‘z b e k ist 0n r espublik asio liy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Qadimgi dunyo mualliflarining Mesopotamiya haqida



Download 12,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/243
Sana01.07.2022
Hajmi12,07 Mb.
#724957
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   243
Bog'liq
abdujabbor-kabirov -qadimgi-sharq-tarixi -pdf

Qadimgi dunyo mualliflarining Mesopotamiya haqida
yozganlari. 
M a'lum ki, qadimgi dunyo mualliflari Qadimgi Sharq 
xalqlari, xususan Qadimgi Mesopotamiya haqida ozmi-ko'pmi 
m a’lumot yozib qoldirganlar. Ular Mesopotamiyaning tabiiy sha- 
roiti, iqlimining o'ziga xos xususiyatlarini, aholining urf-odat, 
rasm-rusumlari, diniy e'tiqodlari, madaniyat sohasida erishgan yu- 
tuqlari, uning tarixi haqidagi xotiralami tasvirlaganlar.
Shuni ta ’kidlash joizki, qadimgi mualliflar qadimgi Sharq tarixi 
va madaniyatining so'nggi davrlarida m.av. V -I va milodiy 1 asrlar 
orasida yashab ijod etganlar.
Qadimgi Sharq, xususan Qadimgi Mesopotamiya haqida yozgan 
yunon-rim tarixehilari orasida Gerodot alohida o'rin egallaydi. 
Gerodot m.av. 485—425-yillar orasida yashab ijod etgan mashhur 
tarixchi. U 9 jilddan iborat "Tarix” kitobini yozgan. Mashhur rimlik 
senator Sitseron Gerodotni "tarix otasi" deb nomlagan. U Sharq 
mamlakatlariga sayohat qilgan vaqtlari Mesopotamiyada ham 
bo'lgan. Gerodot hamma vaqt mamlakatlarning tabiiy sharoiti, tar­
ixi va madaniyatini har tomonlama yoritishga harakat qilgan. Sharq 
tillarini bilmasa ham, o'zi foydalangan manbalarga tanqidiy ko'z 
bilan qaragan. Gerodot o 'z asarini yozishda asosan o'sha zamon 
ruhoniylari - kohinlari va y o 'l boshlovchilarning, tarjimonlar- 
ning hikoyalaridan, shuningdek, Mesopotamiyada o 'z ko'zi bilan 
ko'rgan voqealaridan keng foydalangan. Mesopotamiyaning tabiiy
91


sharoitlari to 'g is id a gapirganda. mamlakatdagi sun'iv sug'orishga. 
madaniy o'sim liklardan fovdalanish va ularni o'stirish. shuning­
dek, tuproqning unumdorligiga alohida ahamiyat bergan. U Meso­
potamiya xalqlarining turmushi va urf-odatlari haqida gapirib. ke- 
masozlik. suv transporti va savdo haqida ham hikoya qilgan. U o 'z
asarida odamlarning kiyim-keehagi. oziq-ovqati, davolash usullari. 
to‘y rasm-rusumlari va dafn marosimlarini tasvirlangan.
Mesopotamiyaning asosiy shahri bo'lm ish Bobilni, ayniqsa, ba- 
tafsil tasvirlagan hamda bu shaharni "mamlaktning eng mashhur va 
juda ham mustahkam shahri” deb hisoblagan. Gerodotning “Tarix” 
kitobida Mesopotamiyaning siyosiy tarixi haqida m a'lum otlar qis- 
qa va kam. Unda tasodifiy va qisman afsonaviy hodisalar tasvirlan­
gan. Shuningdek. Nin, Sardanapal va Ossur podshosi Sinaxxereb 
haqida ham hikoya qiladi.
Gerodot o‘z hikoyalarida qadimgi m if (afsona) va xalq ertak- 
laridan foydalanib, ko'pineha ularni tarixda bo'lgan voqealar deb 
tushintirgan. Chunonehi, Geraklidlar avlodidan chiqqan Belning 
o ‘g ‘li Ninni Gerodot ossur podsholigining asoschisi deb hisoblagan.
Shunday qilib, mashhur yunon tarixchisi qadimgi Mesopotami­
ya xalqlari haqida ko‘pgina qimmatli m a'lum otlar qoldirgan. Ayni 
paytda Gerodot Sharq xalqlari madaniyatiga yuqori baho berib, 
quyosh soatlari va yilning 12 qismga bo'linishi haqida gapirar 
ekan, ellinlar - yunonlar “bularning hammasini bobilliklardan ol­
ganlar'' devdi.
Qadimgi davrning muallif-tarixchilaridan biri m.av. V asrning 
ikkinchi yarmida yashagan Ktesiy Knidskiydir. U Gerodotning za- 
mondoshi bo'lib, Eronda uzoq vaqt yashagan. 22 kitobdan iborat 
“Eron tarixi” degan asar yozib qoldirgan. Bu kitobda Mesopotamiya 
haqida juda oz m a’lumot yozilgan. Ktesiy qoldirgan m a’lumot- 
lar ilmiy jihatdan unchalik asosga ega emas. U Ossuriya tarixiga 
bag‘ishlangan lavhasiga ko'pineha xalq afsonalarini kiritgan. Kte­
siy bu lavhaga Sinaxxerib va Asarxadonning vaziri dono Axikar 
haqidagi. Ossuriya podsholigiga asos solgan Nin bilan Semiramida 
haqidagi afsonalarni kiritgan. Ktesiy o 'z asarini yozishda ishonchli 
manbalardan, shu jum ladan shoh arxividagi pergamentlardan ham
92


keng foydalangan bo'lishi mumkin. Chunki, Ktesiy Eron shohi Ar- 
takserskning saroy tabiblaridan bo'lib, Suzadagi shoh arxivlariga 
kirib, bu yerdagi pergamentlardan foydalanish imkoniyatiga ega 
boigan. Ktesiyning asari zamonamizgacha yetib kelmagan. Uning 
asarlaridan olingan ayrim parchalar Diodor asarlarida saqlanib qolgan.
Qadimgi yunon tarixchilaridan yana biri Ksenafont b o iib . u 
m.av. V -IV asrlarda yashab ijod etgan. Eron qo ‘shinida yollanma 
jangchi sifatida xizmatda boMgan vaqtda Mesopotamiyada bo'lgan. 
Uning “Kiropediya” va “Anabasis" degan asarlarida Dajla va Frot 
daryolari vodiysi bavoni, mamlakat aholisining urf-odatlari va ta­
rixi haqida juda qisqa m a’lumot saqlanib qolgan. Uning asarlari­
dan olingan ayrim parchalar Afineya, Diodor va boshqa yunon mu- 
alliflarining asarlarida saqlanib qolgan.
Old Osiyo, jum ladan Mesopotamiyaning qadimgi xalqlari 
to'g'risida yozgan qadimgi tarixchilar orasida m.av. IV—III asrlarda 
yashagan bobillik tarixchi Beros ham alohida o'rinni egallaydi. U 
Bobildagi M arduk ibodatxonasining kohini-ruhoniysi boTgani sa- 
babli ibodatxonaarxivlaridan bemalol foydalanish imkoniyatiga ega 
bo'lgan. U Bobil tarixi va madaniyatini o'sha zamonning bilimdon 
tarixchisi nuqtayi nazaridan ta’riflab bera olgan. Berosning asari 
uch kitobdan iborat. “Donishmandlik” deb atalgan birinehi kitobi- 
da Bobil miflari bayon qilingan. Ikkinchi kitobda esa afsonalardagi 
dunyo to'foni davridan tortib to shoh Pulning (ya’ni ossur podshosi 
Tiglatpalasar II) podsholik davrigacha bo'lgan Mesopotamiya tari­
xi bayon qilingan. Uchinchi kitobda esa Mesopotamiya tarixining 
Makedoniyalik Aleksandar oTimigacha bo'lgan davrini tasvirla- 
gan. Ammo Berosning bu asari ham to'laligicha zamonamizgacha 
saqlanib qolmagan. Beros asaridan Iosif Flaviy va boshqa yozuv- 
chilaming asarlarida keltirilgan parchalar va sitatalargina bizning 
zamonamizgacha yetib kelgan xolos. Bu parcha va sitatalar ibtidoiy 
zamonlar. to'fon davri, patriarxlar, Sinaxerib va Navuxodonosor 
haqidagi qissalardan iboratdir.
Yana bir yunon tarixchisi m.av. I asrda yashab ijod etgan Diador 
bo'lib, u o'zidan oldin yashab o'tgan Gerodot va Ktesiy asarlaridan 
keng foydalanib “Tarix kutubxonasi” asarini yozgan.
Diauor Ossur podsholigining asoschilari Nin, Semiramidaning 
afsonaviy hayot va faoliyatini mufassal tasvirlagan. Diador asarida-
93


gi Bobil tasviri, jumladan, u yerni qazish vaqtida topilgan sa- 
roylarning devorlaridagi nafis suratlaming tasviri ayniqsa qiziqarli 
va tahsinga sazovordir.
Nihoyat Xaldey astrologiyasi va astronomiyasining Diodor 
asarlarida saqlanib qolgan tasvirlari ham diqqatga sazovor.
M.av. 1 va milodning 1 asrlarida yashab ijod etgan Strabonning 
“Geografiya” asarida Qadimgi Mesopotamiya tarixi haqida juda 
boy m a’lumotlar saqlanib qolgan. Strabon o 'z asarida M esopota­
miyaning tabiiy sharoitini ajoyib tarzda tasvirlagan. Shuningdek, 
u Dajla va Frot daryolarining vaqti-vaqti bilan b o iib turadigan 
toshqinlariga va sun’iy sug’orish tarmoqlari tashkil qilishning 
zarurligiga alohida e ’tibor bergan. Strabonning ko'pgina kuzatish- 
lari qiziqarli b o iish i bilan birga, juda k o 'p m ubolag'alar ham bor. 
U Mesopotamiya yerlarining unumdorligini va xurmo daraxtining 
xo'jalikda keng ishlatilishini haddan tashqari bo’rttirib yuborgan. 
Strabon bobilliklarning urf-odat. kiyim-kechaklarini, uylanishdagi 
rasm-rusmlar va ko'm ish marosimlarini batafsil tasvirlagan. Bu so- 
hada u Gerodotga ergashgan.
Strabon asarida Bobil va undagi Xaldey astronomlari obser- 
vatoriyasining ajoyib ta’rifi berilgan. Shuningdek, mazkur asarda 
ham Nin va Semiramida haqida qadimgi davr tarixshunosligida 
keng o'rin olgan afsonalar kabi tarixiy afsonalar saqlanib qolgan.
Mesopotamiya tarixiga oid m a’lumotlar milodiy 1 asrda yasha­
gan rimlik tarixchi Pompey Trog asarlarida ham saqlanib qolgan. 
Pompey Trog asarlarida bobillik va ossuriyaliklar tarixi haqi­
da ko'pgina maTumotar bor. Asarda Ossuriy a. uning kuchayishi, 
bosib olingan o'lkalarda boshqaruv usullari va Ossuriya davlati- 
ning yemirilishi kabi masalalar bayon etilgan.
Qadimgi Mesopotamiya tarixi haqida Xerila, Kratet, 

Download 12,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   243




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish