Z ibodullayev



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet250/283
Sana09.12.2021
Hajmi12,93 Mb.
#190548
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   283
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi (Z.Ibodullayev)

20.2.6.  Psixostimulatorlar
Bosh miyada ruhiy jarayonlami faollashtiruvchi dorivor vositalarga 
psixostimulatorlar  deb  ataladi.  U lar  nafaqat  ruhiy,  balki jismoniy 
faoliyatni ham kuchaytiradi.  Bu dorilarning aksariyati tarkibida kofyein 
moddasini saqlaydi.  Psixostimulatorlar asab tizimini tetiklashtiradi, 
uyquchanlikni, kam harakatchanlikni yo‘qotadi.  Shuning uchun ham 
bu  dorilar  apatiya,  gipotoniyavaadinam iyabilan  kechuvchi 
psixo- 
asteniyalarda
 tavsiya qilinadi.  U shbu  kasalliklarda  kuzatiladigan 
bosh  og‘riqlarni  pasaytiradi. Psixostimulatorlar  gipersteniknevras-
www.ziyouz.com kutubxonasi


ten iy ad a  va  qo‘zg‘aluvchi  psixozlarda  berilm aydi,  shuningdek, 
uyqudan  oldin  tavsiya  qilinmaydi.  Bu  dorilarni  kunning  birinchi 
yarm ida tavsiya qilgan m a’qul.
Endi  psixofarmakoterapiya  usullari  haqida  so‘z  yuritam iz  va 
psixogen  buzilishlarni  davolashda  samarali  boMgan  b a’zi  dorivor 
vositalarga  ta ’rif keltiramiz.  Psixofarmakoterapiya  usullari  turlicha 
b o ‘lib,  ularni  shartli  ravishda 
2  turga
  bo‘lish  mum kin:
1) monoterapiya usuli,  ya’ni  faqat bitta  psixotrop  dorini tavsiya 
qilish.  Buning  uchun  kasallikning  patogenezi,  klinik  ko‘rinishlari 
ch uq u r  o ‘rganilib,  kompleks  ta ’sirga  ega  bo'lgan  bitta  dori  tanlab 
olinadi va bemorga buyuriladi;
2)  politerapiya  usuli,  y a’ni  ruhiy  buzilishlarni  davolash  uchun 
ikkita  yoki  undan  ko‘p  psixotrop  dorilarni  tavsiya  qilish.  M asalan, 
trankvilizator,  nootrop  va  antidepressantlar.
Davolash jarayonida bu ikkala usulning  nojo‘ya ta ’sirlari, dorini 
(dorilarni)  iste’mol  qilishning  davomiyligi,  zarur  paytlarda  tavsiya 
qilingan  dorini boshqa dorilar bilan almashtirish rejalarini oldindan 
hal  qilish  kerak.
Endi  ushbu  dorilarning  b a ’zilari  bilan  tanishib  chiqamiz.
Novopassit.  Bu  dori  turli  dorivor  o ‘sim liklardan  tayyorlangan 
bo'lib,  kuchli tinchlantiruvchi ta ’sirga ega.  U xavotirlanish, vahima, 
q o ‘rquv va turli ruhiy-hissiy zo ‘riqishlarni kam aytiradi va yo‘qotadi. 
N ovopassit  asab  buzilishi  bilan  kechuvchi  b arch a  kasalliklarda, 
shuningdek,  psixosomatik sindromlarda keng tavsiya qilinadi.
Novopassit ichish uchun kuniga  1  tabletka yoki  1  choy qoshiqdan 
(5  ml)  3  mahal buyuriladi.  Zaruratga qarab, dorining kundalik dozasi
2—3  barobarga  oshiriladi.  N ovopassit  eritm asini  choy  yoki  turli 
sharbatlarga qo‘shib ichish mumkin.  Oshqozon-ichak buzilishlari bor 
bem orlarga  bu  dori  ovqat  paytida  tavsiya  qilinadi,  boshqa  paytlari 
ovqatdan oldin ichgan m a’qul.  Novopassit tabletka  (30 tabletka) va 
eritm a  (100  ml  li flakon)  k o ‘rinishida  ishlab  chiqariladi.
Eglonil.  Antipsixotik ta ’sirga ega. Markaziy  neyronlardagi  D 2- 
dopam in  retseptorlarini  qam al  ichiga  oladi  va  shu  yo‘l  bilan  bosh 
m iyada  torm ozlanish  va  q o ‘zg‘alish jarayonlariga  ta ’sir  ko‘rsatadi. 
Eglonilda neyroleptik va antidepressantlarga xos xususiyatlar mavjud, 
lekin ular kuchli ifodalanmagan.  Shuning uchun ham  eglonilni qabul 
qilgan bem orlarda boshqa  neyroleptiklarga xos b o ‘lgan  uyqusirash, 
koordinator va ekstrapiramidal buzilishlar kuzatilmaydi.  Bu dorining 
antipsixotik  ta ’siri  uning  markaziy  asab  tizim iga  faollashtiruvchi
www.ziyouz.com kutubxonasi


ta’siri  bilan  nam oyon  bo'ladi.  Eglonilning  bu  xususiyati  uni  ruhiy 
faoliyatning o ‘ta pasayishi  bilan  kechuvchi turli  kasalliklarda,  ya’ni 
ruhiy,  nevrologik va psixosomatik kasalliklarda keng qoMlash imkonini 
beradi. Eglonil autizm, abuliya, adinamiya va xulq-atvoming buzilish- 
larini (ayniqsa,  bolalarda) davolashda ham keng qo‘llaniladi.  Eglonil 
hiqichoqni,  ko‘ngil aynishini, bosh aylanishni, qusishni ham kamay- 
tiradi.  Shuningdek,  bu  dori  m e’da  va  o ‘n  ikki  barmoqli  ichakning 
yara kasalligida ham tavsiya qilinadi, lekin u antatsid ta’sirga ega emas.
Eglonilni kuniga 200 mg dan  1600 mg gacha tavsiya qilish mumkin. 
Yengil psixotik buzilishlarda eglonil  1  tabletkadan (200 mg)  3  mahal, 
og‘ir buzilishlarda 2 tabletkadan  (400 mg) 3—4 mahal tavsiya qilinadi. 
Apatiya va adinamiya bilan kechuvchi o ‘tkir psixozlarda eglonil mushak 
orasiga  100—800 mg yuboriladi.  Surunkali psixozlarda va psixosomatik 
sindromlarda  bu  dori  100—200  mg  dan  (2—4  kapsula)  uzoq  vaqt 
mobaynida  (odatda,  1  oy)  beriladi.  Eglonilning  bolalarga  tavsiya 
qilinadigan kundalik dozasi tan a og‘irligining har kilogrammiga 5—
10  mg  dan  to ‘g‘ri  kelishi  kerak.
Eglonil  psixomotor qo‘zg‘alishlarda,  arterial  qon  bosim   baland 
boMgan  h o la tla rd a ,  fe o x ro m o tsito m a d a   tavsiya  q ilin m ay d i, 
homiladorlik  paytida  kam  m iqdorda  beriladi.  Eglonilni  uzoq  davr 
mobaynida  qabul  qilish  ekstrapiramidal  buzilishlarga  olib  kelishi 
mumkin.  Bu  buzilishlar  dorini  qabul  qilishni  to ‘xtatgandan  keyin 
o‘tib  ketadi.
Eglonil  kapsulada  50  mg,  tabletkada  200  mg,  am pulada  2ml 
(100  mg)  dan  ishlab  chiqariladi.  Shuningdek,  eglonilning  0,5% 
eritmasi 200 ml flakonda (1  choy qoshiqda 5 mg) ishlab chiqarilgan.
In stenon.  Instenon  3  ta  faol  m oddadan  iborat: 

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish