Z. E. Azimova adu, Maktabgacha ta’lim fakulteti dekani, P. f d., dotsent


-bob. Vasiylik va homiylikni tugatish. Vasiyning va homiyning o’z majburiyatlarini bajarishdan ozod qilinishi hamda chetlashtirilishi



Download 3,71 Mb.
bet73/220
Sana22.07.2022
Hajmi3,71 Mb.
#840098
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   220
Bog'liq
2020-21 ijtimоiy majmua янги

5-bob. Vasiylik va homiylikni tugatish. Vasiyning va homiyning o’z majburiyatlarini bajarishdan ozod qilinishi hamda chetlashtirilishi
28-modda. Vasiylikni va homiylikni tugatish asoslari.Vasiylik quyidagi hollarda tugatiladi: vasiylikdagi shaxs vafot etganda;voyaga yetmagan o’n to’rt yoshga to’lganda;voyaga yetmagan ota-onasiga qaytarilganda;vasiylikdagi shaxs farzandlikka olinganda;fuqaroning muomala layoqati sud tomonidan tiklanganda.Voyaga yetmagan o’n to’rt yoshga to’lganligi sababli vasiylik tugatilgach, vasiyning majburiyatlarini bajaruvchi shaxs belgilangan tartibda tayinlanmagan holda voyaga yetmaganning homiysi bo’lib qoladi.
Homiylik quyidagi hollarda tugatiladi:homiylikdagi shaxs vafot etganda;homiylikdagi shaxs voyaga yetganda; homiylikdagi shaxs ota-onasiga qaytarilganda;homiylikdagi shaxs farzandlikka olinganda;fuqaroning muomala layoqatini cheklash haqidagi sudning hal qiluv qarori bekor qilinganda;voyaga yetmagan to’la muomalaga layoqatli deb ehlon qilinganda (emansipatsiya);homiylikdagi shaxs nikohga kirganda;sog’lig’ining holatiga ko’ra homiylik belgilanishiga muhtoj bo’lgan shaxsning sog’lig’i yaxshilanganda.Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs tarbiya, sog’liqni saqlash, aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalarida va boshqa shunga o’xshash muassasalarda vaqtincha bo’lganda vasiyning yoki homiyning uzrli sabablarga ko’ra o’z majburiyatlarini bajara olmasligi vasiyning yoki homiyning vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsga nisbatan huquqlari va majburiyatlarini bekor qilmaydi. LexUZ sharhi.SHuningdek, qarang: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 22 sentyabrdagi 269-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Vasiylik va homiylik to’g’risida»gi nizomning 100, 101 va 102-bandlari.
29-modda. Vasiyning yoki homiyning o’z majburiyatlarini bajarishdan ozod qilinishi.Vasiy yoki homiy o’zining arizasiga ko’ra o’z majburiyatlarini bajarishdan ozod qilinishi mumkin.Homiy homiylikdagi shaxsning talabiga ko’ra o’z majburiyatlarini bajarishdan ozod qilinishi lozim. Vasiyni yoki homiyni o’z majburiyatlarini bajarishdan ozod qilish to’g’risidagi qaror tuman, shahar hokimi tomonidan vasiylik va homiylik organining iltimosnomasi asosida qabul qilinadi.Voyaga yetmaganning, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan fuqaroning vasiysi yoki homiysi o’z majburiyatlarini bajarishdan ozod qilingan taqdirda, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning istagi inobatga olingan holda unga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa vasiy yoki homiy tayinlanadi yoxud joylashtirishning boshqa shakli belgilanadi. 
30-modda. Vasiyning yoki homiyning o’z majburiyatlarini bajarishdan chetlashtirilishi.Vasiy yoki homiy o’z majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan yoxud o’z huquqlarini suiistehmol qilgan hollarda, ularni o’z majburiyatlarini bajarishdan chetlashtirish to’g’risidagi qaror tuman, shahar hokimi tomonidan vasiylik va homiylik organining iltimosnomasi asosida qabul qilinadi.Vasiy yoki homiy o’z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlardan g’arazli yoki boshqa past niyatlarda foydalanganda, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsni nazoratsiz va zarur yordamsiz qoldirganda, vasiylik va homiylik organlari uni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun zarur choralarni ko’rishi shart. LexUZ sharhi.Qarang: O’zbekiston Respublikasining Mahmuriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksining 48-moddasi.Voyaga yetmaganning, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan fuqaroning vasiysi yoki homiysi o’z majburiyatlarini bajarishdan chetlashtirilgan taqdirda, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning istagi inobatga olingan holda unga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa vasiy yoki homiy tayinlanadi yoxud joylashtirishning boshqa shakli belgilanadi.

Download 3,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish