1. Mesopotamiyada eng qadimgi davlatlarning vujudga
kelishi. M.av. V - I V mingyilliklar orasida mesopotamiyaliklar
yangi-yangi yerlarni o'zlashtirib, katta-kichik kanal, ariq va suv
inshootlari qurganlar. Shuning natijasida dehqonchilik tobora
rivojlanib, yerdan m o'l hosil ola boshlaganlar. Shu vaqtga kelib
M esopotamiyada Eredu, Ur, Uruk, Larsa, Lagash, Umma, Isin va
Shuruppak kabi obod qishloqlar bunyod etilgan. Ularning atrofi
103
esa ancha mustahkam mudofaa devorlari bilan о Tab olingan. Bu
qishloqlarda va Mesopotamiyaning boshqa joylarida dehqonehilik
bilan bir qatorda kulolchilik. asbobsozlik, to ‘qimachilik. zargarlik.
duradgorlik, m e’morchilik kabi kasb-korlar rivoj topa boshlagan.
Ayni paytda voha yaylovlarida chorvachilik ham rivojlanib. aholi
uzun, jingalak junli qo'y-qo'zilar. qoramol va eshak boqqan. Bu
davrda mesopotamiyaliklar ot bilan tanish emas edilar.
Qadimdan boshlab Mesopotamiya aholisi o ‘zaro va qo'shni
o ik a la r bilan qizg'in savdo ishlari olib borgan. X o'jalik rivojla-
na borib. aholi ko'payib. ibtidoiy qishloqlar asta-sekin shaharlar
tusini ola boshlagan. Shu jihatdan qishloqlarni shaharlar onasi
deyish mumkin. Ularda haybatli ibodatxonalar. hukmdorlarning
qarorgohlari, xo'jalik. m a'm uriy idoralar va hunarmandchilik usta-
xonalari qurilgan. Shaharlarning atrofi mustahkam, minorali qalin
mudofaa devorlari bilan o'rab olingan. Devor sirtida esa mudofaa
uchun chuqur xandaqlar b o iib , ularga doim suv to'latib qo'yilgan.
Ibtidoiy qishloqlar aholisi bir urug' yoki urug‘doshlardan ibo
rat b o iib . uni urug' oqsoqoli boshqarar edi. Shaharlarning vujudga
kelishi munosabati bilan unga uzoq-yaqin joylardan. bir-biriga be-
gona bo'lgan odamlar ham kelib o'rnasha boshlaganlar. M.av. IV
mingyilliklarda Janubiy Mesopotamiyaga janubi-sharq tomondan
shumerlar kelib joylashgan. Ular mahalliy aholi bilan aralashib is-
tiqomat qilganlar. Shu vaqtdan boshlab bu joy Shumer viloyati no
mini olgan. Janubiy Mesopotamiyada dehqonehilik. chorvachilik va
hunarmandchilikning rivojlanishi natijasida badavlat kishilar, erkin
jamoatchi dehqonlar, hunarmandlar va qullar ko'paya boslilagan.
Bu Mesopotamiya dunyosidagi tabaqalar edi. Endilikda jamiyatni
boshqarish uchun qandaydir tashkilot zarur bo'lib qoldi. Bu tash-
kilot Shumerdagi shahar-davlatlar edi. Har bir shahar-davlatning
o 'z podshosi, amaldorlari, vaziru vuzarolari, qo'shinlari, qo'riqchi-
lari, ruhoniylari, jinoyatchilarni jazolovchilari va qamoqxonalari
bo'lgan. Butun shahar unga qarashli qishloq ahli podshoning fuqa-
rosi hisoblanadi. Qadimgi Mesopotamiya shahar-davlatlarini faqat
jazolovchi tashkilot deb qarash kerak emas. Bu shahar-davlatlar
zimmasida sug'orish inshootlarini tartibga keltirish, dehqonehilik.
104
chorvachilik. hunarmandchilik, savdo-sotiqni rivojlantirish va
mamlakatni mudofaa qilishdek juda muhim ishlar turgan.
Bu jarayonlar Mesopotamiyada m. av. IV mingyillikning ikkin
chi yarmi va III mingyillikning boshlarida sodir bo'lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |