«sichqoncha» chap tugmasini ikki marta bosing.
Shu tariqa uch usul natijasida ham ushbu ko'rinishdagi Microsoft
Access dasturi interfeysi ekranda paydo bo'ladi.
197
Dasturni yopish
Dasturlar bilan ishlash yakunlangandan so‘ng, ular kompyuter
xotirasidan ortiqcha joy egallab turmasligi uchun dasturlarni yopish
zarur. Ushbu darsimizda Access dasturining bir nechta yopish usulla
rini ko‘rib chiqamiz.
Birinchi usul: Access dasturini yopish uchun uning yopish tugmasi-
dan foydalanish:
— Interfeys sarlavha satrining o'ng chetida joylashgan Закрыть
tugmasini bosing.
Ikkinchi usul: Dasturni kompyuter klaviaturasidan foydalanib
yopish:
— Klaviaturadan ALT+F4 tugmalar birikmasini birgalikda bosing.
Do'stlaringiz bilan baham: |