‘z b e k ist 0n r espublik asio liy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Qonunlar to'planiida xo'jalik va siyosiy-ijtimoiy munosa-



Download 12,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/243
Sana01.07.2022
Hajmi12,07 Mb.
#724957
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   243
Bog'liq
abdujabbor-kabirov -qadimgi-sharq-tarixi -pdf

Qonunlar to'planiida xo'jalik va siyosiy-ijtimoiy munosa-
batlarning aks etishi.
Xammurapi qonunlari va m.av. II mingyilliklarga oid hujjat- 
lar majmuasi, Mesopotamiya xalqlari xo'jalik hayotining umumiy 
manzarasini bir qadar tiklashga imkon beradi.
M a'lum ki, Old Osiyoning ko'p xalqlari hayotida ziroatchilik 
xo'jalikning asosini tashkil etadi. Mesopotamiyaning Dajla va 
Frot daryolarining toshqinlari natijasida yaxshi o'g'itlanadigan va 
sug'oriladigan allyuvial tuproq dehqonchilikning rivojlanishiga
123


ayniqsa katta yordam bergan. Dehqonchilik ilgari ham, Qadimgi 
Bobil podsholigi davrida ham o ‘zining muhim ahamivatini saqlah 
qolgan. O 'sha zamonga oid hujjatlarning birida: "Ekinzorlar 
mamlakatning hayoti ekanligini bilmaysanmi?" deb yozilgani Bo- 
bilda dehqonchilikning ahamivatini juda yaqqol ko'rsatib bergan.
Darhaqiqat, Misr uchun Nil. O 'rta Osiyo uchun Amudaryo va 
Sirdarvo, Hindiston uchun Hind, Gang. Jamna. Xitoy uchun Xu- 
anxe va Yanszi qanchalik katta ahamiyatga ega bo'lgan bo'Isa 
Mesopotamiyada sug'orm a dehqonchilikni ravnaq toptirish uchun 
Dajla va Frot ham shunday ahamiyatga ega edi.
Tabiiy sharoit yer, suv. obi havo, yuqori darajadagi quyosh 
haroratiga ko'ra butun Sharq dunyosida, shuningdek, qadim­
gi Mesopotamiyada ham dehqonchilik xo'jaligining rivoj lanishi 
asosan sun'iy sug'orish bilan chambarchas bog'liq bo'lgan. Shu 
bois Xammurapi ham o 'z saltanati doirasida irrigatsiya - sug'orish 
ishlarini rivojlantirishga katta ahamiyat bergan. Xammurapi o'z. 
qonunida “Mamlakatni g'alla to 'la konga aylantirib, yerlami ish- 
lashni osonlashtirgani.... tarqalib ketgan aholini Shumer va Akkad 
yerlariga to'plaganligi. uni farovonlikka va baxt-saodatga erishtir- 
ganligi bilan faxrlangan”.
Xammurapi buyrug'i bilan “Nar-Xammurapi" degan kanal 
qazilgan. Bu kanal "Shumer va Akkadga m o'1-koi suv beruvchi 
o 'z sohillarini ekin maydonlariga aylantiruvchi, tog'-tog' g'alla 
yetishtirib beruvchi hamda Shumer va Akkad aholisini doimo suv 
bilan ta ’minlovchi xalq boyligidir". deyilgan.
Sharqning hamma qadimgi mustabid podsholari, shu jumladan 
podsho Xammurapi davlat hokimiyati sug'orish tarmoqlarini ken- 
gaytirish bilan birga bu tarmoqlarni tartibli holda saqlashga ham 
g'am xo'rlik qilganlar. Bu ishga podsho amaldorlari va ular qo'l os- 
tidagi jam oalar javobgar bo'lishgan. Jumladan Xammurapi qonun- 
larining 53 -56-m oddasida irrigatsiyaning tegishli tarmog'ini 
tartibli saqlash mahalliy amaldor va jamoalarning bosh vazifasi 
ekanligi ta ’kidlangan. Shu bilan birga. agar biron kishining aybi 
bilan to 'g 'o n buzilib, qo'shni tomorqalarni suv bosib ketsa, aybdor 
nobud bo'lgan g'alla, hosil haqini egasiga to'lashi shart bo'lgan.
124


Qonunning 54-moddasida g'allani to'lashga aybdorning qurbi yet- 
masa, aybdorning o'zi va uning mol-mulki sotilib, yetkazilgan 
zarar toTangan. 0 ‘sha davrdagi boshqa bir hujjatda sug'orish tar­
moq lari m tartibli saqlash ishlari ustidan markaziy hokimiyat qattiq 
nazorat qilganligi ko'rsatilgan.
Shunday qilib, ziroatchilik va sug'orish tarmoqlarini tartibga 
solish va nazorat qilish m. av. XVIII asrda va undan keyingi davr- 
larda ham podsho hokimiyati, amaldorlari va jamoaning bosh vazi- 
fasi bo’lgan edi.
M aium ki, Mesopotamiya xalqlari hayotida, shuningdek Bo­
bil podsholigi xo'jaligida chorvachilik ham katta ahamiyatga ega 
b oigan.
M esopotamiyaning sharqidagi Zagros to g ia ri, dashtlar va 
daiyo bo'vidagi to‘q ay lar chorva mollari uchun qulay yaylov hi­
soblangan. Mazkur dasht, to'qay va tog‘ yaylovlarida ko'plab yi­
rik va mayda shoxli qoramollar podasi va eshaklar boqilgan. Xam­
murapi qonunida va boshqa hujjatlarda chorva mollariga egalik 
huquqi masalasiga ham e'tibor berilib, yirik chor\7adorlar manfaati 
qattiq himoya qilingan. K o'pincha ish hayvonlari ijaraga berilgan. 
Qonunga ko'ra, ish hayvonini ijaraga olgan kishi ijaraga olingan 
ish hayvoni uchun to'la javobgar bo'lgan. Ijaraga olingan hayvon 
o'lib qolsa yoki zararlansa ijaraga olgan odam bu zararni hayvon 
egasiga to'lashi lozim bo'lgan. Chorvador boylar mollarini boqish- 
ni kambag'allarga yollab berganlar. Qonun moddalarida cho'pon 
o'ziga topshirilgan yirik yoki mayda shoxli qoramollar uchun mut- 
laqo javobgar bo'lgan. Mollarning tam g'asi o ‘zgarib qolsa, mol 
o'g 'irlab ketilsa. cho'pon qattiq jazolangan. Shuni ta’kidlash joiz­
ki, mamlakatda bog'dorchilik xo'jaligi ham ancha taraqqiy etgan 
edi. Afsonalarda Qadimgi Mesopotamiya gullab-yashnagan jannat 
bog'iga o'xshatiladi. Darhaqiqat, Qadimgi Bobilda xilma-xil me- 
vali daraxtlar o'stirilib, mirishkor bog'bonlar ajoyib bog'lar barpo 
qilganlar. Katta-katta yer egalarining manfaatlarini himoya qiluv- 
chi davlat bog' egalarining manfaatini himoya qiluvchi farmon- 
lar chiqargan. Chunonchi, Xammurapi qonunining bir moddasida 
birovning bog'idan ijozatsiz kesilgan daraxt uchun aybdor 252,5
125


grammga yaqin kumush og'irligida bog' egasiga jarim a to'lagani 
yozilgan.
Shuni aytib o'tish joizki, mamlakatda 
qurilish ashyolari 
yog'ochlarga ehtiyoj katta bo'lgan. Shu bois podsho o'rmonlarni 
qo'riqlash yuzasidan bir qancha tadbirlar ko'rgan. O 'rm onlar alo- 
hida-alohida o'rm on hududlariga bo'lingan va o'rm onli hududlar 
xo'jaligi bosh mudiriga bo'ysunuvchi maxsus "hudud o'rm onlari" 
qaram og'ida bo'lgan. Har bir o'rm on hudud lari mudirlari daraxt- 
larning saqlanishi uchun javobgar bo'lganlar. Qadimgi Bobil- 
ning shahar va qishloqlarida hunarmandchilik ancha rivoj topgan 
edi. Xususan, duradgorlar, toshkesarlar, me'morlar, qurolsozlar. 
temircliilar, ko'nchilar, tikuvchilar, kulolchilik va hunarmandchilik- 
ning boshqa tarmoqlari ancha rivoj topgan edi.
Xammurapi qonunlarida hunarmandchilik bilan bog'liq qator 
moddalar bo'lgan. O 'sha davrda hunarmandlar kasbiga tabiblar. 
veterinarlar, ovqatlanish tarmoqlari egalari, sartarosh kabilar ham 
kiritilgan.
Xammurapi qonunlarida hunarmandlarga beriladigan ish haqi 
qat’iy belgilangan. Uy quruvchi. m e'm or, duradgor qurgan uyning 
mustahkamligi uchun javobgar bo'lgan. Agar uy qulab ketib uy 
egasini bosib o'ldirsa, uvni qurgan usta-m e'm or o'ldirilishi lozim 
bo'lgan. Agar uy qulab uy egasining o 'g 'lin i bosib o'ldirsa, usta- 
ning o 'g i i o'ldirilgan. Bu ish qonunning 229-moddasida bayon 
etilgan.Qonunda bemorlarni davolagan tabiblarga to'lanadigan haq 
bir xil boim agan. Bemorning ijtimoiy kelib chiqishiga qarab ish 
haqi baland yoki past bo'lgan. Qonunning 218-bandiga ko'ra, tabib 
ozod bemorni n o to 'g 'ri davolasa, jarrohlik ishi muvafFaqqiyatsiz 
chiqsa. tabib jarrohning barmoqlari kesilgan.
Xammurapi davrida savdo-sotiqqa ham katta e'tibor berilgan. 
Bobil podsholigida savdogarlar tamkarlar deb atalgan. Ular main- 
lakatdagi ichki va tashqi savdoda muhim o'rinni egallaganlar.
Bobil podsholigi davrida Ur, Larsa, Nippur, Sippor va Bobil 
shaharlari juda yirik savdo markazlari hisoblangan.
Bobil va uning Nippur, Sippar, Lagash. Larsa hamda Shumer 
-Akkaddagi boshqa shahar va qishloqlar g'arbdan sharqqa va shi- 
moldan janubga o'tadigan karvon savdosi y o iid a joylashgan edi.
126


Qadimgi Bobil podsholigida ham ichki ham, tashqi savdo rivoj­
langan bo'lib, savdogarlar ham quruqlik va ham suv yo'li orqali 
savdo ishlarini olib borar edilar. Frot. Fors ko'rfazi, Qizil dengiz, 
shuningdek, Dajla daryolarida savdogarlarning savdo kemalari qa- 
tnab turardi. Ichki savdo mamlakatning shahar va qishloqlari orasi­
da amalga oshirilar edi. Bobil savdogarlari Misr, O 'rtayer dengizi 
sohilidagi mamlakatlar, Kichik Osiyo, Kavkazorti, Sharqiy Afrika, 
hatto Hindiston bilan ham savdo aloqalari olib borgan. Bobildan 
g'arbdan-sharqqa. shimoldan-janubga yo'nalgan quruqlik yo'llari 
kesib o'tgan edi. Savdo va savdo-sotiq podsholik xo'jaligining kat­
ta qismini tashkil etar edi.
Mamlakatda yirik savdo asosan davlat qo'lida, qisman esa 
“tamkarlar" deb atalgan ayrim boy savdogarlar qo'lida bo ‘lgan. 
Bobil podsholigidan chet mamlakatlarga qishloq xo'jaligi mah- 
sulotlaridan g'alla, jun, moy va xurmo chiqarilgan. Shuningdek, 
mamlakardan jundan to'qilgan gazlamalar ham chiqarilgan.
Bobil podsholigidagi Sippar shahri jun gazlama ishlab chiqa- 
rishning yirik markazi bo'lgan. Bobilga Elamdan. Ossuriyadan mis, 
kumush, qo'rg'oshin. bitum va o'zga mamlakatiardan esa qullar va 
boshqa turli buyumlar olib kelingan. Mamlakatning ichki savdo- 
sida Bobil va Sippar bilan bir qatorda Shumerning Larsa, Nippur, 
Uruk va boshqa shaharlar ham faol ishtirok etganlar. Bu shaharlar 
ham savdo-sotiqning yirik markazlari edi.
Bobilda savdo-sotiqning yirik ko'tara va chakana. mayda shakli 
bo'lgan. Savdo-sotiq ishlari Xammurapining qonunlar to'plam ida 
ham o 'z aksini topgan. Shunday qilib, Qadimgi Bobil podsholigi, 
xususan Xammurapi davrida mamlakat Old Osiyodagi eng katta 
savdo markaziga aylanib borgan.
Qadimgi Bobil jamiyati zo'rlikka asoslangan - despotik davlat 
bo'lib, aholi bir necha tabaqalarga bo'lingan edi. Avvalo aholi bir 
-biridan farq qiluvchi ozod kishilar va qullarga ajratilgan. Mam­
lakatning teng huquqli fuqarolari “avilyum"- '‘odam" deb nomlan- 
gan. Ozod fuqarolar tarkibiga katta yer egalari, tamkarlar, ruhoniy­
lar. dehqon jamoalari a ’zolari, hunarmandlar kirgan bo'lib, ular o ‘z 
o'rnida yana ayrim tabaqalarga bo'linishgan. Bular quldorlar va 
mayda ishlab chiqaruvchilar tabaqalaridan iborat edi.
127


Ammo aholining asosiy qismini mayda ishlab chiqaruvchilar 
tashkil etardi. Qonunda odamlarni oliy va quyi tabaqalarga bo'lin- 
ganligi ta'kidlangan.
Qadimgi Bobil jamiyatida ozod kishilardan tashqari "mush- 
kenumlar” toifasiga mansub kishilar ham boiganki, ular doimo 
podsho xo'jaliklarida ishlaganlar. Ularda yer ham. xususiy mulk 
ham bo'lmagan. ular jam oadan ajralgan holda yashaganlar. Ularni 
O 'rta Osiyodagi kadivarlarga qiyos qilish mumkin.
Bobil jamiyatidagi eng quyi tabaqa - bu qullar b o iib . ular ba'zi 
imtiyozlarga ega boiganlar. Ular ozm i-ko'pm i mulkka ega b o iib , 
ozod ayollarga uylanish huquqiga ega boiishgan. Ular nikohi- 
dan tu g ilg a n boia ham erkin b o iib otasi merosiga egalik qilish 
huquqiga ega boigan.
Xammurapi qonunlarida oila. qulchilik munosabatlari, qarz va 
qarzdorlik, yer egaligi, huquq va sud ishlari, davlat hokimiyati va 
boshqa masalalarga ham katta e'tibor berilgan.
Qonunning so'nggida shunday deyiladi: "Men Xammurapi 
adolatli podshodirman, menga qonunlarni Quyosh xudosining o'zi 
yuborgan. Mening so‘zlarim bebaho so‘zlar, ishlarini tengi y o 'q
ishlardir".
Shunday qilib, Xammurapi qonunlari to'plam i Qadimgi Bobil 
podsholigi davrining ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy tuzumini o 'rg a­
nishda juda muhim tarixiy manba - hujjat sifatida katta ahamiyatga 
egadir.
Ammo Xammurapi o 'z zamonasining mustabid hukmdori si­
fatida yuqori tabaqa davlat arboblari, quldorlar va katta yer egalari 
manfaatlarini himoya qiluvchi shaxs sifatida faoliyat ko'rsatgan. 
Uning qonunlar to'plam i ham yuqori tabaqa kishilarini himoya qi­
lish bilan chambarchas bog'liqdir.
Xammurapining mazkur qonunlar to'plam i undan keyingi davr­
da Old Osiyoda tuzilgan qonunlar majmualariga ijobiy ta ’sir etgan.

Download 12,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   243




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish