Z. E. Azimova adu, Maktabgacha ta’lim fakulteti dekani, P. f d., dotsent


O‘quv materialining sxemalar va shartli belgilardan iborat modellari (tayanch signallar konspektlari) asosida ta’limni intensivlashtirish texnologiyasi



Download 3,71 Mb.
bet106/220
Sana22.07.2022
Hajmi3,71 Mb.
#840098
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   220
Bog'liq
2020-21 ijtimоiy majmua янги

O‘quv materialining sxemalar va shartli belgilardan iborat modellari (tayanch signallar konspektlari) asosida ta’limni intensivlashtirish texnologiyasi (V.F.Shatalov, Donetsk shahri,Ukraina). Mazkur metodika anchagina ommalashgan pedagogik yondashuv bo‘lib, ko‘rgazmali sxemalardan iborat tayanch signallar konspektlaridan tarkib topgan. Ularda o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan axborot birliklari aks ettiriladi, ularning orasidagi turli aloqadorliklar ko‘rsatiladi hamda abstrakt (mavhum) materialni oydinlashtiruvchi manbalar, misollar va tajribalarni eslatish uchun belgilar, simvollar, komponentlar va maqsadlarning ahamiyatliligi bo‘yicha tasnifi turlicha bo‘lgan shartli belgilardan foydalaniladi. O‘quv materialining sxemalar va shartli belgilardan iborat bo‘lgan tayanch signallar konspektlaridan foydalanish asnosida turli va o‘ziga xos usullar va metodik vositalar ham ishlatiladi.
«Vakolatli ta’lim» texnologiyasi. Ushbu texnologiya 1995 yilda AQShda “Ayollar yetakchiligi” deb nomlangan treninglardan boshlangan bo‘lib, ta’limning xalqaro texnologiyasi sifatida 1997 yildan boshlab Ukrainada shakllandi va keyinchalik Ozarbajon, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Litva, Moldova, Tojikiston hamda O‘zbekistonga tarqaldi. 2002 yilda Afg‘oniston, Birma va Indoneziyada tegishli treninglar tashkil etildi. Hozirgi paytda dunyoning turli mamlakatlarida bu texnologiyaning shakllanish va joriy ettirilish jarayonlari davom etmoqda. Ta’limning ushbu texnologiyasini ayni kunlarda mutaxassislar quyidagicha t’riflaydilar: “Vakolatli ta’lim-genderlik adolati va zo‘ravonliklarsiz munosabatlar asosida tashkil etiladigan o‘quv jarayoni bo‘lib, u bevosita tajriba orqali ta’lim olish yo‘li bilan guruhning o‘z-o‘zini tashkil qilish ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyatlarini beradi”.
Vakolatlash pedagogikasi ta’lim dasturlarining boshqa turlari bilan ta’limga nisbatan umumiy yondashuvlarga ega. O‘zaro faoliyatda ular bir-birini boyitadi va kuchaytiradi.
Vakolatlash ta’limini joriy etishning quyidagi tartibi eng maqbul hisoblanadi:

  • tasdiqlangan va rasmiylashtirilgan o‘quv reja (ayrim o‘quv fani, integrativ kurslar yoki ularning tarkibiy mavzulari);

  • rasmiylashtirilgan o‘quv reja (ta’lim muassasasi tomonidan tashkil etilgan va rasmiy reja bilan bog‘langan darsdan tashqari ishlar-ularning sinfdan va maktabdan tashqari turlari farq qilinadi);

  • norasmiy o‘quv reja (kutilmagan yoki favqulodda mashg‘ulotlar tashkil qilish va ularni ta’lim amaliyotiga alohida reja yordamida joriy etish).

“Vakolatli ta’lim” texnologiyasiga muvofiq mashg‘ulotlar alohida tayyorgarlikdan o‘tgan o‘qituvchi-trenerlar tomonidan tashkil etiladigan va o‘tkaziladigan treninglar tarzida amalga oshiriladi. Maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan va ma’lum yo‘nalishda ta’lim berish (rahbarlik qilish) hamda mashqlar bajarish bo‘yicha yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi mutasaddi shaxsni trener deyiladi.

Download 3,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   220




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish