariyasi bilan uzviy bog‘langan. Kiyosiy pedagogika o‘ziga xosligi shundaki, uning asosiy tadqiqot metodi qiyoslash metodidir.

Qiyosiy pedagogika o‘rganadigan predmet: xozirgi dunyodagi ta’lim va tarbiya nazariyasi va amaliyotining ahvoli, rivojlanish qonuniyatlari va tendensiyalarining umumiyva farqli xususiyatlari.

Qiyosiy pedagogika vazifalari 1977 y. Londonda bo‘lib o‘tgan qiyosiy pedagogika bo‘yicha Butunjaxon kongressida muhokama qilindi. Qiyosiy pedagogika vazifalari quyidagilardan iborat deb belgilandi.



1.Hozirgi zamonda ta’lim-tarbiya nazariyasi va amaliyotiga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish va ularning turli mamlakatlar maktabi va pedagogika ta’siri natijalarini qiyoslab taxlil qilib berish;

2.Turli mamlakatlardagi ta’lim taraqqiyotining eng aktual va umumiy muammolari va tendensiyalarini aniqlash.

3.CHet el mamlakatlarining ijobiy tajribasini umumlashtirish, o‘rganish va qiyosiy pedagogika va boshqa yondosh fanlarda qo‘llanadigan tadqiqot metodlaridan foydalanadi.

1.Tavsiflash metodi turli mamlakatlardagi pedagogik xodisalarning tashqi belgilarini tavsiflashda qo‘llanadi. SHu asosda keyin taqqoslash va tahlil qilish amalga oshiriladi.

2.Statistik metod maorif tizimiga va pedagogik xodisalarga oid raqamlar va ma’lumotlarni tahlil qilish va baholashni ko‘zda tutadi.

S.Tarixiy metod pedagogik xodisalariing genezisini taqqozlashni bildiradi.

4.Sosiologik metod maorif sistemalarining ijtimoiy xarakterini baholashda qo‘llanadi.

5.Analitik metodlarga analiz, sintez, mavxumlashtirish, induksiya, deduksiya kabi mantiqiy metodlar kiradi.

Xozirgi kunga qadar bir qator mamlakatlardan (Belgiya, Angliya, YAponiya, SHvetsiya, AKSH va boshqalar) qiyosiy pedagogika o‘quv predmeti sifatida ilmiy xodimlar pedagog o‘qituvchilari bo‘lg‘uzi o‘qituvchilarni chet elda ishlashga tayyorlashning zarur qismi sifatida o‘qitiladi. Kurs hajmi xar bir mamlakatda o‘ta xar hil (10 dan 100 soatgacha) biroq, ko‘pchilik xollarda 30-40 soat leksiyadan va mamlakatlar guruxida ta’limning ahvoli batafsil o‘rgatiladitan seminar mashg‘ulotidan, chet elga sayoxat tanlangan mavzular bo‘yicha mustaqil ishlash va kurs yakunida doklad yoki yozma imtixondan iborat.

Bugungi kunda mamlakatimizda qiyosiy pedagogika o‘quv predmeti sifatida o‘qitila boshlagan ekan bu borada chet el tajribasini chuqur o‘rganish lozim. Boshqacha aytganda qiyosiy pedagogikani shakllantirib olish uchun qiyosiy pedagogika tadqiqotlar o‘tkazish kerak.


Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish