Z. E. Azimova adu, Maktabgacha ta’lim fakulteti dekani, P. f d., dotsent



Download 3,71 Mb.
bet111/220
Sana22.07.2022
Hajmi3,71 Mb.
#840098
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   220
Bog'liq
2020-21 ijtimоiy majmua янги

Kommunikativ qobiliyat – kishilar bilan bo‘ladigan munosabatni yaxshilaydigan, bir-biri bilan til topib ishlashni ta’minlaydigan qobiliyat. Bundan tashqari, konstruktiv - o‘qituvchining o‘z ishini loyihalashi, rejalashtirishi, perseptiv – idrok jarayonining ob’ektlarini birinchi bo‘lib bilib olish va uni xotira obrazlari bilan solishtirish, empatiyaboshqa kishilarning psixik xolatlarini tushunish va ularga hamdardlik qilish, didaktik qobiliyat – o‘quvchi va boshqa kishilar bilan muloqot qilishda pedagogikaning qonun-qoidalariga amal qilish kabi qobiliyatlar ham mavjud.

O‘qituvchi yuqorida sanab o‘tilgan qobiliyatlardan tashqari bir qancha ijobiy sifatlarga, aniq maqsadni ko‘zlash, qat’iylik, mehnatsevarlik, kamtarlik kabilarga ega bo‘lgandagina pedagogik kasbning yuqori pog‘onasiga ko‘tarila oladi.
O‘qituvchi irodasi, sabr-toqati, uning o‘z-o‘zini idora qilishi hamda boshqalarga ta’sir o‘tkaza olish qobiliyati. Odam ob’ektiv dunyoni bilibgina qolmasdan, balki unga aktiv suratda ta’sir ham ko‘rsatadi. Odam o‘z maqsadi yo‘lida harakat qilib, har xil to‘siqlarga uchraydi. Bu to‘siqlarning bir xili hayot va mehnat sharoitiga, boshqa biri esa kishining shaxsiy kamchiligiga bog‘liqdir.
To‘siqlarni yengish kishiga bilishning yangi ufqlarini ochib beradi, shu bilan birga, uning sharoitlarini va o‘z-o‘zini idora qila bilish kuchini qaror toptiradi.
Iroda odamning o‘z hatti-harakatini ongli suratda tartibga solishidir. Bu esa ko‘zlangan maqsadni amalga oshirishda uchragan to‘siqni bartaraf qilishda ifodalanadi.
O‘quvchilarda irodaning ijobiy sifatlarini tarbiyalash o‘qituvchining eng muhim vazifasidir. Shaxsning irodaviy xislatlari (sifati, xususiyati) maqsadni amalga oshirishda uchragan to‘siqlarni yengish borasida odamning tajribada hosil qilgan o‘ziga xos usullaridan iboratdir. Shaxsning irodasi deb, har xil irodaviy xatti-harakatlar va xususiyatlar yig‘indisiga aytiladi.
Harakatning maqsadga qaratilganligi odamning bosh, yetakchi, irodaviy xususiyatidir. Shaxsning boshqa eng muhim irodaviy xususiyatlarini sanab kuo‘rsatadigan bo‘lsak:

  • tashabbus – o‘z xohishi bilan ish-amal qila, xatti-harakat ko‘rsata bilishi;

  • qat’iyatlik – ikkilanmasdan, har tomonlama o‘ylab qarorlar qabul qila olish va ularni izchil suratda amalga oshira bilishi;

  • sabotlilik – qiyinchiliklarga qarshi kurashda g‘ayratni bo‘shashtirmasdan maqsad orqasidan doimo quva bilishi;

  • dadillik – qo‘rqishga qarshi tura olish va qo‘yilgan maqsad yo‘lida o‘rinli tavakkalga bora olishi;

  • ishchanlik – qiyinchiliklarga qaramasdan ishni oxirigacha yetkaza bilish.

Bolalar tayyor iroda bilan dunyoga kelmaydilar. Irodaviy o‘sishning eng harakterli xususiyati aktivlik va mustaqillikdir.
Kuchli iroda egasi bo‘lishning bir necha yo‘llari mavjud:

  • boshlangan ishni oxirigacha yetkazish;

  • uchragan qiyinchiliklarni nolimay, maqtanmay yengish ;

  • hatto bir necha marta buzib qilish kerak bo‘lsa ham boshlangan ishni oxirigacha yetkazish;

  • bugun qilish kerak bo‘lgan ishni ertaga qoldirmaslik;

  • qiziqkan narsalarga birdaniga kuch sarflamasdan, oldin va ketin bajarish;

  • iroda hosil qilish uchun havasni keltiruvchi narsa va harakatdan o‘zini tiyish, keraksiz harakatlarni bajarishdan ko‘ra muhim.

O‘zaro pedagogik ta’sir etish va uning vazifasi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’limiy va tarbiyaviy islohotlarning maqsadi – komil insonni shakllantirishdir. Bu borada pedagogik tizimdagi fanlarning ahamiyati kattadir. Shu jumladan, «Ijtimoiy pedagogika» fanini o‘qitishda talabalarda mustaqillik va ijodiy fikrlashni rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.
O‘z-o‘zidan ayonki, pedagogik mahorat fanidan dars beruvchi oliy maktab o‘qituvchisi, kuchli mahorat egasi o‘z kasbining ustasi bo‘lishi bilan birga keng dunyoqarashli, ichki va tashqi madaniyati bir-birini to‘ldiradigan hamda boy pedagogik, hayotiy tajribaga ega bo‘lishi lozim. Chunki bo‘lajak mutaxassis o‘qituvchi shaxsi va uning kasbiy sifatlariga alohida e’tibor qaratadi.

Download 3,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish