Z. D. Rasulova, Sh. H. Quliyeva, A. R. Jo‘rayev texnologiya fanini o‘qitish metodikasi



Download 4,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/281
Sana20.02.2022
Hajmi4,52 Mb.
#460704
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   281
Bog'liq
fayl 2010 20211006

22.1. Mehnatni ilmiy tashkil etish 
O‘quv ustaxonalari binosiga va asbob-uskunalarni joylashtirishga oid 
talablar, qo‘shimcha maktablarning yangi mazmunda ta’lim berishga o‘tishi faqat 
ta’lim darajasini va sifatini oshirishnigina emas, balki umuman maktablarning va 
o‘quv ustaxonalarining mehnat va kasb ta’limi uchun moddiy-texnika bazasini 
tubdan yaxshilashni ob’yektiv ravishda zarurat qilib qo‘ydi.
Pedagoglar mehnatini ilmiy asosda tashkil etish deganda o‘quvchilar bilan 
olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlarida o‘qituvchi va o‘quvchiIar tomonidan oz 
vaqt, kuch va mablag‘ sarflangan holda eng yuqori natijalarni qo‘lga kiritish uchun 
ta’lim jarayoniga tatbiq qilinadigan va ilmiy jihatdan asoslangan tashkiliy metodik 
tadbirlar majmuasini tushunish kerak. 
O‘quv ustaxonalaridagi mashg‘ulotlarga tatbiq qilinganda pedagoglar 
mehnatini ilmiy asosda tashkil etishda quyidagi tadbirlarni bajarish nazarda 
tutiladi: sanitariya-gigiyena va o‘quv pedagogika talablariga to‘la javob beradigan 
o‘quv ustaxonalari va xizmat ko‘rsatish mehnat xonalarini tashkil etish.
Barcha rejalashtiruvchi hujjatlar (taqvimiy mavzuli rejalar, o‘quv ishlab 
chiqarish ishlari ro‘yxati va h.k.lar) aniq ishlab chiqilishi texnologiya ta’limi 
dasturiga to‘la-to‘kis javob berishi, tanlab olingan ish turlari esa muayyan didaktik 
izchillikda, murakkablik darajasiga qarab joylashtirilishi va ularni o‘quvchilar 
tayyorlash uchun asoslangan vaqt hajmi belgilangan bo‘lishi kerak. O‘quv ishlab 
chiqarish ishlarining ro‘yxati ham, o‘quvchilarni ish joylariga almashlab qo‘yish 
jadvallari ham yaxshilab bezatilgan va o‘quvchilar ko‘radigan qilib osib qo‘yilishi 
kerak. Shu yerning o‘zida oddiy va sanitariya kunlaridagi navbatchilarning jadvali 
va muntazam bajariladigan ishlarning ro‘yxati ham osib qo‘yiladi.
O‘quv ustaxonalaridagi mashg‘ulotlar vaqtida o‘qituvchi darslar orasida 
tanaffus berishi, o‘quvchilarga ustaxonani yaxshilab shamollatish va mehnat 
faoliyatini davom ettirish uchun ustaxonadan chiqib turishlarini taklif qiladi. O‘quv 
ustaxonalaridagi asbob-uskunalar va inventarlarning saqlanishi uchun ularning har 
biriga bir o‘quvchi biriktirilib qo‘yiladi. U ana shu asboblarning yaxshi saqlanishi 
va buzilmasligi uchun o‘qituvchi va jamoa oldida javob beradi. Yaxshi tashkil 


212 
etilgan o‘quv ustaxonasi navbatdagi mashg‘ulotga tayyorgarlik ko‘rish uchun 
unchalik ko‘p vaqt talab qilmaydi. Texnologiya ta’limi o‘qituvchisi uchun bu narsa 
juda muhimdir, chunki uning vaqti tig‘iz bo‘ladi. Shu sababli pedagoglar 
mehnatini ilmiy asosda tashkil etish nuqtai nazardan o‘quv ustaxonalarida 
mashg‘ulotlarning to‘g‘ri tashkil etilishi texnologiya ta’limi o‘qituvchisi uchun 
o‘quv vaqtidan anchagina tejab qolish imkonini beradi. O‘quv va shaxsiy vaqtni 
tejashda texnologiya ta’limi o‘qituvchisining shaxsiy kutubxonasida zarur 
qo‘llanmalar, o‘quv darsliklari, ilmiy-metodik adabiyotlar, maxsus va so‘rovnoma 
adabiyoti: gazeta va jurnallar, dasturning ma’lum mavzulari bo‘yicha gazeta va 
jurnallaridan qirqib olingan maqolalar solingan papkalar mavjud bo‘ladi. 
Navbatdagi mashg‘ulotga tayyorlanishda ayrim faktlar, fikrlar, misollar, 
qoidalar, zarur kitoblarning qisqa annotatsiyalari yozib (.qo‘yiladigan kartochkalar 
katta foyda beradi. Bunday kartochkalar kun sayin tuzib boriladi. Ular dastur 
mavzulari bo‘yicha xillarga ajratiladi, kartotekalarga muayyan tartibda 
joylashtiriladi, mehnat bo‘yicha navbatdagi mashg‘ulotlarga tayyorlanishda yaxshi 
didaktik material bo‘lib xizmat qiladi, eng muhimi esa tayyorgarlik ko‘rishda 
vaqtni tejaydi. 
Ko‘rgazma qurollari uchun mo‘ljallangan yashikda plakatlar, sxemalar, 
jadvallar chizmalar namunali tartibda va sistemada saqlanish kerak. O‘quv 
ustaxonalaridagi mashg‘ulotlarning o‘ziga xos xususiyati o‘quvchilardan ham, 
shuningdek usta hamda o‘qituvchidan ham nazorat-o‘lchov operatsiyalarini 
bajarish va mehnat usullarini ko‘rsatish vaqtida diqqat bilan nazar tashlashni talab 
qiladi. 
Bu jihatdan to‘g‘ri burchak shaklidagi ustaxonalar bir qancha jiddiy 
kamchiliklarga egadir: asbob-uskunalar (dastgohlar)ning 7-8 qator qilib ketma-ket 
joylashtirilishi (dastgohlarning so‘nggi qatori bilan o‘qituvchining ish joyi 
o‘rtasidagi oraliq taxminan 10-11 metrni tashkil qiladi) eshitishni, ayniqsa 
o‘qituvchining tushuntirayotgan va ko‘rsatayotgan mehnat usullarini ko‘rishni 
qiyinlashtiradi, ustaxona devorlari bir tomonlama yoritilishi natijasida yorug‘likni 
sust qaytarishi, quyosh nurlarining to‘g‘ri tushish soatlarida ko‘zni qamashtiruvchi 


213 
yoritish zonasining haddan tashqari kattaligi (50 dan ortiq) ko‘zning tez charchab 
qolishiga va shu tufayli xatolarning ko‘payishiga olib keladi, bir tomonlama 
yoritish natijasida doskaga doimiy yoritish shu‘lalarining tushib turishi unda 
yozilgan narsalarning yon tomondan ko‘rinishini ayniqsa qiyinlashtiradi va nihoyat 
xonada to‘g‘ri burchaklarning mavjudligi toza havo oqimining kelishini tugatib 
qo‘yadi, natijada uning intensiv almashinib turishi keskin kamayadi. Asbob-
uskunalar, dastgohlarning uch, to‘rt qatorli joylashuvi (ularning oxirgi qatori 5,5-
7,0 m uzoqlikda bo‘ladi) o‘qituvchining o‘quvchilar bajarayotgan mehnat 
harakatlarini kuzatishga, binobarin, ular yo‘l qo‘yadigan kamchiliklarni tuzatish 
uchun shoshilinch choralar ko‘rishga ham imkon beradi. Bunday ustaxona va 
kabinetning maydoni (80-90 m
2
ga yaqin) 25-30 uskuna birligini sig‘diribgina 
qolmasdan, shu bilan birga bu yerda o‘qituvchining dastgohi (stanok yoki tikuv 
mashinasi), stol va stul bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. U kamida 20 o‘quvchidan 
iborat guruhga mo‘ljallanadi. Bu ustaxonalarda faqat slesarlik va duradgorlik 
ishlarini muvaffaqiyatli egallash uchun shart-sharoit yaratilib qolmasdan, balki 
dasturning materiallariga mexaniq ishlov berish va elektrotexnika ishlari 
mavzularini o‘tish uchun ham zarur shart-sharoitlar yaratilgan bo‘ladi. Xilma-xil 
markadagi mexaniq asbob-uskunalarning va modellarning miqdori har bir 
ustaxonada 19 taga yetadi. Xizmat ko‘rsatish mehnati kabineti o‘quv dasturi 
muvaffaqiyatli o‘tishi uchun barcha zarur narsalarga ega bo‘ladi. O‘quv 
ustaxonalari uchun xarakterli bo‘lgan asbob-uskunalar bilan bir qatorda kabinetda 
oyoq bilan ishlaydigan 4 ta tikuv mashinasi bo‘ladi. 
Kattaligi 3,5 x 1,4 m li katta yoyiq stol (unda “Pazandachilik” darslarini 
o‘tish vaqtida stol tuzatish uchun foydalanish mumkin), maneken, uchta dazmol 
taxtasi, shuncha elektr dazmol, tryumo, ko‘rsatish taxtasi, kiyim turadigan joy ham 
bo‘ladi.
Kabinetga shifoner, kir yuvish mashinasi, pilesos, pol yuvish moslamasi, 
tasviriy san’at asarlari va xilma-xil gullar qo‘yiladi. Nihoyat, uch yoki to‘rt 
kamforkali gaz plitasi, ularning har biri yonida ish stollari va sovuq hamda issiq 


214 
suv keladigan jo‘raklarga ega bo‘lgan rakovinalar, muzlatkich, idishlar uchun 
shkaf, oshxona inventarlari mavjud bo‘ladi. 
Har uchala o‘quv xonalari bir-biri bilan keng, yorug‘ va yaxshi jihozlangan 
vestibyul bilan birlashtirilgan, bu yerda jurnallar qo’yiladigan stolchalar, 
o‘quvchilarning dam olishi uchun qulay bo‘lgan o‘rindiqlar bo‘lishi kerak. 
Ustaxonalar va kabinetda o‘quvchilar ish o‘rnining tabiiy yoritilishi ikki 
yoki hatto uch tomonlama bo‘ladi. Derazalarning katta ko‘zlaridan o‘tib turadigan 
quyosh nurlari xonalarga turli burchaklar ostida tushadi, ichki devorlarning 
yo‘nalishi har xil bo‘lganligi sababli ular aks etadi va tarqaladi, xonaning hamma 
qismini yaxshi yoritadi. Bu esa, o‘lchovlar vaqtida xatolarning kamroq bo‘lishiga 
imkon beradi. 
Bunday ustaxonalarlarning har tomonlama yoritilganljgi kunning har qanday 
vaqtida doskaning yaxshi ko‘rinishini ta‘minlaydi, undagi shu‘lalar kamayadi va 
yonlaridagi buyumlarning soyasi tushmaydi. Quyosh nurlarining to‘g‘ri yo‘nalishi 
natijasida bu xonalarda to‘g‘ri burchak shaklidagi xonalarga nisbatan quyosh 
nurining ko‘zni qamashtirishi keskin qisqaradi.
Besh burchakli ustaxona binosida sof havo oqimining yetarli darajada 
almashinib turishi ta‘minlanadi, yaxshi tushib turadigan tabiiy yorug‘lik bu 
xonalarni shinam qiladi, bu esa kayfiyatga yaxshi ta‘sir ko‘rsatadi, qulay mehnat 
sharoitini vujudga keltiradi. Bunday tipdagi ta‘lim bolinmalari texnologiya 
ta‘limining psixofiziologik va sanitariya-gigiyena talablariga, shuningdek 
texnoloiya fanini o‘qitish metodikasiga (mehnat ilmiy asosida tashkil qilish) to‘la-
to‘kis javob beradi. O‘quvchilarning ish o‘rnini to‘g‘ri tashkil etish, mehnatni 
osonlashtirish, uning unumdorligini oshirish, buyumlar sifatini yaxshilash va 
yuksak mehnat madaniyati ko‘nikmalarini singdirishning asosiy talablari 
quyidagilardir: ish o‘rni o‘quvchining bo‘yiga muvofiq kelishi, mustahkam va 
yetarli darajada barqaror bo‘lishi, zarur va yaxshi ishlaydigan, shu bilan birga ishda 
qulaylik tug‘diradigan asboblar bilan ta’minlangan (qo‘lga va o‘quvchilarning 
jismoniy kuchiga muvofiqlashtirilgan), shuningdek foydalanish uchun qulay 
tartibda joylashgan bo‘lishi kerak. 


215 

Download 4,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish