Z. D. Rasulova, Sh. H. Quliyeva, A. R. Jo‘rayev texnologiya fanini o‘qitish metodikasi



Download 4,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/281
Sana20.02.2022
Hajmi4,52 Mb.
#460704
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   281
Bog'liq
fayl 2010 20211006

26.2. Axloqiy tarbiya
Mehnatga axloqiy tayyorlash
deganda eng avvalo, mehnatga ongli 
munosabatni shakllantirish tushuniladi. Shu o‘rinda buyuk allomalarning 
hadislariyu, ilm, mehnat va hunar haqidagi fikrlaridan foydalanamiz:
Ey o‘g‘il! Qaysi fan bo‘lmasin, to uni mukammal egallamaguningcha 
harakatni to‘xtatma, bir ilm ikkinchi ilmni egallashga yordam beradi. Bir ilmni 
egallashga aqling yo‘l berdimi, uni oxirigacha egallamay turib, chala tashlab 
qo‘yma!
A. Sheroziy
Hunarni asrabon ketgumdir oxir, Olib tuproqqamu ketgumdur oxir.
A. Navoiy 
Aziz do‘stlar oltin va kumushi bo‘lmagan odam kambag‘al emas, balki es-
xushi va kasb-hunari bo‘lmagan kishi kambag‘aldir.


273 
Abdulla Avloniy
Mehnat inson hayotini farovon qiluvchi davlatdir.
Abu Rayxon Beruniy 
Mehnat qilmoq insonga xosdur. Agar sen inson bo‘lsang, o‘z xulqingni 
mehnat tumori bilan beza.
Alisher Navoiy
Sen avvalo mehnatni qadrla va o‘zgalar qilgan mehnatni ham qadriga yet, 
shunda sen o‘zingni haqiqiy mehnatsevar deb bilursan.
Imom al-Buxoriy
O‘z mehnating bo‘lsin doim yo‘ldoshing, O‘zga minnatidan og‘ritma 
boshing. Kunlaring o‘tarkan terib dur-hikmat, Kunlaring to‘liqdir bo‘lsa hur 
mehnat.
A. Jomiy 
Mehnatga axloqiy tayyorlash – o‘quvchilarga jamoada ishlashni, do‘stona 
o‘zaro yordamni, ijodiy tashabbusni, tashkilotchilik qobiliyatlarini namoyish qilish 
va mehnatda xatti-harakat normalarini o‘rgatishdan iborat. 
 
O‘quvchilarda ijobiy sifatlarni tarbiyalash ularning salbiy xislatlardan holi 
bo‘lishlariga yordam beradi. Bu esa dastlab o‘quvchilarga xulq-odob me’yorlari va 
qoidalarini anglash va shaxs ongini shakllantirishga doir metodlar asosida amalga 
oshiriladi. 
Bunga badiiy va ilmiy-ommaviy adabiyotlarni o‘qish, kinofilm va 
spektakllarni tomasha qilish, maxsus tashkil etilgan ma‘naviy-ma’rifat kunlarida 
turli mavzularda suhbatlar tashkil etish natijasida axloqiy tushunchalar va xulq-
odatlar paydo bo‘la boshlaydi. O‘quvchilar o‘zlari va boshqalarning hatti-
harakatlarini baholay boshlaydilar. Buning uchun turli ma’naviy-axloqiy 
mavzularda o‘tkaziladigan suhbat va munozaralarda o‘quvchini fikr yuritish, 
o‘ylashga yo‘naltirish muhim ahamiyatga ega. Masalan, “Do‘stimiz Kamol 
qangday qilib narkomanlar davrasiga tushib qoldi? ”, “Siz erkinlik deganda nimani 
tushunasiz?”, “Zamonaviylik - bu nima?” kabi mavzulardagi suhbat, bahs va 


274 
munozaralar o‘quvchilarni o‘ylash, fikr yuritishga yo‘llaydi, ularda salbiy 
xislatlardan saqlanish, yaxshi odatlarni o‘rganishga bo‘lgan intilish va qiziqishlari 
tarkib topa boshlaydi. Ularning, ayniqsa, o‘z hatti-harakatlarini baholashga 
bo‘lgan e’tiqodlari shakllanadi.
Debat, munozara va suhbatlar ma‘naviy-axloqiy tarbiyaning eng dolzarb 
muammolariga bag‘ishlanishi zarur. Bunda o‘quvchilarni qiziqtirish va ularni jonli 
muloqotga undash muhimdir. O‘quvchi faoliyatini tashkil etish va xulq-odobni 
shakllantirish metodlaridan mashqlantirish, o‘rgatish, pedagogik talab qo‘yish 
jamoa fikrini hisobga olish, topshiriqlar berish, tarbiyaviy vaziyatlar hosil qilish va 
boshqa metodlardan foydalanish samarali natijalar berishi mumkin. O‘quvchilarni 
ma’naviy-axloqiy jihatdan shakllantirishda samarali shakl, metod va vositalardan 
foydalanish boy milliy madaniy, tarixiy va pedagogik an’analar, urf-odatlar va 
umumbashariy qadriyatlarga asoslanadi. 

Download 4,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish