21-chizm a. Tarbiya tam oyillari
Tarbiya qonuniyatlari.
Ijtimoiy tarbiya maqsadi h a m d a vazifalarini
amalga oshirish uchun tarbiya jarayonining o ‘ziga xos qonuniyatlarini
anglab olish muhim ahamiyatga ega.
Tarbiya jarayoni o ‘ziga xos xususiyatlarga ega. U ning eng m uhim
xususiyati aniq maqsadga vo‘naltirilganligidir.
Z am on av iy talqinda tarbiya jarayoni o ‘qituvchi va o ‘quvchilar
o ‘rtasidagi muayyan maqsadga erishishga qaratilgan samarali hamkorlik
dem akdir. Zero, tarbiya jarayonida o ‘qituvchi va o ‘q u v chilarning
birgalikdagi faoliyatlari tashkil etiladi, boshqariladi va nazorat qilinadi.
Y agona m aqsadga erishish y o ‘li z a m o n a v iy ta rb iy a ja r a y o n in i n g
maqsadini tavsiflaydi.
Tarbiva iaravoni ko‘p qirrali iaravon b o ‘lib, u n da tarbiya mohiyatini
yoritishga xizmat qiluvchi ichki va tashqi (subyektiv va obyektiv) omillar
k o ‘zga tashlanadi. Subyektiv o m illa r shaxsning ichki eh tiyojlari,
qiziqishlari, hayotiy munosabatlari mazmunini anglashga yordam bersa,
obyektiv omillar shaxsning hayot kechirishi, s hakllan ishi, hayotiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
m u a m m o la rn i ijobiy hal etish u c h u n sharoit yaratadi. Tarbiya
faoliyatining m azm uni, yo‘nalishi va shakli obyektiv sharoitlar bilan
qanchalik mutanosib kelsa, shaxsni shakllantirish borasida shunday
muvaffaqiyatga erishiladi. Tarbiya jarayonining tashkil etilishi va
boshqarilishida nafaqat
0
‘qituvchi faoliyati, balki o ‘quvchining yosh
va psixologik shaxsiy xususiyatlari, o ‘y-fikrlari, hayotiy qarashlari ham
muhim o ‘rin tutadi.
Tarbiva jarayonining yana bir xususiyati uning uzoq muddat davom
etishidir. Tarbiya natijalari tez sur’atda yoki yaqqol ko‘zga tashlanmaydi.
0
‘zida insoniy sifatlarni namoyon eta olgan shaxsni tarbiyalab voyaga
yetkazishda uzoq muddatli davr talab etiladi. Shaxsning muayyan
vaqtning o ‘zida, turli-tum an qarashlar mavjud sharoitda harakat qilishi
tarbiya jaray on in i murakkablashtiradi. T a ’lim muassasalarida olib
borilayotgan tarbiya shaxs ongi, dunyoqarashini shakllantirishda muhim
o ‘rin tutadi. Binobarin, yoshlik yillarida insonning asab tizimi yuqori
d a r a j a d a t a ’s ir c h a n h a m d a b e q a r o r b o ‘ladi. Shu bois tarbiya
muvaffaqiyati ayni o ‘quvchilik yillarida shaxsga to ‘g‘ri tarbiya berish
lozimligini talab etadi.
Tarbiva jarayonining yana bir xususiyati uning uzluksizligi sanaladi.
T a ’lim muassasasida olib borilayotgan tarbiya jarayoni bu o ‘qituvchi
va o ‘quvchilarning birgalikdagi uzluksiz, tizimli harakatlari jarayonidir.
0
‘quvchilarda ijobiy sifatlarni qaror toptirishda yagona maqsad sari
y o ‘naltirilgan, bir-birini t o ‘ldiruvchi, boyitib boruvchi, takomillash-
tiruvchi faoliyat alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois oila, t a ’lim
muassasalari, jam oatchilik hamkorligida tashkil etilayotgan tarbiyaviy
tadbirlarning uzluksiz o ‘tkazilishiga erishish maqsadga muvofiqdir.
Bolani tarbiyalashda maktab yetakchi o ‘rin egallasa ham, bolalarga
uzluksiz tarbiyaviy t a ’sir o ‘tkaza olmaydi, chunki, bolalar m a’lum
muddatgina ta ’lim muassasasida, o ‘qituvchining tarbiyaviy ta ’siri ostida
bo ‘lib, qolgan vaqtining asosiy qismini oilada, ko‘chada, jam oat orasida
o ‘tkazadilar. Kuzgi, qishki, bahorgi va ayniqsa, yozgi t a ’tillar davrida
o ‘quvchilar t a ’lim muassasasi o ‘qituvchisi ta ’siridan chetda qoladilar.
D e m a k , t a ’lim muassasasida bolalarni tarbiyalash vaqt jihatidan
c h e g a r a la n g a n b o ‘lib, sinfdan va m ak ta b d an tash q a rid a amalga
oshiriladigan tarbiyaviy ishlardan xoli vaqtda ular
0
‘qituvchi yoki
tarbiyachining t a ’siri hamda nazoratidan uzoqlashadilar.
0
‘quvchilarga nisbatan ta ’lim muassasasining ta ’sirini susaytirmaslik
m aq s a d id a sin fd an , m ak ta b d an tashqarida va t a ’til davrida ham
www.ziyouz.com kutubxonasi
tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga alohida e ’tibor beriladi. Ana shu
maqsadda bir qator tarbiyaviy ishlar olib boriladi.
Ayni vaqtida, respublikada, o'quvchilarning t a ’lim muassasalaridan
uzoqlashtirmaslik maqsadida q o ‘shimcha t a ’lim muassasalari faoliyat
olib bormoqda. Qo'shimcha t a ’lim muassasalarida o ‘quvchilar xususiy
fanlar hamda xorijiy tillami mukammal o ‘zlashtirishlari, texnik va badiiy
y o‘nalishlar bo'yicha bilim olishlari, amaliy faoliyat k o ‘nikm a va
malakalariga ega bo‘lishlari mumkin. Q o ‘shimcha ta ’lim muassasalarida
tashkil etilayotgan turli y o ‘nalish va mavzulardagi uchravshuvlar,
ko‘rgazmalar, ko‘riklar, suhbatlar o ‘quvchilarning tafakkurini boyitishda,
ularda mustahkam xarakter va irodani tarkib toptirishda m uhim o ‘rin
tutmoqda.
Tarbiva jarayonining yana bir xususiyati — bu uning vaxlit holda
tizimli tashkil etilishidir. Yaxlitlik shundan iboratki, tarbiya jarayonining
maqsadi, mazmuni va metodlarini birligi shaxsni shakllantirish g‘oyasini
amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Bizga m a ’lumki, shaxs m a ’naviy-
axloqiy sifatlarni navbatma-navbat emas, balki yaxlit tarzda o ‘zlashtira
boradi, shu bois pedagogik t a ’sir ham yaxlitlik, tizimlilik xarakteriga
ega b o ‘lishi lozim.
Tarbiya jarayonining yaxlitlik, tizimlilik xususiyati bir q a to r m uhim
pedagogik talablarga amal qilish, o ‘qituvchi va o ‘quvchilar o ‘rtasidagi
hamkorlikni qaror toptirishni talab etadi.
Tarbiyaning yana bir xususiyati shundan iboratki, bu jarayon ikki
tom onlam a aloqa xususivatiga ega boMib, unda bolaning o ‘zi ham faol
ishtirok etadi.
Ikki to m onlam a aloqa ikki y o 'n a lish d a , y a ’ni, o ‘qitu v c h in in g
o ‘quvchiga ko‘rsatadigan t a ’siri ( to ‘g‘ri aloqa) h a m d a o ‘quvchining
o ‘qituvchiga nisbatan munosabati (teskari aloqa) tarzida tashkil etiladi.
Tarbiyaning pedagogik texnologiya nazariyasi g ‘oyasiga muvofiq,
endilikda o ‘quvchi tarbiya jarayonining obyektigina b o ‘lib qolm asdan,
subyekti sifatida ham faoliyat k o ‘rsatadi. Shuning u c h u n o ‘qituvchi
o'quvchining ichki imkoniyatlari, unga nisbatan b o ‘layotgan tashqi
t a ’sirlar va axborot manbalarini inobatga olishi zarur. Agarda m azkur
talab unutilsa, shaxsni tarbiyalash qiyinlashadi yoki b a rc h a urinishlar
samarasiz yakun topadi. M ana sh undan tarbiya jara y o n in in g yana bir
xususiyati — tarbiyada qaram a-qarshilikning mavjudligi kelib chiqadi.
Ushbu qaram a-qarshiliklaro‘quvchilarga o ‘z tu shunchalariga muvofiq
paydo boMgan dastlabki sifatlar o ‘rtasida yoki o ‘quvchilaiga q o ‘yiladigan
www.ziyouz.com kutubxonasi
talablar bilan ularni bajarish imkoniyatlari o ‘rtasidagi ziddiyatlarning
kelib chiqishi uchun zamin yaratadi.
U n d a n tashqari bu qarama-qarshiliklar ko‘pincha bolaning ongi
b ila n x u lq i b ir-b iriga m u v o fiq b o ‘lm a slig id a n , o ‘q itu v c h i va
tarbiyachilarning o'quvchilar yosh, psixologik, fiziologik xususiyatlari
(fe’l-atvori, xarakteri, qiziqishlari, jismoniy, ruhiy hamda fiziologik
jihatdan sog‘lomligi)ni yaxshi bilmasliklari oqibatida kelib chiqadi.
Dem ak, tarbiya jarayoni o ‘zida quyidagi xususiyatlarni namoyon
etadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |