XIV bob. QURILISH CHIZMACHILIGI
l-§ . Umumiy ma’lumotlar
O ‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida ko‘plab qurilish
ishlari olib borilmoqda. Turli ko‘rinishdagi yangi binolar qatorida ajdod-
larimiz barpo etgan tarixiy yodgorliklar ta’mirlanmoqda, batamom buzi-
lib ketganlari qaytadan tiklanmoqda. Ba’zi
alloma bobokalonlarimizga
bag‘ishlab yangi maqbaralar loyihalanib, qurilmoqda. Qurilayotgan yangi
yerosti metrolar, yerusti sport komplekslari, milliy banklar, ko‘priklar,
shohona ma’muriy binolar, bozor,
akademik litsey, kollej va fuqoro
binolari kabilar nafaqat shaharlarimizning ko‘rki, balki dunyo miqyosida
Respublikamizning rivojlanayotgan davlatlar qatoriga qo‘shilishiga
kafolat beradigan omillardan biri hisoblanadi.
Qurilish madaniyati bizning hududimizda juda qadimdan boshlangan.
Arxeologik qazilmalar natijalariga asoslangan holda miloddan aw alroq
mustahkam qal’a, shaharlar qurilgan, turli kanallar orqali sug'orish
yordamida yuqori hosil olinganligining guvohi bo‘lamiz.
Hozirda ajdodlarimizdan qolgan qurilish madaniyati asosida mustah
kam va ko‘rkam, o ‘ziga xos, takrorlanmaydigan jahon standartlariga mos
qurilish normalari barpo etildi.
Bino deganda barcha quriladigan inshootlar tushuniladi.
Inshoot esa
insonlarning material va madaniy hojatlarini qoniqtira oladigan darajada
qurilgan binolardir.
Har bir inshootni qurishdan oldin obdon o‘ylab, fikrlab, ko‘z oldiga
keltirgandan keyin uning maketi, modeli yoki tekislikdagi yaqqol
tasviri va chizmasi bajariladi.
Boshqacha qilib aytganda, o‘sha inshoot
loyihalanishi lozim.
Qurilishda loyihalash va ilmiy tekshirish institutlari, konstruktorlik
byurolari,
qurilish korxonalari, qurilish-montaj ishlari bilan shug‘ulla-
nuvchi ko‘plab zavod va tashkilotlar qatnashadi.
Qurilishning umumiy loyihasi qurilish maydonini tekislash loyihasini
tuzishdan boshlanadi. Unda yerosti inshootlarini, ya’ni kanalizatsiya,
issiq va sovuq suv quvurlarini joylashtirish, elektr va telefon tarmoqlarini
asosiy tarmoq bilan ulash o‘rinlari belgilanadi.
Binoning plani, qirqimi va fasadi hamda ayrim elementlarining joy-
lanishi chizmalarda ko‘rsatiladi.
Arxitektura-qurilish va muhandislik inshootlari
loyiha hamda smeta-
larga asosan quriladi. Loyihaga quriladigan inshootning chizmalari,
tushuntirish xati va smetasi kiradi. Chizmada bajarilishi kerak bo‘lgan
ishlar, smetada esa inshootning to ‘la narxi ko‘rsatiladi. Smetada yana
bajariladigan ishlaming hajmi, qurilish
buyumlari va ulaming soni,
mutaxassis ishchilar va qurilishda foydalaniladigan mexanizmlaming
soni ko‘rsatiladi. Loyiha hujjatlarini alohida loyiha tashkilotlari va ins-
titutlari tuzadi. Loyihalami tuzishda va taxt qilishda turli yozuvlar
bajariladi. Bu yozuvlarda standart shriftlardan tashqari turli arxitektor va
sanoat qurilish shriftlaridan foydalaniladi.
Respublikamizdagi barcha qurilish yagona modul sistemasi (YMS)
talabiga javob berishi lozim.
Bundan asosiy maqsad fuqaro, jamoat,
sanoat, har xil muhandislik inshootlarini loyihalash va qurilishlami tur-
larga ajratib, ulami standartlashtirishdan iborat. Modul sifatida, asosan,
100 mm qabul qilingan. Ba’zan 50 sm olinishi mumkin.
Modullar yiriklashtirilgan 2
Do'stlaringiz bilan baham: