216
va moslamalar maqsadga muvofiq joylashgan maydonchasi tushuniladi. Ish o‘rnini
o‘quvchi ish vaqtida o‘z gavdasini ancha qulay tutib turadigan, ortiqcha harakatlar
qilmaydigan darajada tashkil etilishi maqsadga muvofiq deb hisoblanadi. Ayniqsa,
tiskilar o‘quvchining bo‘yiga qarab to‘g‘ri balandlikda o‘rnatilishi katta
ahamiyatga ega. Bu talablarning buzilishi ish natijalarining kamayishiga, to‘g‘ri
mehnat malakalarining sust tarkib topishiga, ba’zan
esa kasb kasalliklarining
paydo bolishiga olib keladi. O‘quvchining ish joyida mavjud bo‘lgan ish va
nazorat-o‘lchov asboblarining miqdori va xillari yetarli holda bo‘lishi kerak.
Masalan, pedagoglar mehnatini ilmiy asosda tashkil etish nuqtayi nazaridan randa,
taxtani uzunasiga tiladigan yoysimon arra, iskana, metall qirqadigan dastarra va
qaychi yoki nazorat-o‘lchov
asboblari shtangensirkullar, mikrometrlar, 90° li
go‘niyalar va boshqa shu kabi asboblar har bir o‘quvchining ish joyida doimo
turishi nozarurat hisoblanadi. Gap shundaki, ish
vaqtida ulardan foydalanish
koeffitsienti juda past bo‘ladi, shuning uchun bu asboblardan bir o‘quvchi emas,
balki bir vaqtning o‘zida bir necha o‘quvchi foydalanishi kerak. Shu munosabat
bilan o‘quvchining ish joyini tashkil etishga ham yangi talablar qo‘yiladi. Barcha
shaxsiy asboblar vazifasiga qarab ishlayotgan o‘quvchiga yaqin joyda dastgoh
ustida turishi kerak. Ko‘pchilik foydalanadigan asboblar ishlayotgan
o‘quvchilarning ish joylariga baravar uzoqlikka qo‘yilishi kerak.
Dastgohlar turli ishlash operatsiyalarini muvaffaqiyatli
bajarishga imkon
beradigan va mustahkam joylashtirilgan ish konstruksiyalaridan iborat bo‘lishi
kerak. Masalan, bir o‘rinli slesarlik dastgohi 800-850 mm (duradgoriik dastgohi
750-780 mm) balandlikda o‘rnatilishi va u yog‘ochdan yoki metallardan
tayyorlanishi lozim. Dastgoh o‘rnatiladigan stol taxtadan ishlanadi, listiga 1,5-2,0
mm qalinlikda po‘lat tunuka qoplanadi va perimetri bo‘yicha 25x25 mm li burchak
qilib
qoplanadi, dastgoh qulay o‘rindiqqa ega bo‘lishi, undan o‘quvchi va
instruktajlar dam olishi vaqtida foydalanishi, yozuvlar, eskizlar tuzish uchun esa
unda suriluvchi planshet ham bo‘lishi zarur. Dastgoh stolid aylanuvchi qurilmaga
ega bo‘lgan paralel slesarlik tiskilari mustahkamlangan bo‘lishi zarur.
Ish va
kontrol o‘lchov asboblari dastgohning aniq joyida turishi lozim. Ish vaqtida o‘ng
217
qo‘l bilan olinadigan asboblar (bolg‘a, egov, dastarra, metall qirqadigan qaychi va
hokazolar) tiskilarning o‘ng tomonida muayyan tartibda joylashishi kerak. Ulardan
chap qo‘l bilan olinadiganlari chap tomonda turadi. Kontrol o‘lchov asboblari
dastgoh stolining old tomonida, o‘ng tomonga yaqin joyda turadi. Ish o‘rnidagi ana
shunday tartib o‘quvchining butun ish vaqti davomida saqlanishi kerak. O‘qituvchi
yoki usta o‘quvchilardan ish o‘rnini tashkil etish qoidalariga amal qilishini doimo
talab qilib turishi kerak. Ish asboblari, ayniqsa, nazorat-o‘lchov asbobi ish o‘rniga
o‘yib qo‘yilishi mumkin emas, bunday hollarda ulardan foydalanish qiyin
bo‘libgina qolmasdan, shu bilan birga noto‘g‘ri foydalanish va saqlash natijasida u
tezda ishdan chiqadi. O‘quvchilarga ish o‘rnini to‘g‘ri
tashkil etish odatini
singdirish uchun o‘qituvchi yoki usta ularning bajargan ishlariga baho qo‘yish
vaqtida o‘quvchining butun mashg‘ulot davomida ish o‘rnini qanday tutganligini
ham hisobga olishi kerak. Dastgohlar konstruksiyalari sozlovchi qurilmaga ega
bo‘lishi, ular yordamida dastgohlarni o‘quvchilarning bo‘yiga qarab moslash,
shuningdek dam olish uchun qulay aylanuvchi o‘rindiqlari, yozish va grafik ishlari
uchun suriluvchi planshetlar bilan ta’minlanishi kerak.
Xavfsizlik texnikasi
bo‘yicha muhofaza turlari dastgohga mahkamlanishi va zarur bo‘lganda dastgoh
stolga olib qo‘yilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: