Kinetik apraksiyada
bem or chizish, yozish yoki barm og‘i bilan
buyruq berish kabi oddiy harakatlami bajara olmaydi. Kinetik apraksiya
premotor soha (6-8-maydonlar) zararlanganda uchraydi. Bu apraksiya
uchun harakat perseveratsiyalari, ya’ni biror-bir harakatni bajarish
uchun befoyda urinishlar xosdir.
Regulator (prefrontal) apraksiya
chap peshona b o ‘lagining
prefrontal sohasi zararlanganda kuzatiladi. Mushaklar tonusi va kuchi
saqlangan b o ‘ladi, lekin harakat dasturi buziladi, har qanday
harakatning bajarilishini ongli tarzda nazorat qilib bo‘lmay qoladi.
Bem orlar birinchi harakatdan ikkinchisiga bemalol o ‘ta olmaydi.
M asalan, kvadratni chizib, ketidan uchburchakni chizish talab
qilinsa, bem or uchburchak o'rniga kvadrat chizib qo'yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |