Z ibodullayev


-jadval Epilepsiya  sabablari  (Ichki  kasalliklar bo‘yicha Xarrison



Download 12,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/283
Sana09.12.2021
Hajmi12,93 Mb.
#190548
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   283
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi (Z.Ibodullayev)

5-jadval
Epilepsiya  sabablari  (Ichki  kasalliklar bo‘yicha Xarrison 
spravochnigi),  2005-y.
Y o sh
E p ile p s iy a   sa b a b la r i
2
y o sh gach a
T u g'ish   paytida  m iyan in g jarohatlanishlari 
Perinatal  g ip o k siy a  v a  ish em iya 
0 ‘tkir  in fek siya
M etabolik  b u zilish lar  (gip oglik em iya,  g ip ok alsiyem iya, 
gip om a g n iy em iy a ,  piridoksin y etish m o v ch ilig i) 
R ivojlanish   illatlari 
G enetik  buzilishlar
2-  12 
yo sh gach a
Idiopatik 
0 ‘tkir  in feksiya 
Jarohatlar 
Febril  tutqanoqlar
12-18
yo sh gach a
Idiopatik
Jarohatlar
D ori,  alk ogol  ab stinensiyasi
A rterioven oz anevrizm alar (rivojlanish  illatlari)
18-35
y o sh gach a
Jarohatlar 
A lk o g o lizm  
M iya o ‘smalari
35  yosh dan  
s o ‘ng
M iya o ‘smalari
B o sh   m iya  qon  tom ir  kasalliklari 
M etabolik  b uzilish lar (urem iya, jigar y etish m o v ch ilig i, 
elektrolitlar alm ash in u vin in g  b uzilish i,  g ip o g lik em iy a ) 
A lk o g o lizm
www.ziyouz.com kutubxonasi


Xuddi  boshqa  asab  kasalliklaridagi  kabi  epilepsiyada  nasliy 
omilning ham ahamiyati bor.  0 ‘tgan asming 50-yillarigacha aksariyat 
davlatlarda  epilepsiyada  nasliy  omilning  aham iyati  ju da  bo‘rttirib 
ko‘rsatilgan,  keyinchalik  ilm -fanning  yutuqlari  bunday  gum onni 
yo‘qqa chiqardi.  Hozirgi davrning statistik m a’lumotlariga qaraganda, 
ota-o n anin g   bittasi  epilepsiya  bilan  og‘risa,  ulardan  kasal  bola 
tug'ilishi  xavfi  10  foizdan  oshmaydi.  Epilepsiya  sabablari  um urn- 
lashtirilib 5-jadvalda keltirilgan.
Epilepsiyaning etiologiyasi,  klinik  ko‘rinishlari aksariyat  hollar­
da bemorning yoshiga bog‘liq.  Masalan,  erta bolalik davrida kuzatila­
digan tutqanoq xurujlarining sababi — homila va bola tug‘ilishi davr- 
larida yuzaga  keladigan  gipoksiya  holatlari,  virusli  infeksiyalar, 
anem iyalar va h.k.
Epilepsiyaning tasnifi ko‘p b o ‘lib, tibbiy am aliyotda epilepsiyani 
ko'proq  3  turga ajratib o ‘rganishadi. Agar epilepsiya bosh  miyaning 
biror-bir kasalligi sababli  rivojlansa — sim ptom atik epilepsiya,  nasliy 
omil  aniqlangan va bosh  miya  kasalliklari aniqlanm agan  holatlarda
— idiopatik epilepsiya va nihoyat,  hech qanday sabab aniqlanmagan 
holatlarda— kriptogen epilepsiyafarq qilinadi.Shuningdek,  o'choqli 
(parsial,  fokal,  lokal)  xurujlar  farq  qilinadi.  0 ‘choqli  xurujlar bosh 
miya tuzilmalarining, ayniqsa,  po‘stloq markazlarining qo‘zg‘alishlari 
natijasida  kelib  chiqadi.  U lar qaysi  m arkazlar q o ‘zg‘alishiga  qarab, 
yuz,  qo‘l va oyoqda harakat va sezgi xurujlari bilan nam oyon bo‘ladi.
Shuningdek,  o ‘choqli  xurujlar  ko'ruv,  eshituv,  hid  va  ta ’m 
bilish  gallutsinatsiyalari  ham da  «aw al  ko‘rgan»  yoki  «hech  qachon 
ko'rm agan»  fenom eni,  to 'sa td a n   keladigan  q o ‘rquv  va  qorinda 
kuzatiladigan og‘riq xurujlari ko‘rinishida ham  kuzatiladi.  U larning 
davomiyligi 30 sek dan oshmaydi.  0 ‘choqli xurujlarda bem or hushini 
y o ‘qotm aydi  va  bular  oddiy  parsial  xurujlar  deb  ataladi,  agar 
o ‘choqli  xurujlar  hushdan  ketish  bilan  nam oyon  b o ‘lsa,  murakkab 
parsial xurujlar haqida gap ketadi.  Murakkab parsial xurujlarda hushsiz 
yotgan  bem orda  yutinish,  chaynash,  biror  joyini  silash,  chapak 
chalish  kabi  avtomatik  harakatlar  kuzatiladi.  M urakkab  parsial 
xurujlarning davomiyligi ham  30 sek atrofida bo‘ladi va bem or o'ziga 
kelgandan  keyin  biroz  karaxt  b o ‘lib  turadi.
Epilepsiyaning tonik va klonik xurujlar bilan kechuvchi turi biroz 
og‘ir  kechadi.  Aynan  epilepsiyaning  m ana  shu  turi  bem orning 
yaqinlarini  ko‘proq  vahimaga  soladi  va  biroz  m urakkab  kechadi. 
C hunki bu xurujlar hushsiz yotgan bem orda kuzatiladi.  Bunda ruhiy
www.ziyouz.com kutubxonasi


buzilishlar  ham  ko‘p  kuzatiladi.  Tonik  va  klonik  xurujlar  bilan 
kechuvchi  epilepsiya auralar bilan  kechishi  mumkin.
Auralarni  -  epilepsiyaning  xabarchilari  deb  ham   atashadi. 
Xurujlar boshlanishiga  bir  necha  soat  qolganda,  ba’zan  esa  bir-ikki 
kun  oldin  bem orning  uyqusi  qochadi,  xavotir  paydo  b o ‘ladi, 
jahldor bo‘lib qoladi, yuzi yoki tanasining ba’zi joylarida uyushishlar 
paydo  bo'ladi,  lab  burchaklari  titray  boshlaydi.  Odatda,  m ana  shu 
belgilardan  keyin  katta  tutqanoq  xurujlari  boshlanadi.  Tutqanoq 
xurujlaridan  oldin  auralarning  kelishi  bu  yaxshi.  Chunki  bunday 
paytlarda bem or o ‘zini xavfsiz joyga oladi,  ota-onasi yoki o ‘zi uydan 
chiqib ketmaydi,  xavfli joylarda yurgan bo‘lsa, xavfsiz joylarga o ‘tadi 
va  h.k.  Aurasiz  uchraydigan  katta  tutqanoq  xurujlari  hayot  uchun 
xavflidir  va  bunda  bosh  miya  va  tana jarohatlari  ko‘p  kuzatiladi. 
Chunki  xurujlar  b o ‘lish  paytini  bem or  bilmaydi  va  o ‘zini  xavfsiz 
joylarga ola olmaydi.
Agar  xurujlar  aura  kuzatilgandan  keyin  boshlansa,  bunday 
xurujlarni  ikkilamchi-tarqalgan xurujlar deb atashadi.  Agar xurujlar 
aurasiz  kuzatilsa,  ularni  birlamchi-tarqalgan  xurujlar  deb  atashadi. 
Xuruj  boshlanganda,  dastlab  mushaklarda  tonik  qisqarishlar  ro ‘y 
beradi,  bu  paytda  bem or  qichqirib  yuborishi  va  tilini  tishlab  olishi 
mumkin.  Qisqa vaqt  nafas ham  to ‘xtab qoladi,  rangi ko‘karib ketadi. 
Bu  davrni  xurujlarning  tonik  bosqichi  deb  atashadi  va  u,  odatda, 
30-60 sek davom  etadi.  Keyin xurujlarning klonik bosqichi boshlanadi. 
Bunda  bosh  va  oyoq-qo‘llar  titray  boshlaydi.  Bosh  orqa  va  yon 
tomonga buraladi,  ko‘z olmasi yuqori va yon tomonga qarab og‘adi. 
Shu holatda titrashlar davom etib turadi.  Xurujning klonik bosqichi 
ko‘p  holatlarda  tagiga  siyib  yuborish  bilan  tugaydi.  Klonik bosqich
2-3 min davom etadi.  Tonik-klonik xurujlarning umumiy davomiyligi
3-5  min  ga  teng.  Xurujlardan  keyin  bem or  qattiq  uyquga  ketadi, 
odatda,  2  soat,  bunday  paytda  uni  uyg‘otmaslik  kerak.  Uyqudan 
turgandan  keyin  bosh  og‘rig‘i  kuzatiladi.
Epilepsiyaning tutqanoq xurujlarisiz kuzatiladigan turiga absanslar 
(petit  mal)  deb  ataladi.  Ular,  asosan,  bolalik  va  o ‘smirlik  davrida 
kuzatiladi.  Xuruj  paytida  bola  bir  nuqtaga  qarab  qotib  qoladi,  ko‘zi 
ochiq  boMadi,  biroq  qoshini  pirpiratib  turishi  mumkin,  boshi  sal 
orqaga  qayrilishi  mumkin.  Savollarga javob  bermaydi,  hushsiz  qotib 
tursa-da,  yiqilib tushmaydi.  Xuruj  10-20 sek davom  etadi va b a’zan 
atrofdagilarga bilinmay o ‘tib ketadi.  Bunday xurujlar bir kunda 20-30 
m arta  kuzatilishi  m um kin.  Bu  xurujni  vrachning  o ‘zi  kuzatib
www.ziyouz.com kutubxonasi


ko‘rmoqchi bo‘lsa, bemordan  5-6 marta tez-tez chuqur-chuqur nafas 
olishni talab qilishning o ‘zi kifoya, shunda bem orda absans kuzatiladi.
Tungi  xurujlar.  Tunda  boMadigan  xurujlar  turli-tum an  b o ‘ladi. 
Xurujlam ing ba’zilari quyidagicha kechishi  m um kin.  Bemor birdan 
uyg‘onib  ketadi,  qattiq  boshi  og‘riyotgan  boMadi,  qayt  qilishi 
m um kin va  asta-sekin  ko‘zi  va  boshi  yon  tom onga  qayrilgan  holda 
tutqanoq  xurujlari  boshlanib  ketadi.  Yuz  qiyshayib  qoladi,  so‘lak 
oqadi,  duduqlanib qoladi.  Ba’zan bem orlar yotgan joyidan to ‘satdan 
turib,  o ‘tirib  oladi,  oyoqlari  bilan  velo sip ed   haydayotgandek 
harakatlar qiladi yoki g'ujanak bo‘lib yotib  oladi,  turib yurib  ketadi 
va birozdan keyin to ‘xtaydi,  ba’zan uydan chiqib ketadi.  Bu xurujlar 
30 sek dan 2-3  min gacha davom etishi mumkin.  Keyin bemor o ‘ziga 
keladi,  nimalar  qilganini  eslay  olmaydi,  b a ’zi  bem orlar  esa  b a’zi 
qiliqlarini chala bo‘lsa-da aytib beradi.  T unda bo'ladigan xurujlarda 
bem or  tilini  tishlab  oladi,  og'zidan  qon  aralash  ko‘pik  chiqadi, 
tagiga siyib yuboradi.  Epelepsiya bilan og'rigan bem orlar uchun kech 
uyquga  ketish  va  m ajburan  erta  uyg'onish  xavflidir,  uyquning 
davomiyligi 6-8 soatdan kam bo‘lmasligi kerak.  Ertalab uyg‘ongandan 
keyin  majburan  ko‘p  uxlayverish  ham   m um kin  emas.  Bunday 
bem orlarda  ba’zan  kunduz  kuni  to ‘satdan  uxlab  qolish  holatlari 
kuzatiladi va bu holat narkolepsiya deb ataladi.

Download 12,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   283




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish