Z. D. Rasulova, Sh. H. Quliyeva, A. R. Jo‘rayev texnologiya fanini o‘qitish metodikasi


Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishning asosiy omillari



Download 4,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/281
Sana20.02.2022
Hajmi4,52 Mb.
#460704
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   281
Bog'liq
fayl 2010 20211006

Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishning asosiy omillari: 
1. Vatanga muhabbat va insonparvarlik.
2. Milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish. 
3. Ma’naviy tarbiya (axloq va odob). 
4. Iqtisodiy tarbiya.
5. Ekologik tarbiya.


252 
6. Go‘zallik tarbiyasi. 
7. Jismoniy barkamollik (sog‘lom avlod uchun). 
8. Ota-onalar bilan ishlash. 
Yuqoridagi omillarni rejalashtirishda tanlanadigan mavzular quyidagi 
talablarga tarbiyaviy tadbirlarni rejalashtirishda “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy 
tushuncha va tamoiyllari” dasturi. O‘zbekiston Respublikasi “Kamolot ijtimoiy 
harakati” dasturi mos qilib olindi. O‘quvchilarni har tomonlama yetuk, barkamol 
qilib tarbiyalash masalalarini muvaffaqiyatli hal etish, ularda faol hayotiy mavqeni 
shakllantirish, o‘zlashtirish va bilim sifatini oshirish ko‘p jihatdan kuni 
uzaytirilgan guruhlarining samarali ishlashiga bog‘liqdir. Sinfdan va maktabdan 
tashqari tashkil qilingan ishlar o‘quvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatini 
to‘ldiradi. Ularning dunyoqarashi, to‘g‘ri shakllanishiga, axloqiy kamol topishiga 
ko‘maklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot ishlab chiqarish bilan bog‘lanishiga 
zamin yaratadi. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga rahbarlik qiluvchi 
tashkilotchilarning vazifalari ham ko‘p qirralidir.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning tashkilotchisining vazifalariga 
quyidagilar kiradi: 
1. Darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishni 
nazorat qilish. 
2. O‘quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari ko‘p qirrali ishlarni 
o‘quvchilar tashkilotlari sinf faollari yordamida yo‘lga qo‘yish. 
3. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar yo‘nalishiga bevosita rahbarlik 
qilgan holda o‘qituvchilar, sinf rahbarlari, ota-onalari, sinf faollariga uslubiy 
yordam ko‘satish.
4. Umummaktab va maktablararo o‘tkaziladigan eng muhim tarbiyaviy 
tadbirlarda qatnashish. 
5. O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va madaniyat 
muassasalari hamda jamoatchilik kuchidan keng foydalanish. Bu borada 
tashkilotchilar faolligini uchta asosiy tomonini ko‘rish mumkin: tashkilotchilik,


253 
uslubiy va ma‘muriy. Bular ko‘pincha o‘zaro uzviy bog‘langan holda namoyon 
bo’ladi.
Tashkilotchining tashkilotchilik faoliyatiga quyidagi bir qator kishilarni 
kiritishmumkin: 
1. Tarbiyaviy ishlar sohasida erishgan yutuq va kamchiliklarni tahlil qilish. 
2. Tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalarini aniqlash. 
3. Tarbiyaviy, ommaviy, siyosiy ishlarni rejalashtirish va ularning 
mazmunini, shakl va usullarini aniqlash. 
4. Sinfdan, maktabdan tashqari ishlarni rejalashtirish, guruhlashtirish va 
ularning mazmunini, shakl va usullarini aniqlash, boshqaruvchi shaxslarni 
aniqlash. 
O‘quvchilarning sinfdan tashqari ishlari o‘z mazmuniga ko‘ra tafakkur 
faoliyati va munosabat vositasi hisoblanadi. Chunki sinfdan tashqari ishlarda 
olingan axborot idrok etiladi, qayta ishlanadi. Shu asosda yangi bilimlar hosil 
qilinadi. O‘quvchilar maktabdan tashqari ishlarda qatnashib turli kishilar bilan 
muayyan munosabatga kirishadilar. Turli vaziyatga duch keladilar. Shuning uchun 
ham o‘quvchilarning maktabdan tashqari faoliyatlari qanchalik xilma-xil bo‘lsa, 
ularning munosabatlari shunchalik munosabat doirasi keng va ma‘naviy o‘sishi 
samarali bo‘ladi. Maktabdan tashqaridagi tarbiyaviy ishlarda o‘quvchilar 
jamoadagi ishlarni o‘rganadilar. Ijtimoiy mehnat quvonchini his qiladilar. Ishlab 
chiqarish mehnatiga qo‘shiladilar. Jamoatchilik fikriga bo‘ysunishga, jamoa sharafi
uchun kurashishga otlanadilar.
Tarbiyaviy ish pedagogikadan butun qobiliyatlarni ishga solishga taqozo 
etadi. Sinf rahbarligi kursi bilan maktabdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar 
metodikasi kursi bir-biriga bog‘liq va uning davomiyligidir. 
Sinfdan va maktabdan tashqari ishni rejalashtirish bolalarning yosh 
xususiyatlariga, maktabning joylashgan shart-sharoitlariga, ijodiy birlashmalariga, 
ilmiy markazlar bilan o‘zaro aloqasi kabi ishlarni inobatga oladi. Direktor 
o‘rinbosarining faoliyati, o‘z ifodasini topgan xujjatlar ro‘yxati, xalq ta‘limi 
tomonidan doimiy ravishda berilib boriladi. 


254 

Download 4,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish