Z. E. Azimova adu, Maktabgacha ta’lim fakulteti dekani, P. f d., dotsent



Download 3,71 Mb.
bet107/220
Sana22.07.2022
Hajmi3,71 Mb.
#840098
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   220
Bog'liq
2020-21 ijtimоiy majmua янги

O‘zlashtirish ta’limi. Bugungi o‘quvchilar tayyor bilimlarni o‘qituvchidan eshitaverishdan, ularning nasihatlari-yu tanbehlardan charchab ketdi. Ta’lim jarayonidagi bir xillik va takrorlar bolani o‘qishdan bezdirib qo‘ydi. Ayrim o‘quvchilar ustozlarining ko‘pchiligidan bilimliroq. O‘z shaxsi, bilimi va mahorati bilan o‘quvchilarini hayratga sola biladigan ustozlar bugun kamchilikni tashkil etadi. Shu sabab maktab va o‘qituvchining obro‘si o‘quvchilar oldida istalganidek emas. Tarbiyashunoslik tajribasida shunday haqiqat mavjud: bola eshitsa-unutadi; ko‘rsa-eslab qoladi; bevosita ishtirok etsa- o‘zlashtiradi. Shuning uchun maktabda o‘quvchiga nasihatlar qilavermay,dars jarayonida bilimlarni tayyor holda beravermay bola o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan insoniy sifatlarni,hayotiy haqiqatlar va bilimlarni uning oldiga muammoli masalalar,o‘ylashga majbur qiladigan savol-topshiriqlar, o‘zi his qilishiga,sinab ko‘rishigayo‘naltiradigan vazifalar tarzida berish lozim.Uning o‘z-o‘zini tarbiyalashiga, bilimlarni o‘zi mexnat qilib o‘zlashtirishiga imkoniyat yaratish kerak. Bunday vaziyatlarga solinganda o‘quvchi darslikdagi matnga, qo‘shimcha adabiyotlarga, hayotiy tajribasiga, bilganlariga qayta-qayta murojaat qiladi,izlanadi, o‘rtoqlarini eshitadi, o‘z qarashlarini asoslashga urinadi, xulosalar chiqaradi. Shu tariqa bola o‘zi sezmagan holda o‘z ma’naviyatini shakllantirish yo‘lida ishtirok etadi, bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida bevosita mehnat qiladi. Fikr aytish bilan unda o‘z qarashi, o‘z munosabati, o‘z nuqtai nazari shakllanadi.
Bunyodkorlik ta’limi. Ma’lumki, yangilik yaratish huzurbaxsh jarayon. Avvalo, inson o‘zi yaxshi ko‘rgan ishi bilan shug‘ullanayotganidan maza qiladi. Boshlagan ishi yakunlanganda, ya’ni kashfiyot dunyoga kelganda yanada yayrab ketadi. O‘z ixtirosi tufayli rag‘batlarga sazovor bo‘lganda yanada lazzatlanadi. Ularning hayotga, amaliyotga jalb etilganini ko‘rganda takror huzurlanadi. To‘yilgan lazzatlar uni o‘z-o‘zini tarbiyalash yo‘lida olg‘a yetaklaydi. Bu tuyg‘u uni hayotiy yoki ilmiy haqiqatlar mohiyatiga chuqurroq kirishga, yangi-yangi kashfiyotlar qilishga undaydi. Har bir o‘quv fani bo‘yicha bolalar o‘zlashtirishlari lozim bo‘lgan bilimlarni ular o‘zlari uchun o‘zlari qayta kashf etishlariga sharoit yaratish uchun, avvalo, o‘sha bilimni bola uchun qiziqarli masalaga, jumboqqa aylantirish kerak. Inson tabiatan «parda ortidagi» narsani bilishga ishtiyoqmand bo‘ladi. Shuning uchun o‘qituvchi bilimlarni pardalashi, ularni ochishni bolalarning o‘zlariga havola qila bilishi lozim. Shunda bolalar tomonidan o‘zlariga havola qila bilishi lozim. Shunda bolalar tomonidan ilmiy va hayotiy kashfiyotlar qilinadi. Kashfiyotlarning lazzatlari ularni ixtirolarga shaxsning muayyan faoliyatini muvaffaqqiyatli egallashi, shuningdek uni ijodiy ravishda amalga oshirishning shartlari hisoblangan xususiyatlariga qobiliyat deb ataladi. Har bir inson takrorlanmaydigan individ bo‘lib, uni muayyan faoliyat turiga layoqatli qiluvchi omil kishining o‘z xususiyatidir. Ishdagi muvaffaqqiyat ko‘p jihatdan uning qobiliyati bilan belgilanadi.
Demak, qobiliyat – shaxsning muayyan faoliyat turini yuqori darajada bajarishga bo‘lgan layoqat darajasini ifodalaydigan, turmush jarayonida hosil qilingan individual xususiyatlar yig‘indisi hisoblanadi.
Masalan, qobiliyatli o‘qituvchi bir xil ish sharoitlarida o‘z hamkasblariga qaraganda yaxshiroq natijaga erishadi. Biz ko‘pincha, falon o‘qituvchining hali tajribasi kam, lekin u shubhasiz, qobiliyatli o‘qituvchi, degan iboralarni eshitamiz. Bu o‘sha o‘qituvchining hali kam tajribasi bo‘lishiga qaramasdan o‘qituvchilik ishini muvaffaqqiyatli olib borishga yordam beradigan bir qancha pedagogik qobiliyatlar (kuzatuvchanlik, pedagogik nazokat, muomalaga) ega ekanligidan darak beradi.
O‘qituvchilik faoliyatida muvaffaqqiyatli ishlash uchun har bir o‘qituvchi – pedagogik mahoratga ega bo‘lishi zarur.
Pedagogik mahorat egasi oz mehnat sarf qilib, katta natijaga erishadi, o‘z ishining natijasi bilan yangiliklar yaratadi. Ijodkorlik hamisha uning hamrohi bo‘ladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste’dodli kishigina loyiq bo‘ladi va pedagogik mahoratga erishadi.Individual profilaktik ta’sir ko’rsatish metodlarini tanlash bolaning faoliyati ustun doirasini hisobga olib quriladi. Huquqbuzarlikni individual profilaktika qilishda rag’batlantirish, sustlashtirish metodlaridan faol foydalanish mumkin. O’zining mazmuni bo’yicha ular anhanaviy rag’batlashtirish va jazolash metodlaridan ancha boydir.
Rag’batlantirish metodik usullari qatoriga mahqullash, maqtov, ishonish, baholash, mukofotlash, minnatdorchilik bildirish va boshqalarni kiritish mumkin. Yigit va qizlardan iroda va mehnatsevarlikni talab etadigan harakatlar va ishlarinigina rag’batlantirish kerak. Ular ko’p kuch sarflamay va vaqt sarflamay amalga oshirganlarini emas sustlashtirish (tartibga chaqirish, yo’lga solib turish) metodlari usullari tanbeh berish, koyish, ogohlantirish, yahni qoida buzuvchi shaxsiga nisbatan qattiq talablardan iborat bo’ladi. Ular insonning hulqiga jamoatchilik talablari alohida shaklidan iborat bo’ladi, unda bir vaqtning o’zida nima noto’g’ri bajarilganligini qoralash ham, keyinchalik qanday harakat qilishga ko’rsatma ham beriladi hamda qilgan ishini takrorlashi mumkinligini oldini olish maqsadida kelajakda ogohlantirish beriladi.Tormojenie (sekinlashtirish, tartibga chaqirish yo’lga solish) insonga har kuni kerak bo’ladi va u tarbiyalangan bo’lishi kerak, odat bo’lishi, har bir jismoniy va psixik harakatda ifodlanishi, ayniqsa tortishuv janjallarda kerak bo’ladi. Yo’lga solish usullari agarda ularni jamoa, jamoatchilik tashkilotlari tomonidan qo’llab-quvvatlansa, ayniqsa yaxshi ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Umuman yo’lga solish uchta asosiy vazifani bajarishi kerak: o’z kamchiliklarini tushunib yetishga, ularning yomonligini anglashga, xulqini o’zi boshqarish bilan bu kamchiliklarni yo’qotish. Shundan keyin maqsadlarga muvofiq va shaxs xususiyatlarini hamda vaqtni o’tkazish eng nozik davrini (nazoratni kuchaytirish uchun) hisobga oluvchi vositalarni aniqlanadi. Ular ko’pchilik hollarda bo’ladigan og’zaki o’rgatishdangina iborat bo’lmay, balki turli xil kompleks choralardan iborat bo’lishi kerak.Yosh huquqbuzarni qayta tarbiyalash samarali vositalaridan biri o’ziga individual bo’lgan, dinamik, insonning ichki dunyosi hamma boshqa tomonlari bilan murakkab munosabatlarda bo’lgan uning emotsional-irodaviy doirasiga ta’sir ko’rsatish hisoblanadi. Shaxsning emotsional-irodaviy sohasi tushunchasiga psixologiyada sezgi va irodasini kiritadilar. Sezgi – insonning hayotida sodir bo’layotgan, u idrok etayotgan yoki amalga oshirayotgan ishga turli shakldagi hayajonlanish, ta’sirlanish ichki munosabati sezish ta’sirlanish turli shakllari – emotsiya, affekt, kayfiyat, stress holati, zavq ham va nihoyat sezgi tor ma’noda bu – shaxsning emotsional doirasini tashkil etadi.Pedagogning kasbiy bilimdonligi kreativlik bilan xarakterlanadi.

Download 3,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish