agnoziyasi — harflarni tanimaslik (o ‘zi yozganlarini ham); 5) ranglar
www.ziyouz.com kutubxonasi
agnoziyasi — ranglarni to ‘g‘ri ajrata olmaslik, tanimaslik; 6) simultan
agnoziya — bem or obyektning ba’zi qismlarini taniydi xolos, biroq
obyektni to ‘laligicha tariimaydi (bilmaydi). Sim ultan agnoziya Balint
sindrom i deb ham ataladi.
Endi ko‘ruv agnoziyalarining klinik m anzarasi bilan tanishib
chiqamiz.
Narsalar agnoziyasi — agnoziyaning keng tarqalgan turidir. Bunda
bem or obyektni go‘yoki ko‘radi, hatto uning b a ’zi belgilarini aytib
ham beradi, lekin nomini ayta olmaydi. M asalan, bemorga qalam
ko‘rsatilsa, u yozish va chizish uchun ishlatilishini biladi, biroq
«bu qalam» deb ayta olmaydi, chunki tanim aydi. Agar narsalar
bir-biriga qalashtirib tashlansa, ularning no m in i aytish yanada
qiyinlashadi. M asalan, qaychi, pichoq, bolg‘acha, qoshiqlarni (yoki
ularning tasvirlarini) bir-biriga qalashtirib tashlab, ularni birin-ketin
topish so‘ralsa, bem or bu ishni bajara olmaydi. U faqat turli tomonga
ketgan chiziqlami ko‘radi, xolos. Bu usulni Poppelreyter 1917-yili
taklif qilgan. Shunisi e ’tiborliki, bem or narsalarga qarab ularni chizib
beradi, lekin o ‘sha o ‘zi chizgan narsalarning nom ini aytib bera
olm aydi, ya’ni tanimaydi.
Yuz agnoziyasi (prozopagnoziya). Aytib o ‘tganim izdek, agno-
ziyaning bu turida bem or aw al o ‘ziga tanish b o ‘lgan chehralarni
tanimaydi. Bu bem orlar narsalarni tanishi m um kin. U lar yuzda
joylashgan burun, qosh, ko‘z va quloqlarning nom ini aytib berishi
m um kin, lekin bu odam kimligini aytib bera olmaydi, ular hatto
xotinini, bola-chaqalarini, davolovchi vrachni ham tanishmaydi.
Shu bilan birga aw al tanish odam larni, yaqinlarining, m ashhur
kishilaming suratlarini ham tanishmaydi. O g‘ir holatlarda bem or
hatto oynadagi o ‘z aksini yoki suratini ham tanim aydi. Shuningdek,
bem or ayol va erkak betining farqiga borm aydi, ularning taxminiy
yoshini chalkashtirib yuboradi. Bu bem orlar odam larni ovozidan,
kiyim idan, yurishidan tanib olishlari m um kin. B a’zan tanib olish-
da tanish-bilishlarining soch tuzilishi, yuzidagi hollari, ko‘zoynak
taqishi kabi ortiqcha belgilar yordam beradi. Agar doim o ko‘zoynak
taqib yuradigan tanishi ko ‘zoynagini taqm ay ko'rinsa, bem or uni
tanim ay qoladi. B a’zan bunday bem orlarga sochi kalta ayol erkak
kishidek ko‘rinadi.
Yuz agnoziyasi nisbatan kam uchraydi va ko‘pincha agnoziyaning
boshqa turlari bilan birga kuzatiladi. Yuz agnoziyasi bosh miyaning
orqa-ensa sohalari zararlanganda kuzatiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |