‘z b b ton respublikasi oliy va ‘rta vlaxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Download 3,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/273
Sana06.02.2022
Hajmi3,85 Mb.
#433797
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   273
Bog'liq
Azizxo`jayeva N.N.Pedagogik texnologiyalar

namunalar bo'yicha 
mustaqil 
ishlar;
• 
rekonstruktiv-variativ;
• 
evristik (qisman, ijodiy);
• 
ijodiy tadqiqot.
Namunalar bo'yicha mustaqil ishlar 
deganda tipik vazifalami va turli 
mashqlami namuna asosida yechish tushiniladi. Ular materialni o'zlashtirishga 
omil bo'ladi, lekin talabalaming ijodiy faolligini o'stirmaydi.
Rekonstruktiv-variativ mustaqil ishlar 
nafaqat bilimlaming 
amaliy 
tavsifnomasini, balki bilimlar tuzilmasini qayta ishlab chiqishni 
hamda 
masala va muammo kabilami yechishda mavjud bilimlami jalb qilishni 
ko'zda 
tutadi.


Evristik mustaqil ishlar 
leksiya, laboratoriya, amaliy mashg'ulotlar, 
seminarlarda qo‘yilgan ayrim masala va muammolami hal qilish bilan 
bog‘liqdir.
Tadqiqiy mustaqil ishlar, 
tadqiqot muammosini ko‘ra olish malakasini, 
uni mustaqil ifodalay olish, farazni belgilab olish va muammoning hal 
qilinish rejasini ishlab chiqish hamda uni hal qilishni mo'ljallaydi.
Ijodiy tadqiqot ishlari. 
Bunday ishlarda vazifa muammoli vaziyatning 
yuzaga kelishini taqozo qiladigan sharoit yaratishdan iborat bo‘ladi. Talaba 
o‘z faoliyatida tayyor namunalardan ozod bo'lgan holda masalaning hal 
qilinish yo'llarini qidiradi va tadqiq qiladi. Bunday ishlar sirasiga eksperiment 
qo‘yish, jihozlar, maketlar va dastgohlarni loyihalash bilan bog‘liq bo‘lgan 
vazifalar kiradi.
Shunday qilib, mustaqil ishlar, o‘qitishning eng muhim metodi bo‘lib, 
unda talabalaming mashg'ulotlarga tayyorlanish, olingan bilim, malaka va 
ko'nikmalarini mustahkamlash jarayonida ularning individual faolligi oshadi.
Mustaqil ishlarni samarali tashkil etishning asosiy shartlari quyidagilardan 
iborat:
• 
mustaqil ishlaming ilmiyligi, uning tadqiqiy xarakteri;
• mustaqil ravishda o'z bilimlarini yanada oshirib borishga bo'lgan
ehtiyojning shakllanishi;
• 
mustaqil ishlar vazifalarini individuallashtirish;
• mustaqil ishlarni tashkil etishga metodik rahbarlik qilish.
Oliy maktabdagi o‘quv jarayoni 
mustaqil tahsilni 
tashkil etilishini 
ham ko‘zda tutadi. Talabalaming mustaqil tahsili ulaming o'z bilimlarini 
kengaytirish va chuqurlashtirish, mavjud malaka va ko‘nikmalarni 
takomillashtirish hamda ulaming yangilarini o‘zlashtirishga bo‘lgan intilishi 
sifatida qaraladi.
Mustaqil tahsilning asosiy maqsadi talabalaming shaxsiy va kasbiy sifatlarmi 
o‘stirishdir.
Mustaqil tahsilning vazifalari: 
shaxsning intellektual imkoniyatlarini
yangilash, ulaming goyaviy-nazariy saviyasini oshirish, kasbiy mahorati va
madaniyatini takomillashtirish kabilami ichiga oladi.
Oliy maktabdagi o‘quv jarayoni mustaqil tahsilga bo‘lgan ehtiyojni 
shakllantirishga yo'naltirilgan bo'lishi va talabalaming o‘z-o‘zini baholay 
olishini, ulaming tayyorgarligini, yangi bilimlami egallashga bo'lgan ongli 
munosabatini aniqlab berishi kerak. Mustaqil tahsil bo'yicha mashg'ulotlaming 
izchilligini va maqsadga muvofiqligini ta’minlash maqsadida uning rejasi 
tuziladi.
Rejaga quyidagi talablar qo'yiladi:
• 
rejalashtirilayotgan ishlaming hq/mi va oldinma-keyinligi;
• ulaming bajarilish muddatlari;
• 
mustaqil faoliyatning har bir turiga maqsadli fco'rsatmalar berish.


Mustaqil tahsil jarayoni uning aniq shakli, metodlari va usullarini qamrab 
olishi shart.
Mustaqil tahsilning asosiy metodi 
adabiyotlar ustida individual ishlasbdir. 
Bu metod axborotlar oqimida eng muhim axborotni topish, unga to‘g‘ri 
baho berish, ushbu axborotdan o‘zining kasbiy faoliyatida foydalanish 
malakasini shakllantiradi. Qo‘lga kiritilgan axborotlar asosida mustaqil mashq 
qilish metodlaridan foydalanish imkonini beradi. Bu metoddan foydalanish 
amaliy faoliyatda zarur boMadigan sifat ko‘rsatkichlarini ta’minlaydi.
Shuningdek, mustaqil tahsilga amaliy ahamiyatga molik bo'lgan vazifalami 
bajarish va audiovizual uskunalar bilan ishlash ham kiradi.
Mustaqil tahsilning muhim metodlaridan biri ulaming 
muloqotkBr. 
Mustaqil tahsilning pirovard maqsadi talabalami ijodiy izlanishga, o‘zi ustida 
ishlash va har tomonlama tadqiqot yuritishning mohiyatini anglashga tortishdir.
1.3.3. Oliy maktabda o'qitish metodlari
Pedagogikaga oid adabiyotlarda o‘qitish metodlariga katta ahamiyat beriladi. 
Didaktika bilan shug‘ullanuvchilar metodni o‘quv jarayonining o‘zagi, 
ko‘zlangan maqsad va pirovard natijani bog‘lovchi vosita deb izohlaydilar.
0 ‘qitish metodi «o'qitishning maqsadi — mazmuni, metodi, shakli, 
usullari» 

Download 3,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish