‘z b e k ist 0n r espublik asio liy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


-§. Ulug‘ Ossur harbiy saltanati (m.av. X -V U asrlar)



Download 12,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/243
Sana01.07.2022
Hajmi12,07 Mb.
#724957
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   243
Bog'liq
abdujabbor-kabirov -qadimgi-sharq-tarixi -pdf

7-§. Ulug‘ Ossur harbiy saltanati (m.av. X -V U asrlar)
M. av. I mingyillik boshlariga kelib ishlab chiqarishda yangi 
m a’dan-temirdan foydalanish. quruqlik yo'li va dengiz savdosi- 
ning muntazam rivojlanishi va nihoyat Yaqin Sharqdagi odamlar 
yashashiga qulav bo'lgan joylarda aholi sonining ortishi qadim­
gi sharq davlatlarining iqtisodiy jihatdan yuksalishiga olib keldi. 
Mazkur davrda Yaqin Sharqdagi katta-kichik mamlakatlar o'rtasi­
da iqtisodiy va madaniy-siyosiy aloqalar tiklanadi va rivoj topadi. 
M. av. I ming yillikda Yaqin Sharqdagi qudratli davlatlar ikkinchi 
o'ringa tushib qoladilar.
M.av. X asr oxirlarida Ossuriya yana qaytadan kuchaya bosh- 
lagan. Mazkur davrda Yaqin Sharqda Ossuriyaga bas kela oladigan 
kuchli davlatlar bo'lm aganligi unga katta qulaylik tug'dirgan. Bu 
davrda Kichik Osiyodagi Xettlar davlati parchalanib, Mitanni ham 
inqirozga yuz tutgan edi. Bir vaqtlar Ossuriyaga dahshat solgan ar­
ameylar birlashgan kuchli davlat barpo qila olmaganlar.
M.av. IX asr boshlariga kelib Ossuriya Shimoliy Mesopotami­
yada mustahkamlanib olgach. tashqi mamlakatlarga istilochilik si- 
yosatini boshlab yuboradi. Ossuriyaning istilochilik harbiy yurish- 
lari uning podsholari Ashshurnatsipal 11 (m.av. 883-859) davrida 
va Salamansar III davrida ayniqsa faollashgan.
136


Dastlab Ashushmatsipal II boshliq ossur qo'shinlari shimolga 
nairi qabilalari ustiga yurish uyushtirishgan. Shu davrda Kavkaz or- 
tida Urartu davlatining shakllanish jarayoni boshiangan edi. Ossur 
jangchilari Dajla daryosining sharqiy hududlarida yashagan tog'lik 
Midiya qabilalari bilan ayovsiz janglar olib bordi. Ossur qo'shin­
lari janubda Bobil qo'shinlari bilan to'qnashib, bobilliklaming shi­
moliy chegarasidagi bir qancha joylarni ham bosib oladi.
Ammo Ossuriya podsholari tashqi siyosat sohasida butun e’ti- 
borlarini O 'rtayer dengizining sharqiy sohilidagi mamlakatlarga 
qaratadilar. Chunki bu mamlakatlar juda boy, xo'jaligi nihoyat- 
da rivojlangan bo'lib, geografik jihatdan qulay yerga joylashgan 
edi. Bu mamlakatlarda metal 1. qimmatbaho va yarim qimmatbaho 
m a’danlar, qurilish uchun zarur bo'lgan bebaho yog'och-o'rm on- 
lar ko'p ediki. ular Yaqin Sharqda mashhur edi. Sharqiy O 'rtayer 
dengizi sohillaridan xalqaro ahamiyatga ega bo'lgan quruqlik sa­
vdo yo'llari o'tgan edi. Savdo-karvon yoTlari bo'ylab Tir, Sidon, 
Damashq, Bibl, Arvad va Karxemish kabi savdo-hunarmandchilik 
markazlari joylashgan edi. Bu hudud shu yerdan turib Kichik 
Osiyoning ichkarisiga, O 'rtayer dengizidagi orollarga Yunoniston 
va Misr tomon istilolar uyushtirish uchun qulay strategik joy hi­
soblangan. Xuddi shu yo'nalishdan turib Ashshurnatsipal II aso­
siy harbiy harakatlami rejalashtirgan. Ashshurnatsipal Shimoliy 
Suriyada yashagan arameylami tor-mor etishga muvaffaq bo'ladi. 
Ossur qo'shinlari Shimoliy Suriyadagi Bit-Adini knyazligini bosib 
oladi. Bu g'alabalar natijasida Ossur podsholari Sharqiy O 'rtayer 
dengizi sohili bo'ylab o'tgan karvon-savdo yoTlarini o 'z qoTlari- 
ga kiritadilar. Sohil bo'yidagi ko'pgina Suriya knyazliklari va Fini­
kiya shaharlari ham Ossur podshosiga boj-xiroj to'lab turishga 
majbur etiladi.
Ashshurnatsipal II vafotidan so'ng uning o 'g 'li Salamansar 
III otasining bosqinchilik siyosatini davom ettiradi. Salamansar 
III 35 yillik podsholigi davrida qo'shni mamlakatlarga 32 marta 
harbiy yurish uyushtirgan. G 'arb tomonda Frot daryosining butun 
vodiysidan tortib to Bobilgacha bo'lgan yerlarni batamom o'ziga 
qaratib olish maqsadida Bit-Adinini o'ziga bo'ysundirgan. M.av.
137


856 yili Salamansar 111 aramey davlatining poytaxti Til-Barsibni 
egallagan. Til-Barsib Karxemishdan 20 km janubda b o iib , bu sha­
har orqali juda muhim harbiy va savdo y o ii o ig a n edi. Mazkur 
savdo y o ii Mesopotamiyadan boshlanib. Guzana (Til-Xalaf), Xar- 
ran, Xadatu, (Arslon Tosh) Aleppo orqali o'tib Suriyaga va undan 
keyin Kritga hamda Oront vodiysigacha borgan. Shundan so'ng 
Salamansar III Suriya tomonga yurib y o i-y o 'lak ay eng muhim 
shaharlarni q o ig a kiritishni va 0 ‘rtayer dengizi sohiliga chiqadi- 
gan muhim savdo y o ilarin i egallashni maqsad qilib qo'ygan bo'Isa 
kerak. Karxemish, Aleppo va Samal hokimlari Ossur podshosiga 
o 'z ixtiyorlari bilan bo'vsunib, uni katta bovliklar-xiroj bilan kutib 
olgan. Salamansar III harbiy yurishni davom ettirib, Damashqning 
qattiq qarshiligiga duch kelgan. Damashq podsholigi ossurlarga 
qarshi kurashish uchun harbiy ittifoq tuzgan. Bu harbiy ittifoqqa 
Kue, Hamoy, Arvad, Isroil podsholigi. Ammon. Shimoliy Meso­
potamiya arablari ham qo'shilib. janglarda misrlik askarlar ham 
faol qatnashganlar. Har ikki katta qo'shin Oront daryosi bo'yidagi 
Karkara yaqinida uchrashgan. Bu dahshatli urush m.av. 853-yilda 
bo'lib o'tgan.
Salamansar III o 'z yozuvlarida ittifoqchilar ustidan g'alaba qo- 
zonib Karkarani vayron etdim, jangda dusbmanlarimning 14000 
jangchisi qirib tashlanib. u yerdan ko'p boylik va asirlar qo'lga 
kiritildi deb yozgan. Lekin Karkara yonidagi bu dahshatli jangda 
ossur qo'shinlari juda katta talofat ko'rganlari tufayli orqaga che- 
kinishga nmjbur bo'lgan. Oradan birmuncha vaqt o'tib, Frot ortiga 
o 'n yetti marta harbiy yurish uyushtirilgandan so'ng m.av. 840-yil- 
da Salamansar III Damashq ustiga 120 ming kishilik qo'shin bi­
lan bostirib kirgan. B o'lib o'tgan janglarda Damashq podshosi 
qo'shinlari tor-mor etilib, dushmanlar shaharni qamal etganlar. 
Ossurlar juda ko'p o'lja va asirlarni qo'lga kiritganlar. Salamansar 
III shuncha zo’r bergani bilan Damashqni uzil-kesil yenga olma- 
gan. Ammo Ossuriya Damashqni bir qadar kuchsizlantirib, Suri­
ya ittifoqi kuchlarini bo'lib tashlashga erishgan. Isroil, Tir. Sidon 
Ossur podshosiga bo'ysunib. unga xiroj toiaganlar. Hatto Misr 
fir'avni ham Ossuriya saltanatini e'tiro f etib, unga 2 ta tuya, bege- 
mot va boshqa ajoyib-g'arovib hayvonlar yuborgan. Salamansar 111
138


navbatdagi harbiy yurishni janubga-Bobil podsholigiga qaratgan. 
Bobilga katta qo'shin bilan dahshatli yurish qilib, Fors q o 'ltig 'i 
qirg'oqlaridagi Dengiz bo‘yi o'lkalariga ham yetib borgan. Ossur 
qo'shinlari Bobilni ham bosib olib, u yerdan mislsiz boylik va sa- 
noqsiz asirlar olib qaytgan.
Shimolda Salamansar 
III 
yosh Urartu davlati bilan qattiq jang­
lar olib borgan. Dastlabki janglarda ossur qo'shinlari Urartu ustidan 
g'olib chiqib. uning markaziy shahrini bosib olgan. Urartu pod- 
sholari Sarduri va Aramu davrida Urartu kuchayib, Ossuriyaning 
raqibiga aylangan. Urartu podsholari o'zlarining g'olibona yurish­
lari tufayli Ossuriyani Kavkazortidan Kichik Osiyo va Shimoliy 
Suriyadan ajratib qo'yishga muvaffaq bo'lganlar. Bu hoi Ossuriya­
ning kuchsizlanishiga olib kelgan. Kuchlar nisbati Urartu podsho­
lari tomonga o'tib o'zgargan.
Shunday qilib Ossuriya o'zining Old Osiyoning shimoliy qis- 
midagi hukmronlik mavqeyini yo'qotib, endi bu o'rinni Urartu 
podsholigi egallagan.

Download 12,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   243




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish