Z. D. Rasulova, Sh. H. Quliyeva, A. R. Jo‘rayev texnologiya fanini o‘qitish metodikasi



Download 4,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/281
Sana20.02.2022
Hajmi4,52 Mb.
#460704
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   281
Bog'liq
fayl 2010 20211006

22.4.
 
O‘quv ustaxonasida sanitariya-gigiyena qoidalari va texnika xavfsizligi 
talablari
Texnologiya ta’limining moddiy bazasini tubdan yaxshilash uchun barcha 
shart-sharoitlarni inobatga olish zarur. O‘quv ustaxonalari quyidagi asosiy 
sanitariya-gigiyena va xavfsizlik talablariga javob berishi lozim: 
1. Ustaxonalar uchun mo‘ljallangan bino o‘quv-pedagogika, sanitariya-
gigiyena va ishlab chiqarish, texnik talablarini qondirishi kerak. 
2. O‘quv ustaxonalarining jihozlanishi texnikaning hozirgi darajasiga, 
yuksak kasb madaniyatiga muvofiq kelishi hamda ularda texnologiya ta’limi 
dasturining barcha mavzularini o‘rganish uchun shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lishi 
lozim. 


218 
3. O‘qituvchining o‘quvchilar bilan olib boriladigan o‘quv ishlab chiqarish 
ishlari uchun ham shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lishi kerak. 
4. Har bir o‘quvchi uchun mustaqil ish joyi ajratilgan bo‘lib, u tegishli 
asbob-uskunalar, moslamalar bilan jihozlangan bo‘lishi zarur. 
5. O‘qituvchi uchun na’munaviy ish joyi ajratilgan bo‘lib, u tegishli asbob-
uskunalar, moslamalar bilan jihozlanishi va pol ustidan 250-300 mm balandlikda 
bo‘lishi kerak. 
6. Ustaxonalarda o‘quvchilarning qulay va xavf-xatarsiz mehnat qilishi 
uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratilishi lozim. 
7. O‘quv ustaxonalari hajmdor yassi ko‘rsatma qo‘llanmalar bilan 
shuningdek, ta‘limning texnikaviy vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi zarur. 
8. Yordamchi xizmat xonalari (asboblar saqlanadigan xona va 
omborxonalar) o‘quv ustaxonalariga yaqinroq joylashgan bo‘lishi kerak. 
9. Ustaxonalarda o‘quvchilarning diqqatini ishdan chalg‘ituvchi va mehnat 
jarayonini buzuvchi shovqinga va tashqi ovozlarga yo‘l qo‘yilmasligi kerak. 
O‘quv ustaxonalarining maydoni, mavjud loyihalarga ko‘ra, 70-90 m
2
ni 
tashkil etadi. Ustaxonalar bir qavatli alohida binoga joylashgan bo‘ladi. Ular ta’lim 
muassasasida ortiqcha shovqin bo‘lmasligi uchun maktabning asosiy binosidan 
biroz nariroqda quriladi. O‘quv ustaxonalari materiallar, yarimfabrikatlar, tayyor 
buyumlar, shuningdek asboblar va moslamalarni saqlash uchun zarur yordamchi 
xonalarga ega bo‘ladi. Ustaxonalarning poli taxtadan tayyorlanishi, ular yaxshi 
tabiiy va sun’iy shamollatiladigan bo‘lishi me’yorda tabiiy va sun’iy yoritilgan ish 
o‘rni bo‘lishi, havo temperaturasi qishda 14-16°C, yoz davrida esa 20°C dan 
oshmasligi kerak. Yoritish uchun tabiiy yorug‘likdan yoki sliaroitga qarab 
kunduzgi yorug‘lik lampalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. O‘quv 
ustaxona devorlari silliq bo‘lib, yorqin va shifti oq bo‘yoqlar bilan bo‘yalishi 
kerak. Bular xonaning yaxshi yoritilishini ta‘minlaydi. Ustaxonadagi jihozlarning 
rang jihatdan bezatilishiga ham e’tibor berish kerak. Yorqin, fiziologik jihatdan 
asoslangan bo‘yoqlar jihozlarning turli qismlari, ishlanuvchi ob’yektlar bilan 
ustaxonaning umumiy foni o‘rtasida yaqqol farq bo‘lishini ta’minlaydi. 


219 
Ustaxonalardagi shovqin va tebranishning kamayishiga shovqin yutuvchi va 
tebranishni yo‘qotuvchi jihozlardan eng to‘g‘ri mehnat usullaridan foydalanish 
yo‘li bilan erishilishi mumkin. O‘quv ustaxonalaridagi asbob-uskunalarni 
joylashtirish vaqtida yong‘inga qarshi choralarga, mehnatni muhofaza qilish va 
sanoat sanitariyasi talablariga rioya qilish zarur, ustaxonalar asbob-uskunalar bilan 
to‘ldirilib yubormasligi kerak. Tikuv mashinalari va ular orasidagi o‘tish yo‘llari 
belgilangan me’yorlar darajasida bo‘lishi lozim. Dastgohlar, tikuv mashinalarining 
oxirgi qatorlari bilan ustaxona devorlari orasidagi masofa kamida 0,5 m bo‘lishi 
kerak. 
Ustaxonada qo‘l yuvish, ustki va maxsus kiyim-kechaklar saqlanishi uchun 
sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilgan holda shart-sharoit yaratilgan bo‘lishi 
kerak. Ustaxonalarning maydonidan oqilona foydalanish, ularning toza bo‘lishi, 
asbob-uskunalarning to‘g‘ri turishi, estetika talablariga rioya qilish va namunali 
tartib-intizom bularning hammasi o‘quvchilarni intizomlilik va davlat mulkini 
ehtiyot qilish ruhida tarbiyalash uchun katta ahamiyatga egadir. O‘quv ustaxonalari 
sathini guruhdagi o‘quvchilar sonidan va bitta o‘quvchi ixtisosiga muvofiq 
maydon me’yoridan (o‘quvchi uchun 4-5 m
2
, shuningdek, o‘qituvchining 5,5-7 m
2
ga teng ish o‘rnidan) kelib chiqib aniqlanadi. 

Download 4,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish