Mehnatni muhofaza qilish borasidagi 0 ‘zbekiston Respublikasi siyosatining mohiyati “Mehnatni himoya qilish to‘g‘risida”gi 0 ‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasida bayon etilgan.
Mehnatga oid qonunchilikda mehnatni muhofaza qilish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Ya’ni, barcha muassasalarda xafsizlik va gigiena talablariga javob beradigan mehnat sharoiti tashkil etilishi lozim. Mehnatni muhofaza qilishga doir sharoitni yaratishga ish beruvchi mas’ul bo‘lib, buning uchun u qonun oldida javob beradi.
Ishga qabul vaqtida yoki boshqa ishga o‘tkazishda ish
beruvchi xodimga ish sharoitlari, jumladan kasbiy yoki boshqa kasalliklar xavfining mavjudligi, shu munosabati bilan lozim bo‘lgan imtiyozlar va qo‘shimcha haqlar, mehnatni muhofaza qilish holati, shuningdek shaxsiy himoya vositalari haqida ma’lumot berishi lozim.
0 ‘z navbatida xodim, mehnatni muhofaza qilish borasidagi barcha talablarga, ish beruvchining mehnatni xavfsiz olib borish borasidagi farmoyishlariga izchil rioya etishi, shaxsiy himoya
vositalaridan foydalanishi, odamlar hayoti va sog‘lig‘iga xavf soluvchi vaziyatlar, shuningdek ish vaqtida yoki u bilan bog‘liq holatda vujudga kelgan har qanday baxtsiz hodisalar haqida shoshilinch xabar berishi lozim.
Qonunchilikka muvofiq ish beruvchiga alohida toifadagi xodimlami (18 yoshga to‘lmagan; 60 yoshga to‘lgan erkaklar; 55 yoshga to‘lgan ayollar; nogironlar; noqulay mehnat sharoitida, tunggi ishlarda band xodimlar; aholiga bevosita xizmat ko‘rsatuvchilar va shu kabilar) ishga qabul vaqtida dastlabki, shuningdek ish jarayonida esa davriy tibbiy ko‘riklarini tashkil etish va o ‘tkazish majburiyati yuklatilgan.
0 ‘zR MK 214-moddasiga muvofiq, mehnat sharoiti noqulay ishlar va bajarilayotganida dastlabki tarzda va vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tilishi lozim bo‘lgan boshqa ishlaming ro‘yxati va ularni o‘tkazish tartibi 0 ‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Xodimlar tibbiy ko‘rikni rad etishga haqqi yo‘q. Tibbiy ko‘rikdan o‘tishni rad etish, shuningdek tekshiruv natijalari bo‘yicha vrachlaming tavsiyalarini bajarmaslik xodimni ishdan chetlatish uchun asos hisoblanadi.
Ayni vaqtda, agarda xodim salomatlik holatining yomonlashuvini mehnat sharoitlari bilan bog‘liq deb taxmin etsa, u navbatdan tashqari tibbiy ko‘rikni talab etishi mumkin.
Alohida ta’kidlash lozimki, xodimlar tibbiy ko‘rikdan o ‘tish bilan bog‘liq harajatlarni to‘lamaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |