Obyektlarni ko'chirish Operatsion tizimda papkalar va fayllami nusxalashdan tashqari
ularni butunlay boshqa joyga ko'chirib o'tkazish ham mumkin.
Papkalami boshqa joyga butunlay ko'chirib o'tkazish uchun quyidagi
amallarni bajaring:
— Ko'chirilishi talab qilinayotgan obyekt joylashgan papkani
oching;
— Ko'chiriladigan papkani belgilang;
— Правка menyusidan Вырезать amalini tanlang. Shundan so'ng
papka yorlig'i xira ko'rinishga o'tadi va bu holat papkaning almashish
buferiga kesib olinganligini anglatadi.
— Papkaning ko'chiriladigan joyini ko'rsating, ya’ni joylashish
papkasini oching;
— Правка menyusidan Вставить amalini tanlang. Shundan so'ng
kesib olingan obyekt ko'rsatilgan papkaga ko'chirib o'tkaziladi;
— Belgilashni bekor qilish uchun oynaning ixtiyoriy joyiga
bosing.
45
Obyektlarni klaviatura yordamida Ctrl+X (kesib olish) va Ctrl+V (obyektni qo‘yish) tugmalar birikmasidan foydalanib ham ko‘chirib
o‘tkazish mumkin.