Z ibodullayev


  Isterik  nevroz  (Isteriya)



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/283
Sana09.12.2021
Hajmi12,93 Mb.
#190548
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   283
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi (Z.Ibodullayev)

13.1.3.  Isterik  nevroz  (Isteriya)
«Isteriya»  so‘zi  — yunoncha  «hysteria»  so‘zidan  olingan  bo‘lib, 
bachadon
  degan  m a’noni  anglatadi.  Bu  kasallik  belgilari  haqida 
qadimgi  risolalarda  ko‘p  yozilgan  va  isteriyani  aw allari  bachadon 
funksiyasi  bilan  bog‘lashgan,  chunki  uni,  asosan,  ayollarda  kuza- 
tishgan.  Keyinchalik  isterik  buzilishlar erkaklarda  ham   aniqlangan 
b o ‘lsa-da,  uning  awalgi  nomi  saqlanib  qolgan.  Isteriya  nevrozning 
boshqa turlari  kabi  keng tarqalgan kasallikdir.
Isterik  nevroz,  asosan,  yoshlik davrida,  ko‘proq ayollarda kuza­
tiladi,  ayni paytda,  uning kelib chiqishida xulq-atvorning bolalikdan 
isterik tarzda shakllanishi katta ahamiyat kasb etadi.
O rtiqcha ta ’sirlanish, har narsaga haddan tashqari e ’tibor berish, 
mustaqil fikrlay olmaslik,  ortiqcha ishonuvchanlik,  rang-barang his- 
tuyg‘ularga berilish isteriya uchun juda xos belgilardir.  U lar ruhan va 
jism onan  zaif kishilar hisoblanadi.  Ko‘pchilik  isterik bem orlar fe’l- 
atvori bolalar fe’l-atvoriga o ‘xshab  ketadi.  Bunday bem orlar uchun 
atrofdagilar diqqatini o ‘ziga jalb etish xosdir.  Isterik buzilishlar faqat 
nevrozlarda emas, balki psixopatiyalarda ham kuzatiladi.  Isterik nevroz 
simptomlari aksariyat hollarda,  aslida bemorda bo‘lmaydigan xilma- 
xil  kasalliklar  alomatlarini  eslatadi,  shu  bois  ham  isteriyani  «katta 
mug‘ombir» deb atashadi.  Ularda barcha somatik kasalliklar belgilarini 
kuzatish  m um kin,  aslida  esa  bu  somatik  kasalliklar  ularda  aniq- 
lanmaydi.
Isterik nevrozning turlari xilma-xildir.  Ularning barchasi, odatda, 
ruhiy jarohatdan  (ayniqsa, janjal va xafagarchilikdan)  keyin  darhol 
paydo  b o ‘ladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Endi  isteriyaning keng tarqalgan turlari bilan tanishib  chiqamiz.
Es-hushning kirarli-chiqarli bo‘Iib qolishi.  Birdan boshlanadigan 
va  aksariyat  hollarda  tez  tugallanadigan  holat  bo'lib,  bunda  bemor 
odam   atrofga  befarq  bo'ladi,  qayerda  ekanligini  fahmlay  olmaydi, 
hozir  soat  nechaligini,  o ‘zi  nim a  qilayotganini  bilmaydi.  Bu  holat 
bir necha daqiqadan bir necha soatgacha davom etishi  mumkin.  Es- 
hushning isterik torayishida bem or atrofda sodir b o ‘layotgan voqea- 
lardan  qisman  voqif bo‘lsa-da,  b o ‘lib  o ‘tgan  hodisalarni  eslab  qola 
olmaydi.
Isterik fuga (lotincha «fuga» — qochish demakdir).  Bunda bemor 
kishi janjal yoki boshqa bir ruhiy jarohatdan  so‘ng to ‘satdan  uydan, 
ishxonadan  yoki  boshqa joydan  qochib  chiqib  ketadi,  uning  xatti- 
harakatlari  maqsadsiz bo‘ladi, vaziyatni tushunish va atrofda nimalar 
sodir boMayotganini fahmlash buziladi.  Ammo,  chetdan  qaraganda, 
boshqa birovlarga uning yurish-turishi maqsadga muvofiqdek ko‘rinadi. 
Arzimagan  urush-janjaldan  keyin  bunday  shaxslar,  h atto ,  boshqa 
shaharga  ham  ancha vaqtga  ketib  qolishi  mum kin.  Keyinchalik  bu 
bem oriarning  ko‘pchiligi  ular  bilan  nim alar  sodir  boMganini  eslay 
olm aydi  yoki  qism an  eslaydi,  am m o   g ip n o z  h o la tid a  ham m a 
narsalarni  eslatish  mumkin.
Isterik shaxslarda uchrab turadigan yana bir sindrom — bu Ganzer 

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish