Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti magistratura bo‘limi


Gorizontal rezonatorli nanoelektron lazerlar



Download 2,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/45
Sana31.12.2021
Hajmi2,01 Mb.
#277141
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   45
Bog'liq
yarimotkazgichli moddalarni lazerlarga qollanish muammolari

 

Gorizontal rezonatorli nanoelektron lazerlar 

      


Ma’lumki,  istalgan  turdagi  lazerlarning  ishlashi  uchun  asosan  quyidagi 

ikkita mihim talab qo`yiladi. Birinchidan, energetik sathlarning ko`p bo`lishi, ya’ni 

yuqori sathli elektronlarning ko`p bo`lishini ta’minlash lozim. Ikkinchidan, har bir 

lazerda  ishchi  hajmida  elektromagnit  nurlanishini  berkituvchi  optik  rezonatorlar 

yoki  optik  ko`zgu  bo`lishi  kerak.  Ular  o`tkazuvchanlik  sohasida  valent  sohaga 

o`tuvchi  elektronlarning  majburiy  rekombinatsiyalanish  mexanizmlarini  berkitadi. 

Majburiy  rekombinatsiya  jarayonida  ma’lum  chastoyali  va  fazali  fotonlar 

generasiyalanadi.  Sponton  rekombinatsiya  jarayonida  esa  fazalar  va  erkin  harakat 

jarayonida  foton  generasiyasi  kuzatiladi.  Hozirgi  kunda  yarimo`tkazgichli 

lazerlardan  ikki  geterotuzilmali  lazerlar  keng  tarqalgan.  Bu  turdagi  lazerlar 

tuzilishi 

jihatidan 

ikki 

tomondan 



mahkamlangan 

yupqa 


qatlamli 

yarimo`tkazgichlardan iborat (27-rasm). Yupqa qatlam kvant o`ralarga asoslangan 

bo`lib,  unda  energetik  spektrlarning  kvantlanishi  lazrelarning  xossalarini 

o`zgartiradi.  Ishchi  sohani  elektronlar  bilan  to`xtovsiz  ta’minlab  turish  uchun 

metall kontaktlar qo`llaniladi.  

 

27-rasm. Kvant o`rali lazer.  



a) – ikkilangan geterastruktura, b) – energetik diagramma.

  



 

66 


 

 Bunday  lazerlar  quyidagicha  ishlaydi.  Metall  kontaktlarning  biridan  elektronlar 

ishchi sohaga tushib turadi. Ular o`tkazuvchanlik sohasidan valent sohaga o`tganda 

elektromagnit  nurlanishni  nurlaydi.  Uning  chastotasini  quyidagicha  aniqlash 

mumkin. 

          (2.19) 

 

 

Asbobning  markaziy  sohasidagi  generasiyalangan  nurlarni  to`plash  uchun 



tashqi  sohaga  nisbatan  ichki  qatlam  sohasi  sindirish  ko`rsatkichi  katta  bo`lishi 

ta’minlanadi.  Bunday  munosabat  masalan,  GaAs/InGaAs  tuzilmalarda  olish 

mumkin.  Bunday  holda,  ichki  soha  optik  tola  to`lqin  yo`liga  aylanadi.  Chetki 

tomonlariga shaffof oyna qo`yilgan bo`lib, u rezonator vazifasini bajaradi. 

 

 

Kvant  o`raga  asoslangan  lazerlar  oddiy  yarimo`tkazgichli  lazerlardan  bir 



qator  avfzalliklari  bilan  farq  qiladi.  Bu  lazerlar  ishchi  soha  qalinligiga  bog’liq. 

O`ralar  o`lchami  kichiklashishi  bilan 

  sathlarda  elektronlar  energiyasi 

ortadi. Bu holatda lazerlar bilan generasiyalanish, nurlar chastotasi va (2.19) ifoda 

ortadi.  Kvant  o`ralar  kengligini  tanlash  orqali  optik  chiziqli  bog’liqligi  va  to`lqin 

yutilishini  eng  kichik  holatigacha  ega  bo`lishi  mumkin.  Boshqa  tomondan,  kvant 

o`radagi  ikkilamchi  elektron  gaz  zichligi  oshadi.  Bu  soha  chetidagi  holat 

zichliklariga  bog’liq.  Agar  yarimo`tkazgichlarda  soha  chetki  sohalarida  holat 

zichligi  kam  bo`lsa,  kvant  o`lchamli  sistemalarda  chetki  sohasida  doimiydir. 

Shuning uchun kvant o`ralar tejamkor bo`ladi. Ular kam tok istemol qiladi va birlik 

yuzada katta yorug’lik beradi. Uning 60 % gacha elektrik quvvati yorug’lik nuriga 

aylanadi. 

 

 

Kvant  o`raga  nisbatan  kvant  nuqtada  energetik  spektr  rodikal  o`zgaradi. 



Holat  zichligi 

-funksiya  bilan  ifodalanadi.  Shunday  qilib,  kvant  nuqtada  holatlar 



mavjud.  Ular  optik  nurlanishni  kuchaytirmaydi.  Biroq, ular  elektronlardan  tashkil 

topgan.  Bu  energiyani  kamaytiradi,  shuningdek,  lazerlarning  muhim  parametri 

bo`lgan  to`yinish  tokini  kamaytiradi.  Har  qanday  lazerlar  sistemasida  to`yinish 

tokini kichiklashtirish maqsadga muvofiq. Xona temperaturasida to`yinish toki 15 




 

67 


A/sm

2

 gacha kamayishi mumkin. Bunday holatda, kvant o`rali lazerlarda 30 A/sm



ni tashkil qiladi. 




Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish