Z ibodullayev



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/283
Sana09.12.2021
Hajmi12,93 Mb.
#190548
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   283
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi (Z.Ibodullayev)

Uchinchi  blok  —  ruhiy  faoliyatni  nazorat  qiluvchi  va  dasturlar 
tuzuvchi blokdir.  Bu blokni, asosan, miyaning peshona bo‘lagi tashkil 
qiladi.  Peshona b o ‘lagi zararlangan bem orning xulqi buziladi,  oddiy 
harakatlami bajara olmaydigan bo‘lib qoladi.  Bir so‘z bilan aytganda, 
insonning shaxsi  buziladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


4-rasm  (a,  b,  v).  Bosh  miya  katta  yarim   sharlari po ‘stlog ‘ining  tashqi 
yuzasi: a  —  birlamchi  m aydonlar;  b  —  ikkilam chi  maydonlar;  v  —  uchlam -
chi  maydonlar.
Miyaga  kelib  tushayotgan  m a’lum otlarning  analiz  va  sintezi 
natijasida  aniq  shartlarga  javob  beruvchi  harakat  dasturi  ishlab 
chiqiladi.  Mabodo ushbu dastur yordam ida «topshiriq» bajarilmasa, 
miyada  ketma-ket  yangi  dasturlar yaratilaveradi.  Buning  natijasida 
tushayotgan signallarga bosh miya, albatta, javob qaytaradi.  Shunday 
qilib,  bosh  miyada  murakkab  qarom ing  paydo  bo‘lish  jarayoniga 
qo‘zg‘alishning  zanjirli  reaksiyasi  sifatida  qarash  kerak.  Bu  aylana 
bosh miya va uning turli bo‘limlari faoliyatining asosini tashkil qiladi. 
Bosh  miyada  assotsiativ  yo‘llaming  katta  im koniyatlari  borligi  va 
po‘stloq neyronlarining keng ixtisoslashganligi turli-tum an neyron- 
lararo  aloqalarning  yuzaga  kelishiga,  h ar  xil  vazifalarni  bajaruvchi 
murakkab neyronlar to'plam ining shakllanishiga imkon yaratadi.
Bu jarayonlarni yanada toMaroq tushunish uchun asab sistemasi­
ning filogenezi va ontogenezi  bilan  qisqacha tanishib chiqamiz.
Asab  tizimining  filogenezi.  Evolutsiya  jarayonida  asab  tizimi 
rivojlanib, murakkablashib va takomillashib bordi.  Oddiy bir hujayrali 
organizmdagi  (amyobalar)  yolg‘iz  hujayraning  o ‘zi  sezgi,  harakat, 
hazm  qilish  va  himoya  funksiyalarini  bajarib  keldi.  Tirik  to ‘qim a
www.ziyouz.com kutubxonasi


qo‘zg‘alish,  ya’ni  tashqi ta ’sirlarga javob berish  xususiyatiga  egadir. 
Filogenezda asab hujayralarining paydo bo‘lishi organizm uchun tash­
qi ta’sirlarni  qabul  qilish,  to ‘plash va tarqatish  imkonini yaratib berdi.
Asab  hujayralari  orasidagi  bog‘lanishlarning  paydo  boMishi  va 
oddiy asab tizimining shakllanishi organizmni integratsiyaning yangi 
bosqichiga  ko‘tardi.  Oddiy  (primitiv)  asab  tizimiga  ega jonzotlarda 
qo‘zg‘alish  hujayralardan barcha yo‘nalishlarda tarqalishi m um kin, 
go‘yo  bu  impuls  barcha  hujayralarga  taalluqli  boMib,  m a’lum   bir 
manzilga ega emasdek.  Shunday boMsa-da, bu impulslar organizmdagi 
u yoki  bu jarayonlarning  kechishida faol ishtirok etadi,  lekin  analiz 
qilish qobiliyati hali ularda boMmaydi.  Q o‘zg‘alishning asab hujayra- 
larida to ‘planishi xotiraga o ‘xshash jarayonga zamin yaratadi.
Organizm  rivojlangan  va  asab  to'qim alari  ishi  takomillashgan 
sayin  asab  hujayralaridagi jarayonlar qo‘zg‘alishni  tez  o'tkazishi  va 
m a’lum  bir  m anzilga  yo‘naltirilganligi  bilan  ajralib  turadi.  Asab 
tizimining  murakkablashib,  takomillashib  borishi,  qabul  qiluvchi 
(afferent) va uzatuvchi  (efferent)  sistemalarning paydo boMishi bilan 
kechadi.  Nerv tarm oqlarining chekkasida maxsus retseptorlar paydo 
boMib,  har biri  faqat  o ‘ziga tegishli boMgan ta ’sirlarni  farqlab  qabul 
qila  boshlaydi.  Asab  hujayralarining  ixtisoslashib  va  takomillashib 
borishi natijasida impulslarning faqat bir tomonga yo‘nalishini ta’m in- 
laydigan  sinapslar  paydo  boMadi.  Xuddi  shu  bosqichda  ba’zi  vazi- 
falarni  bajaruvchi  oddiy  «aylana»  tuzilm alar  hosil  boMadi.
Keyinchalik  evolutsiya  mobaynida  nerv tugunlari  — gangliyalar 
paydo boMib, ular bir yoki bir nechta vazifani amalga oshira boshlaydi. 
Gangliyalarning  ishlash  uslubi  shundan  iboratki,  har  bir  gangliya 
tanadagi m a’lum segment (soha) uchun javob beradi.  Ushbu segment 
darajasida o ‘ta aniq va soz boshqaruv jarayoni kechadi. Asab tizimida 
mavjud boMgan gangliyalar majmuasi sezishning murakkab turlarini 
amalga oshira oladi.  Gangliyada har qanday jarayon go‘yoki aniq bir 
dasturga ega.  Biroq segmentlar bir-biri bilan yetarlicha aloqalarga ega 
emas  —  bosh  miya  hujayralaridan  farqli  ravishda  bu  gangliyalarda 
biron-bir markazning muvofiqlashtiruvchi ta’siri uncha rivojlanmagan.
Evolutsiyaning keyingi davrlarida asab sistemasining rivojlanishi 
bosh  miya  rivojlanishining  ustuvorligi  bilan  kechadi,  so‘ngra  bosh 
miya  yarim  sharlari  po'stlogM  paydo  boMgan,  asab  tizimi  filogene- 
zining bu davri sefalizatsiya davri deb ham  ataladi.  Sut emizuvchilarda 
asab tizimi yanada takomillasha borib,  bosh miya katta yarim sharlar 
po'stlogM va ularni o ‘zaro bogMovchi yo‘llar paydo boMdi.  Organizm-
www.ziyouz.com kutubxonasi


ning barcha funksiyalarini boshqarib,  nazorat  qilib turuvchi,  o ‘tka- 
zuvchi yo‘llar sistemasi shakllandi.  Odamda katta yarim sharlar po ‘st- 
log‘i,  ayniqsa,  peshona va chakka bo ‘laklarining rivojlanishi yuksak 
darajaga yetdi. Hozirgi kunda odam bosh miyasining 78 foizini po‘stloq 
tashkil  qilib,  uning  30  foizi  peshona  b o ‘lagiga  to ‘g‘ri  keladi.
Evolutsion  rivojlanishning  sefalizatsiya  davrida  bosh  m iyada 
paydo  bo'lgan  markazlar  quyi joylashgan  tuzilmalarni  o'ziga  b o ‘y- 
sundira  boshladi.  N atijada  bosh  miyada  hayotiy  muhim  m arkazlar 
paydo  bo'lib,  ular  organizm ning  turli-tum an  faoliyatini  avtom atik 
tarzda boshqara boshladi.  Ushbu markazlararo aloqalar iyerarxik tarzda 
faoliyat  ko‘rsatadi.  Integrativ jarayon  va  boshqarish  funksiyasining 
vertikal uslubda faoliyat ko'rsatishi  muhim  ahamiyatga ega.
Fiziologiyaning  dastlabki  rivojlanish  davrida  oliy  nerv  m arkaz­
lari  quyi  markazlarga  doimo  tormozlovchi  ta ’sir  ko‘rsatadi,  degan 
fikr  mavjud  edi.  Shuning  uchun  oliy  markazlar  zararlanganda  quyi 
markazlar  qo‘zg‘aladi,  go'yoki  ular  faollashadi.  Lekin  fiziologik 
jarayonlar  doim  bu  tarzda  kechavermaydi.  Evolutsion jihatdan  yosh 
markazlar  zararlanganda,  keksa  m arkazlar  faollashadi,  g o'yoki 
evolutsion jarayon  teskarisiga  davom  etadi.  Bu  nazariya  dissolatsiya 
nazariyasi,  deb  nom olgan.  Darhaqiqat,  yuqori  pog'onada joylashgan 
markazlar zararlanganda, quyi markazlar faollashganini ko‘ramiz.  Bun- 
ga markaziy harakat neyroni zararlanganda, orqa miyaning oldingi sho- 
xida joylashgan  periferik  harakat  neyronlarining  faollashuvini  misol 
qilib keltirish mumkin.  Ammo bu buzilishlarning asl m a’nosi dissolat- 
siyada  yoki  quyi  markazlarning  yuqori  markazlar  «tutqunligidan» 
ozod boMishida emas.  Chunki oliy markazlar quyi markazlar faoliyatini 
faqat  tormozlabgina  qolmaydi,  balki  faollashtiradi  ham.  Markaziy 
ta ’sirlar susayganda,  quyi jarayonlam ing  avtomatizmi  va  boshqarish 
«san’ati»  pasayadi,  jarayon  qo‘pol  va  sodda  bo‘lib  qoladi.  Bundan 
tashqari,  quyida joylashgan  markazlarning  faollashuvi  kom pensator 
jarayonning bir ko‘rinishi sifatida qabul qilinishi  ham  mumkin.
Nerv  markazlari  iyerarxiyasida  bosh  miya  katta  yarim  sharlari 
p o ‘stlog‘i asosiy o ‘rinni  egallaydi.  Butun  organizmdan va funksional 
sistemalardan  m a’lum otlarning  po'stloqqa  oqib  kelishi,  ularning 
murakkab analiz va sintez qilinishi assotsiativ yo‘llaming paydo bo‘lishi 
oliy  nerv  faoliyatining  asosiy  mexanizmlaridan  biri  hisoblanadi.
Xo‘sh, asab tizimi tuzilmalarining ontogenezda rivojlanishi qanday 
kechadi va bu jarayondagi buzilishlar ruhiyatning shakllanishiga qan­
day  ta ’sir  ko'rsatadi?
www.ziyouz.com kutubxonasi


Asab  tizimining  ontogenezi.  Yangi  tug'ilgan  chaqaloq  bosh 
miyasining og‘irligi 400 g atrofida bo‘lib, tana og‘irligining  1/8 qismini 
tashkil qiladi.  G o 'd ak d a p o ‘stloqning egatchalari yaxshi rivojlangan 
bo'lib,  pushtalar  yirik-yirik  bo‘ladi,  lekin  chuqurligi  va  balandligi 
uncha  rivojlanm agan  b o ‘ladi.  T o‘qqiz  oylarga  borib,  miyaning 
dastlabki og‘irligi ikki barobar oshadi.  2 yoshga borib,  bosh miyaning 
og'irligi  bola  tug‘ilgan  davridagiga  qaraganda  bir  necha  barobarga 
kattalashadi.  Bosh  miyaning  kattalashuvi,  asosan,  asab tolalarining 
miyelinlashuvi va  tug‘ilgan  zahotiyoq  bosh  miyada  mavjud  bo‘lgan 
20 mlrd.  hujayralarning kattalashuvi hisobiga kechadi.
G o‘dakning miya to ‘qimasi hali takomillashmagan bo‘ladi.  Po‘st- 
loq  hujayralari,  p o ‘stloq  osti  tugunlari,  piramidal  yoMlar  yaxshi 
rivojlanmagan,  kulrang  va  oq  m odda  orasidagi  aloqalar  takom il­
lashmagan bo‘ladi.  G o ‘dakning asab hujayralari bosh miyaning kat­
ta yarim sharlari yuzasida va oq moddaning asosida to'planib joyla- 
shadi.  Bosh miya kattalashgan sayin asab hujayralari po‘stloq tom on- 
ga  siljib  boradi.  Bosh  miya qon tomirlari ham  rivojlanib,  takomilla- 
shib  boradi.
G o'dakda  katta  yarim  sharlar  po‘stlog‘ining  ensa  qismi  katta 
yoshdagilarnikiga qaraganda yirikroq bo‘ladi.  Bola o ‘sgan sayin yarim 
sharlar pushtalari,  ularning  shakli va  topografik joylashuvi  o ‘zgarib 
boradi. Ayniqsa,  bu o'zgarish dastlabki besh yil mobaynida kuzatilib, 
15—16 yoshlarga borib po'stloqning tuzilishi katta yoshdagilarnikidan 
deyarli  farq  qilmaydi.  Yon  qorinchalar  bolalarda  nisbatan  keng  va 
katta bo‘ladi.
G o‘daklarda ikkala yarim sharni birlashtirib turuvchi targ‘il tana 
nozik va qisqa b o ‘ladi.  Bola besh yoshga to'lgunga qadar targ‘il tana 
yo‘g‘onlashib, uzayib boradi. Yigirma yoshlarda esa targ‘il tana to ‘la 
shakllangan bo ‘ladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqda miyacha sust  rivoj­
langan bo‘lib, uzunchoq shaklga ega bo‘ladi, pushtalari va egatchalari 
sayoz bo‘ladi.  U zunchoq miya gorizontal joylashgan bo‘ladi.  Kranial 
nervlar miya asosida simmetrik tarzda joylashadi.
Chaqaloqda orqa miya bosh miyaga qaraganda morfologik jihatdan 
tugallangan tuzilishga ega.  Shuning uchun ham orqa miya go‘dakda 
nisbatan  takom illashgan  bo'ladi.  G o ‘dakning  orqa  miyasi  katta 
yoshdagilarga qaraganda uzunroq bo‘ladi. Keyinchalik orqa miya o'sishda 
umurtqaning o ‘sishiga qaraganda orqada qolib boradi. Orqa miyaning 
o ‘sishi  20  yoshgacha  davom  etadi.  Bu  davr  ichida  uning  og‘irligi 
ham  oshadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Chaqaloqning periferik asab tizimi yetarlicha miyelinlashmagan, 
nervtolalari siyrak bo‘lib,  notekis taqsimlangan.  Miyelinlanish ja ra ­
yoni  turli  nerv  tolalarida  turlicha  kechadi.  K ranial  nervlarning 
miyelinlashuvi bir yoshga yetib tugallanadi.  Orqa  miya nerv tolalari 
miyelinlashuvi  2—3  yoshgacha  davom  etadi.  Vegetativ  asab  tizimi 
chaqaloq tug‘ilgandan  boshlab faoliyat  ko‘rsata boshlaydi.  Em brio- 
genezning dastlabki bosqichlarida asab tizim ining turli b o iim larid a 
aniq  takomillashgan  m ustahkam   aloqalar  paydo  bo‘ladiki,  ular 
tug‘ma  hayotiy  muhim   funksiyalarning  asosini  tashkil  qiladi.  Bu 
funksiyalarning  yig'indisi  tu g ‘ilgandan  keyin  hayotga  dastlabki 
moslashuvni  ta ’minlab  beradi  (masalan,  nafas  olish,  emish,  yurak 
urishi va h.k.).
Ontogenetik rivojlanish jarayonida odamning miyasi kuchli o ‘zga- 
rishlarga  uchraydi.  A natom ik  jih atd an  olganda,  yangi  tu g‘ilgan 
chaqaloq  miyasi  bilan  katta  yoshdagi  odam ning  miyasi  bir-biridan 
anchagina farq qiladi,  chunki  individual  rivojlanish jarayonida yosh 
o ‘tgan  sayin  miya  tuzilm alari  yetilib  boradi.  H atto,  morfologik 
jihatdan  yetilgan  asab  tizim ida  ham  rivojlanishi  yoki  qayta  paydo 
boMishi  zarur  boMgan  funksional  sistem alar  mavjuddir.
Bosh miya evolutsiyasi jarayonida ikkita muhim strategik yo‘nalishni 
aniqlash mumkin.  Bularning birinchisi kelgusida yashash sharoitlariga 
o ‘ta  tayyor turishi.  Bu  yo'nalish  tug‘ma,  instinktiv  reaksiyalarning 
katta to‘plamidan iborat boMib, organizm hayot kechirishi mobaynida 
har  qanday  hodisalarga  shay  boMib  turadi.  Bular  ovqat,  himoya, 
ko‘payish  mexanizmlari va  boshqalar.  Organizm ni  ham m a  narsaga 
o ‘rgatish shart emas.  Zero, u ba’zi qobiliyatlarga tugMlganidan egadir.
Agar  biz  xulq-atvori  go'yoki  avtomatlashib  ketgan  hasharotlar 
dunyosidan sut em izuvchilar dunyosiga bir nazar tashlasak,  boshqa- 
cha manzaraga ko‘zimiz  tushadi,  ya’ni xulq-atvorning tug‘ma,  ins­
tinktiv turlari maqsadga yo‘naltirilgan,  shaxsiy tajribaga asoslangan 
xatti-harakatlarga  q o ‘shilib  ketganini  ko‘ramiz.  Sut  em izuvchilar 
xatti-harakatida izlanish,  o ‘zi turgan muhitini topish kabi xususiyat- 
larning  shohidi  boMamiz.  H ayot  kechirishning  bunday  turi  uchun 
takomillashgan  miya  kerakligi  o ‘z -o ‘zidan  ayon,  albatta.
Ammo  asosiy  gap  m iyaning  hajm idagina  emas,  balki  uning 
funksiyasidadir.  Evolutsiyaning ikkinchi yo'nalishi individning xatti- 
harakatlariga katta imkoniyatlar yaratib berdi.  Bu esa bosh  miya katta 
yarim sharlari p o ‘stlog‘i hajmining betinim kattalashuvi bilan parallel 
holda kuzatiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Barcha  funksiyalarni  po‘stloq  o ‘ziga  «tortib»  olishi uning  tako- 
millashib borishiga katta imkoniyatlar yaratib berdi.  Shu bilan birga 
dunyoni anglab borish, o'rganish jarayoni, p o ‘stloqning ma’lumotlar 
bilan to ‘lib  borishi,  asosan,  bolalik  davriga to ‘g‘ri  kelar ekan.  G o ‘- 
daklik  davridan  yetuk,  barkamol  yoshga  erishgunga  qadar  b o ig a n  
davr  har  bir  individ  uchun  uzoq  masofa  hisoblanadi.
Hech narsaga ega boMmagan go‘dak,  keyinchalik ko‘p narsalarni 
egallab,  hayotga moslashib oladi.  Xo‘sh,  bu jarayon qanday kechadi? 
N im a  qilsa,  xatolarga yo‘l  qo'yilmaydi?  Shaxsning  uyg‘un,  ijodkor 
bo‘lib  rivojlanishi  uchun  nimalar zarur?  Ba’zi  olimlarning fikricha, 
hammasi  tarbiyaga  bog‘liq.  Haqiqatan  ham   shunday.  G o ‘dakning 
miyasini hali to ‘ldirilmagan, yozilmagan daftarga o'xshatish mumkin. 
Daftarning  tashqi  ko‘rinishi  o ‘xshash  bo‘lsa-da,  har  bir  nusxasi- 
ning,  sahifasining o ‘ziga xos xususiyatlari bor.  Bittasiga bir xil  maz- 
munli, ikkinchi varag‘iga boshqa mazmunli iboralarni yozish mumkin. 
Yozuvchi  daftarni  nim a  bilan  to ‘ldirsa,  keyinchalik  shu  yozuvni 
o‘qiydi, shu yozuvga ko‘zi tushadi.  Demak, oppoq varaqlarni qanday 
to‘ldirish,  nima bilan to'ldirish o'zimizga bog‘liq.  Balki inson miyasini 
oddiy  daftar  bilan  taqqoslash  noto‘g‘ridir,  chunki,  inson  miyasi 
m a’lum otlarni  faqat  «o‘lik»,  «jonsiz»  holatda  o ‘zida  saqlaydigan 
daftar emas, u m a’lum otlarni faol qayta ishlaydigan, yangi xulosalar 
chiqaradigan,  ijodiy  fikrlay  oladigan  katta  bir  jonli,  harakatdagi 
sistemadir.
Bolaning barkamol va yuksak tafakkurga ega bo‘lib o‘sishiga ta ’sir 
qiluvchi sabablar bolani o ‘rab turgan muhitga ko‘p jihatdan bog‘liq. 
Bolaning  oldida  turgan  m uam m olar  yechim ini  to ‘g‘ri  topishga 
ko‘maklashish,  uning xulq-atvorini to ‘g‘ri shakllantirib borish katta 
ahamiyatga molikdir.

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish