‘z b e k is t n r espu blik asi o L iy va ‘rta m axsus ta’ L i m vazirlig I



Download 11,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet264/413
Sana16.01.2022
Hajmi11,97 Mb.
#379486
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   413
Bog'liq
Pedagogika. 1-qism (M.Toxtaxojayeva, S.Nishonova) 583e888c8e1f192e31521286245d8a52

Tarbiya jarayonining  mazmuni. 
Tarbiva  —  muayyan,  aniq  maqsad 
ham da  ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni  har tom onlam a o ‘stirish, 
uning  ongi,  xulq-atvori  va  dunyoqarashini  tarkib  toptirish  jarayoni. 
Boshqacharoq  talqin  etilganda,  tarbiya  yosh avlodni  muayyan  maqsad 
yo‘Iida  har  to m o n lam a   voyaga  yetkazish,  unda  ijtimoiy  ong  va  xulq- 
atvorni  tarkib  toptirishga  yo‘naltirilgan  faoliyat jarayonidir.
Turli  zam on  va  makonda  ijtimoiy tarbiya  mohiyati  turlicha  b o ‘lib, 
uning mazmuni  ijtimoiy maqsadlardan  kelib chiqib asoslangan.  Tarbiya 
g'oyasi  t u rlic h a   ifo dalangan  b o ‘lsada,  am m o   y o 'n a ltiru v c h a n lik  
xususiyati  ham da  obyektiga  ko‘ra  yakdillikni  ifoda  etadi.
Tarbiya xususida  taniqli  o ‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy shunday 
deydi:  «Al-hosil,  tarbiya  bizlar uchun  yo  hayot,  yo  mam ot,  yo  najot  -  
yo  falokat,  yo  saodat  —  yo  falokat  masalasidur»1.  Ushbu  fikrlardan 
anglaniladiki,  shaxs  tarbiyasi  xususiy  ish  emas,  balki  ijtimoiy,  milliy 
ishdir.  Zero,  har  bir  xalqning  taraqqiy  etishi,  davlatlarning  qudratli 
boMishi  avlodlar tarbiyasiga  ko ‘p jihatdan  bog‘liq.
0 ‘zbekiston  Respublikasi  ijtimoiy-siyosiy  mustaqillikni  q o ‘lga
www.ziyouz.com kutubxonasi


kiritgach,  ijtimoiy  hayotning  barcha  sohalarida  tub  islohotlar  olib 
borilmoqda.  Islohotlarning asosiy g ‘oyasi respublikaning  rivojlanish  va 
taraqqiyot  yo‘li  deb  e ’tirof etilgan  demokratik,  insonparvar,  huquqiy 
jamiyatning Ьафо etish  uchun xizmat  qiladi.  Demokratik,  insonparvar, 
huquqiy jamiyatning  barpo  etish  vazifasi  o ‘sib  kelayotgan  yosh  avlod 
z im m a s ig a   y u k lan a d i.  0 ‘z b e k is t o n   R e s p u b l ik a s in i n g   « T a ’lim 
t o ‘g ‘risida»gi  Qonuni,  «Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»  ham da 
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  l.A.Karimovning  qator  asar  va 
nutqlari,  chunonchi,  «Barkamol  avlod  —  0 ‘zbekiston  taraqqiyotining 
poydevori»,  « 0 ‘zbekiston  XXI  asrga  intilmoqda»  nomli  asarlarida 
mustaqil  respublikada  ijtimoiy  tarbiyani  yo ‘lga  q o ‘yish  maqsadi  va 
vazifalari  belgilab  berilgan.
Tarbiya  —  shaxsni  maqsadga  muvofiq  takomillashtirish  uchun 
uyushtirilgan  pedagogik  jarayon  b o ‘lib,  tarbiyalanuvchining  shaxsiga 
m untazam   va  tizimli  t a ’sir etish  imkonini  beradi.
T a rb iv a   jarayoni  o ‘q itu v c h i   va  o ‘q u v c h i  ( ta r b iy a c h i  va 
tarbiyalanuvchi)lar  o ‘rtasida  tashkil  etiluvchi  ham d a  aniq  maqsadga 
y o ‘n a ltirilg a n  
h a m k o r lik  
j a r a y o n i d i r .  
T a r b iy a  
j a r a y o n i d a  
tarbiyalanuvchining  ongi  shakllana  boradi,  his-tuyg‘ulari  rivojlanadi, 
ijtimoiy  hayot  uchun  zarur b o ‘lgan  ijtimoiy  aloqalarni  tashkil  etishga 
xizmat  qiladigan  xulqiy odatlar  hosil  bo ‘ladi.
Tarbiya  jarayonida  bolalarning  hayoti  va  faoliyatini  pedagogik 
jihatdan  t o ‘g ‘ri  uyushtirish  g ‘oyat  muhimdir.  Faoliyat jarayonida  bola 
t a s h q a r id a n   kelayotgan  tarb iy av iy   t a ’sirlarg a   n is b a ta n   m a ’lum 
m u n o sa b a td a   boMadi.  Bu  m u n o sa b a t  shaxsning  ichki  ehtiyoj  va 
xohishlarini ifodalaydi.  Psixolog va  pedagoglarning tadqiqotlari  shaxsga 
tashqi  omillarning  (xoh  salbiy,  xoh  ijobiy)  t a ’siri  bolaning  ularga 
munosabatiga  bogMiqligini  ko‘rsatadi.  Bola  faoliyatini  uyushtirishgina 
e m a s ,  balki  t a r b i y a l a n u v c h i n i n g   bu  fa o liy a tg a   n i s b a t a n   tu rli 
kechinmalarni qanday anglashi, baholashi,  his qilishi,  ulardan o ‘zi uchun 
n im a la r n i  olayo tg anligini  b ilish i  z a ru r.  Z e r o ,   ta r b iy a   ijtim oiy 
munosabatlarning  murakkablashib  borishi  asosida  kechadi.
Tarbiya  jara y o n id a   o ‘q u v c h in i n g   o n g ig in a   e m a s ,  balki  his- 
tuyg‘ularini  h a m o ‘stirib  borish,  un d a jam iyatning shaxsga  q o ‘yadigan 
axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy  malaka va odatlarini  hosil 
qilish  lozim.  Bunga  erishish  uch un   o ‘quvchining  ongi,  hissiyoti  va 
irodasiga t a ’sir etib boriladi.  Agar bularning birortasi e ’tibordan  chetda 
qolsa,  maqsadga  erishish  qiyinlashadi.  Tarbiya  jarayoniga 
0
‘qituvchi
www.ziyouz.com kutubxonasi


rahbarlik  qiladi.  U  o'quvchilar faoliyatini  belgilaydi,  ularning  ijtimoiy 
jarayonda  ishtirok  etishlari  uchun  shart-sharoit  yaratadi.
Ijtimoiy  ja ra y o n d a   faol  ishtirok  etish  orqali  o 'q u v c h ila rn in g  
mustaqilligi,  ijodiy  tashabbuskorligi  ortib  boradi.  Faoliyat  o'quvchilar 
jamoasi  manfaati  va  istagi  asosida  uyushtirilsa,  bu jarayonda  bolaning 
tengdoshlari  va  o'zini  o'zi  anglash  jarayoni  yuzaga  keladi.  Bola  o'z 
xulqi,  x a tti-h a ra k a ti  u c h u n   j a m o a   oldida  javobgarlikni  sezishga 
erishgach,  ijrochi  emas,  balki  umumiy  ishning  faol  qatnashchisi  bo'lib 
qoladi.
Tarbiyani  samarali  yo'lga  qo'yish  uchun  uning  harakatlantiruvchi 
kuchi,  tarbiya  jarayonining  manbayini  yaxshi  bilish  va  hisobga  olish 
m u h im d ir .  Bu  ta rb iy a   j a r a y o n id a g i   ichki  va  ta s h q i  q a r a m a -  
qarshiliklardan  iborat.
Tarbiyada  o'quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini  ham  hisobga 
olish  kerak  bo'ladi.  Bu  jihat  unutilsa,  muayyan  qarama-qarshiliklar 
vujudga  keladi.
F a o liya t  ja r a y o n id a   hosil  b o 'lg a n   m alaka  va  o d a tla r   axloq 
m e ’yorlariga  rioya  qilishni  yengillashtiradi.
D em ak,  tarbiyachi  bola  shaxsining  tez  rivojlanadigan  davri  — 
o'quvchilik yillarida uning ongiga turli faoliyat  (o'qish,  mehnat,  ijtimoiy 
ishlar,  o'yin,  sport,  badiiy  havaskorlik)  yordami  bilan  maxsus  t a ’sir 
etish  muhimdir.  Aks  holda  xulq  m e ’yorlari,  axloq  talablarini  yaxshi 
tushunm ay  qolishi  natijasida  shaxs  ijtimoiy  munosabatlarda  beqaror, 
tasodifiy  t a ’sirga  beriluvchan  bo'lib  qolishi  mumkin.
Tarbiya  yaxlit  jarayonda  amalga  oshirilib,  uning  tarkibiy  qismlari 
ayni  bir  vaqtda,  faoliyatning  biror turi  asosida  namoyon  bo'ladi.
Umumiy pedagogika jarayonida tarbiya muhim o'rin tutadi.  Shaxsni 
shakllantirish,  boshqarish,  nazorat  xarakteriga  ega  bo'lib,  bu  borada 
belgilangan  vazifalar  tasodifiy  harakatlar  orqali  emas,  balki  oldinda 
belgilangan va puxta o'ylangan  rejalar asosida hal etib boriladi.  Tarbiya 
jarayonida  uning  maqsadi,  shakl  va  metodlari,  shaxsning  o'zini-o'zi 
tarbiyalash  va  qayta  tarbiyalash  jihatlari  muhim  o'rin  tutadi.  Tarbiya 
m azm uni  ijtimoiy  tuzum   buyurtmasi  asosida belgilanib,  uning  amalga 
oshishi  uchun  m a ’lum  shart-sharoitlarning  mavjudligi  talab  etiladi. 
Ushbu  g'oyalar yaxlit  tarzda  quyidagicha  aks  etadi:
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 11,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   413




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish