‘z b b ton respublikasi oliy va ‘rta vlaxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Download 3,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/273
Sana06.02.2022
Hajmi3,85 Mb.
#433797
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   273
Bog'liq
Azizxo`jayeva N.N.Pedagogik texnologiyalar

yo'naltiruv fiinksiyasida
talabalaming diqqati o'quv 
materialining asosiy qoidalari, uni o‘rganishdagi hamda bo‘lg‘usi kasbiy 
faoliyatidagi roli, ahamiyati va uni o'zlashtirish metodlariga jalb qilinadi. 
Leksiyaning axborot berish funksiyasi o'qituvchi tomonidan asosiy ilmiy 
faktlar, qoidalar, xulosalaming mohiyatini ochish chog'ida amalga oshiriladi. 
O'qitishning metodologik ftmksiyasini qo'llash tadqiqot metodlarini 
qiyoslash, chog'ishtirishga hamda ilmiy izlanishning tamoyillari va 
yondashuvlarini aniqlashga yordam beradi. O'qitishning taibiyalov funksiyasi 
leksiya jarayonida o'quv materialiga hissiy baho berish munosabatlarini 
uyg'otish, qiziqishlarini o'stirish, mantiqiy fikrlash va isbotlashni 
oydinlashtirish yo'li bilan amalga oshiriladi.
Tahlillar shuni ko'rsatadiki, leksiyada hal qilinadigan asosiy vazifalar 
quyidagilardan iborat:
• 
ilmiy bilimlaming muayyan miqdori bayon qilinadi;
• 
talabalarga fan va tadqiqotlaming metodologiyasi tanishtiriladi;
• 
o'quv faoliyati va o'quv mashgulotlarining barcha turlari orasidagi
metodik aloqalar ko'rsatiladi.
Leksiyaning didaktik macpadi, o'qitish jarayonidagi o'mi va axborotlami 
bayon qilish metodlariga ko'ra o'ziga xos xususiyatlaiga ega bo'ladi.
Didaktik maqsadiga (ynalganligiga) ko'ra kirish va tematik hamda 
umumiy - yakuniy leksiyalar farqlanadi.
Kirish (muqaddima) leksiyada kurs (bo'lim, mavzu) ning Um-fan 
tizimidagi o'mi, ushbu materialni amaliyotda qo'Uash imkoniyatlari, kurs 
(bo'lim, mavzu) mazmunini o'rganish metodlari ochib beriladi. Bunday 
leksiyaning muhim xususiyati shundaki, unda o'qituvchi asosiy masalaning 
u yoki bu tomonlarigagina to'xtaladi va bu masalalar keyinchalik albatta 
detalma-detal yoritib beriladi.
Tematik leksiyalar ayniqsa, keng tarqalgan. Bunday leksiya u yoki bu 
mavzuga bag'ishlangan bo'lib, unda faktlar, ulaming tahlillari, xulosalar 
mazmuni bayon qilinadi va konkret ilmiy qoidalar isbotlanadi.
Umumiy-yakuniy leksiya awal o'iganilgan materiallami qaytadan 
umumlashtirishga qaratilgan bo'ladi. Uning mazmuni awal bayon qilingan 
mazmunga o'xshamaydi, balki talabalar tomonidan o'zlashtirilgan 
axborotlami yuksak abstraksiyalash bosqichida tizimga tushiriladi. Bunday 
leksiyalar talabalar bilimining chuqurlashishida va o'quv fani metodologiyasini 
yaxshi tasawur qilishda alohida ahamiyatga molik bo'ladi.
Axborotlarning bayon qilinishiga ko'ra 
leksiyalar dogmatik, axborot va
namoyish qilish va muammoli
leksiyalardan iborat bo'ladi. Lekin shuni 
ta’kidlash joizki, har bir leksiyaning o'ziga xos xususiyatlarini qayd qilgan 
holda, ulardagi umumiy jihatlami ham farqlash lozim. Chunki leksiya o'qish


va uni loyihalash jarayonida ulami amalga oshirmasdan bo‘lmaydi. Ular 
quyidagilar
• 
ilmiylik;
• 
qulaylik;
• 
kasbiy yo'naltirilganlik;
• 
oqibatli aloqani amalga oshirish.
Oliy maktab o'qitish tizimiga leksiya bilan biigalikda amaliy (mashq, 
seminar va laboratoriya) mashg'ulot turlari ham kiradiki, ular ta’limiy, 
tarbiyaviy hamda nazariyani amaliyot bilan bog'lash funksiyalarini bajaradi.
“Amaliy mashg'ulot” termini peciagogikaga oid adabiyotlarda ham keng, 
ham tor ma'noda izohlanadi. “Amaliy mashg'ulot” termini keng ma'noda 
mashq, seminar (ulaming barcha turlari) va laboratoriya mashg'ulotlarini 
umumlashtiradi. Amaliy mashg'ulotlaming leksiyadan farqlanadigan asosiy 
me' yorlaridan biri o'quv jarayoni qatnashchilarining biigalikdagi harakatlarida 
o'ziga xos xarakter bilan namoyon bo'lishidir. Ular vazifalariga ko'ra ham 
farqlanadi. Agar leksiyada ilmiy bilimlar asosi bayon qilinadigan bo'lsa, 
amaliy mashg'ulotlarda esa bilimlar chuqurlashtiriladi, kengaytiriladi va 
detallashtiriladi. Eng muhimi, amaliy mashg'ulotlar talabalar bilimini sinash 
uchun ham xizmat qiladi.
Amaliy mashg'ulot shakllaridan biri seminardir. Seminar mashg'ulotlari 
quyidagi vazifalami yechishga qaratilgan bo'ladi:
• 

Download 3,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish