Tarbiya jarayonining mazmuni.
Tarbiva — muayyan, aniq maqsad
ham da ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tom onlam a o ‘stirish,
uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.
Boshqacharoq talqin etilganda, tarbiya yosh avlodni muayyan maqsad
yo‘Iida har to m o n lam a voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-
atvorni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan faoliyat jarayonidir.
Turli zam on va makonda ijtimoiy tarbiya mohiyati turlicha b o ‘lib,
uning mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib chiqib asoslangan. Tarbiya
g'oyasi t u rlic h a ifo dalangan b o ‘lsada, am m o y o 'n a ltiru v c h a n lik
xususiyati ham da obyektiga ko‘ra yakdillikni ifoda etadi.
Tarbiya xususida taniqli o ‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy shunday
deydi: «Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mam ot, yo najot -
yo falokat, yo saodat — yo falokat masalasidur»1. Ushbu fikrlardan
anglaniladiki, shaxs tarbiyasi xususiy ish emas, balki ijtimoiy, milliy
ishdir. Zero, har bir xalqning taraqqiy etishi, davlatlarning qudratli
boMishi avlodlar tarbiyasiga ko ‘p jihatdan bog‘liq.
0 ‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy mustaqillikni q o ‘lga
www.ziyouz.com kutubxonasi
kiritgach, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida tub islohotlar olib
borilmoqda. Islohotlarning asosiy g ‘oyasi respublikaning rivojlanish va
taraqqiyot yo‘li deb e ’tirof etilgan demokratik, insonparvar, huquqiy
jamiyatning Ьафо etish uchun xizmat qiladi. Demokratik, insonparvar,
huquqiy jamiyatning barpo etish vazifasi o ‘sib kelayotgan yosh avlod
z im m a s ig a y u k lan a d i. 0 ‘z b e k is t o n R e s p u b l ik a s in i n g « T a ’lim
t o ‘g ‘risida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ham da
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti l.A.Karimovning qator asar va
nutqlari, chunonchi, «Barkamol avlod — 0 ‘zbekiston taraqqiyotining
poydevori», « 0 ‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» nomli asarlarida
mustaqil respublikada ijtimoiy tarbiyani yo ‘lga q o ‘yish maqsadi va
vazifalari belgilab berilgan.
Tarbiya — shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun
uyushtirilgan pedagogik jarayon b o ‘lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga
m untazam va tizimli t a ’sir etish imkonini beradi.
T a rb iv a jarayoni o ‘q itu v c h i va o ‘q u v c h i ( ta r b iy a c h i va
tarbiyalanuvchi)lar o ‘rtasida tashkil etiluvchi ham d a aniq maqsadga
y o ‘n a ltirilg a n
h a m k o r lik
j a r a y o n i d i r .
T a r b iy a
j a r a y o n i d a
tarbiyalanuvchining ongi shakllana boradi, his-tuyg‘ulari rivojlanadi,
ijtimoiy hayot uchun zarur b o ‘lgan ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga
xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo ‘ladi.
Tarbiya jarayonida bolalarning hayoti va faoliyatini pedagogik
jihatdan t o ‘g ‘ri uyushtirish g ‘oyat muhimdir. Faoliyat jarayonida bola
t a s h q a r id a n kelayotgan tarb iy av iy t a ’sirlarg a n is b a ta n m a ’lum
m u n o sa b a td a boMadi. Bu m u n o sa b a t shaxsning ichki ehtiyoj va
xohishlarini ifodalaydi. Psixolog va pedagoglarning tadqiqotlari shaxsga
tashqi omillarning (xoh salbiy, xoh ijobiy) t a ’siri bolaning ularga
munosabatiga bogMiqligini ko‘rsatadi. Bola faoliyatini uyushtirishgina
e m a s , balki t a r b i y a l a n u v c h i n i n g bu fa o liy a tg a n i s b a t a n tu rli
kechinmalarni qanday anglashi, baholashi, his qilishi, ulardan o ‘zi uchun
n im a la r n i olayo tg anligini b ilish i z a ru r. Z e r o , ta r b iy a ijtim oiy
munosabatlarning murakkablashib borishi asosida kechadi.
Tarbiya jara y o n id a o ‘q u v c h in i n g o n g ig in a e m a s , balki his-
tuyg‘ularini h a m o ‘stirib borish, un d a jam iyatning shaxsga q o ‘yadigan
axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlarini hosil
qilish lozim. Bunga erishish uch un o ‘quvchining ongi, hissiyoti va
irodasiga t a ’sir etib boriladi. Agar bularning birortasi e ’tibordan chetda
qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi. Tarbiya jarayoniga
0
‘qituvchi
www.ziyouz.com kutubxonasi
rahbarlik qiladi. U o'quvchilar faoliyatini belgilaydi, ularning ijtimoiy
jarayonda ishtirok etishlari uchun shart-sharoit yaratadi.
Ijtimoiy ja ra y o n d a faol ishtirok etish orqali o 'q u v c h ila rn in g
mustaqilligi, ijodiy tashabbuskorligi ortib boradi. Faoliyat o'quvchilar
jamoasi manfaati va istagi asosida uyushtirilsa, bu jarayonda bolaning
tengdoshlari va o'zini o'zi anglash jarayoni yuzaga keladi. Bola o'z
xulqi, x a tti-h a ra k a ti u c h u n j a m o a oldida javobgarlikni sezishga
erishgach, ijrochi emas, balki umumiy ishning faol qatnashchisi bo'lib
qoladi.
Tarbiyani samarali yo'lga qo'yish uchun uning harakatlantiruvchi
kuchi, tarbiya jarayonining manbayini yaxshi bilish va hisobga olish
m u h im d ir . Bu ta rb iy a j a r a y o n id a g i ichki va ta s h q i q a r a m a -
qarshiliklardan iborat.
Tarbiyada o'quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini ham hisobga
olish kerak bo'ladi. Bu jihat unutilsa, muayyan qarama-qarshiliklar
vujudga keladi.
F a o liya t ja r a y o n id a hosil b o 'lg a n m alaka va o d a tla r axloq
m e ’yorlariga rioya qilishni yengillashtiradi.
D em ak, tarbiyachi bola shaxsining tez rivojlanadigan davri —
o'quvchilik yillarida uning ongiga turli faoliyat (o'qish, mehnat, ijtimoiy
ishlar, o'yin, sport, badiiy havaskorlik) yordami bilan maxsus t a ’sir
etish muhimdir. Aks holda xulq m e ’yorlari, axloq talablarini yaxshi
tushunm ay qolishi natijasida shaxs ijtimoiy munosabatlarda beqaror,
tasodifiy t a ’sirga beriluvchan bo'lib qolishi mumkin.
Tarbiya yaxlit jarayonda amalga oshirilib, uning tarkibiy qismlari
ayni bir vaqtda, faoliyatning biror turi asosida namoyon bo'ladi.
Umumiy pedagogika jarayonida tarbiya muhim o'rin tutadi. Shaxsni
shakllantirish, boshqarish, nazorat xarakteriga ega bo'lib, bu borada
belgilangan vazifalar tasodifiy harakatlar orqali emas, balki oldinda
belgilangan va puxta o'ylangan rejalar asosida hal etib boriladi. Tarbiya
jarayonida uning maqsadi, shakl va metodlari, shaxsning o'zini-o'zi
tarbiyalash va qayta tarbiyalash jihatlari muhim o'rin tutadi. Tarbiya
m azm uni ijtimoiy tuzum buyurtmasi asosida belgilanib, uning amalga
oshishi uchun m a ’lum shart-sharoitlarning mavjudligi talab etiladi.
Ushbu g'oyalar yaxlit tarzda quyidagicha aks etadi:
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |