‘z b e k ist 0n r espublik asio liy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 12,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/243
Sana01.07.2022
Hajmi12,07 Mb.
#724957
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   243
Bog'liq
abdujabbor-kabirov -qadimgi-sharq-tarixi -pdf

Guteylar istilosi. 
Guteylar mesopotamiyaliklarga nisbatan 
madaniy jihatdan qoloq edilar. Ular Zagros to g ia ri va uning orqa 
tomonidagi yaylovlarda ko‘chmanchi chorvachilik bilan shug'ul- 
lanib yashab kelganlar. Ular urushqoq, jangari qabilalar bo'lib, 
vaqti-vaqti bilan Mesopotamiya ustiga hujumlar qilib, qishloqlarni 
talab qaytar edi. Ammo u vaqtda sargoniylar qo'shini kuchli b o iib , 
gutev qabilalarining hujumini osonlik bilan qaytarib, ulami mam­
lakat ichkarisiga kiritmagan.
M. av. XXII asrning oxiri - XXI asrning boshlariga kelib sar­
goniylar podsholigi siyosiy va iqtisodiy jihatdan zaiflashgach, ular 
mamlakat ustiga hujum qilib uni bosib oladilar. Mamlakat ich- 
karisiga kirib ibodatxona va Mesopotamiya shaharlarini talab vay­
ron qiladilar. Shuningdek, m.av. XXIII asr oxiri-X X Il asr bosh­
larida gullab yashnab turgan sargoniylar podsholigining poytaxti 
Akkadning boyliklarini talab, uni vayron qiladilar. Vayron qilingan 
Akkad shahri xarobalari hozirgacha ham topilgan emas. Guteylar 
ko'plab odamlarni asir olib. hay dab ketgan va aholiga o g ir soliqlar 
solgan. Ular mamlakatni “chigirtkadek qoplab olganlar’".
Bosqinchi guteylar qabilalar ittifoqidan tashkil topgan b o iib , 
uni m a’lum muddatga saylab qo'yilgan sardor - yo'lboshchilar 
boshqargan. Guteylar asosan ilgari o'zlari istiqomat qilgan mam­
lakatda va Arapxa viloyatida y ashab, Mesopotamiyani shumerlik 
va akkadlik harbiy boshliqlar va noiblar orqali boshqarganlar.
Shuni ta'kidlab o iis h joizki, Mesopotamiyaning hamma o ik a - 
lari va shaharlari guteylaming qattiq jabr-zulm iga bir xilda duchor 
boim aganlar. Shumerning janubidagi viloyat va shaharlarda oso- 
yishtalik hukm surgan. Janubiy Shumerdagi shaharlarning hokim- 
lari turli to io v va hadyalar berib guteylar asoratidan qutulganlar. 
Qadimgi Shumer shaharlari Akkad podsholigining kuchsizlangan- 
ligidan foydalanib o'zlarining tashqi savdo-sotiq ishlarini tiklash 
va kengaytirishga harakat qilgan. Oqibatda Shumerning qadimgi 
madaniy markazlari ayniqsa Lagash yanada ravnaq topgan. O 'sha 
vaqtda Lagashda Gudea hokimlik qilgan. U guteylar podshosiga
113


qaram b o is a ham, unga o g 'ir xiroj to ia b undan qutulib olgan va 
unga qimmatbaho hadyalar, oltin yombilar, qimmatbaho anjomlar. 
taxt kursilar, qurollar berib o 'z shahrini kelgindi gutevlar istilosi 
xavfidan saqlab qolgan.
M.av. XXII asming ikkinchi yarmida Lagash hokimi Gudea 
20-yil mobaynida guteylar nomidan butun Shumerni idora qilgan. 
Gudea davrida uzoq-yaqindan qurilish ashyolari keltirilib hasha- 
matli binolar, ibodatxonalar, saroylar, muxtasham bog'lar, hovuzlar 
va boshqa inshootlar qurilishiga katta e'tibor berilgan. Shahardagi 
qurilish ishlariga Gudeaning o 'zi rahbarlik qilib, inshootning bi­
rinchi g'ishtini, toshini uning o 'zi qo'vgan. Ibodatxonalar atro- 
fida kaptarlar bog'i, baliqlar uchun hovuz, yovvoyi parrandalar 
bog‘i qurilgan. Ibodatxona xazinasiga katta boyliklar to'plangan. 
Gudeaning qurilish ishidagi g'ayrati sodda uslubdagi bir yozuv- 
da: uO 'z buzoqchasiga tikilgan sigir kabi, Gudea ham ibodatxo­
na qurilishiga o ‘zining butun mehrini berdi'\ degan so'zlar bilan 
ta ’riflangan. Ibodatxonalar qurilib tamomlangan tantanali kunda u 
yerga xudolarning haykallari olib kelib qo‘yilgan. Ibodatxonalar 
oldindan tuzilgan aniq reja va tarhlar asosida qurilgan. Gudeaning 
saqlanib qolgan ko‘pgina haykallarida u m ag'rurona holatda turgan 
hokim yoki sarkarda sifatida emas, balki tizzalariga yozib qo‘yil- 
gan qurilish rejasi va tarhiga diqqat bilan ko 'z tikib turgan kamtarin 
bir odam qiyofasida tasvirlangan. Gudea davrida barcha qurilish- 
lar qatori anhor, suv inshootlari, to 'g 'o n lar qurilishiga ham katta 
e ’tibor berilgan. Shumerdagi qurilishlarning hamma tarmoqlarida 
xorijiy qullar ham ishlatilgan.
Bu davrda Shumerda va Mesopotamiyada ziroatchilik. 
bog'dorchilik va chorvachilik ancha taraqqiy etgan. Gudea mam­
lakatda ichki va tashqi savdoni rivojlantira borib, Shimoliy Meso- 
potamiya, Suriya, Fors qo‘ltig‘i qirg'oqlari, Eron, Elam, hatto uzoq 
Hindiston bilan ham mol ayirboshlashni yoTga qo‘ygan. Guteylar 
Mesopotamiyada 125 yil hukmronlik qilib, mesopotamiyaliklar 
madaniyati dan bahramand bo'lganlar. Ular Akkad va Shumer qa­
bilalari bilan m a'lum darajada aralashib ketgan. Shuni ta’kidlash
114


kerakki, Ikki daryo oralig‘idagi aholi kelgindi guteylarni yomon 
ko'rgan.
Mamlakatda guteylar istibdodiga qarshi qoV g'olonlar bosh­
langan. Shumer asta-sekin qaddini rostlab. kuch yig‘ib guteylarga 
ochiq-oydin qarshi chiqqan. Oddiy baliqchidan chiqqan Uruk pod­
shosi Utuxengal guteylar podshosi Tirikanga qarshi qo'shin tortib 
borib, o'sha zamon yozuvlarida “T o g iar ajdahosi. xudolar dush- 
mani. Shumer podsholigini tog'larga olib ketuvchi” deb atalgan 
Tirikan askarlarini yengib Urukka g ’alaba bilan qaytgan. Bu voqea 
m.av. 2109-yilda bo'lib o'tgan. Shu bilan guteylarning Mesopota- 
miyadagi 125 yillik hukmronligiga nuqta qo'yilgan. Ammo tez ora­
da Utuxengal vafot etgan.

Download 12,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   243




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish