20.2.2. Neyroleptiklar
«Neyroleptiklar» atamasi 1967 yili taklif qilingan. Dastlab, og‘ir
psixozlami davolashda ishlatiladigan bu dorivorvositalar neyroleptiklar
deb atala boshlandi. Ko‘pchilik davlatlarda «neyroleptiklar» o ‘rniga
«antipsixotik vositalar» atamasi qo'llaniladi. C hunki neyroleptik sind-
rom dorining terapevtik ta’sirini emas, balki uning asoratini aks ettiradi.
Bugungi kunda ko‘pchilik farmasevtik kom paniyalar nojo'ya ta ’siri
kam ifodalangan antipsixotik vositalar ustida ish olib bormoqdalar.
Neyroleptiklarga am inazin, galoperidol, droperidol, frenolon,
triftazin kabi dorilar kiradi. U larning turi ju d a k o ‘p b o ‘lib, asosan
psixiatriyada qoMlaniladi. Bu dorilarning eng ko‘p tarqalgan nojo‘ya
ta ’siri turli darajada ifodalangan
Do'stlaringiz bilan baham: |