Yusupova nargiza shakirovna jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi



Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/169
Sana14.07.2022
Hajmi3 Mb.
#793909
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   169
Bog'liq
kitob Jismoniy madaniyat3

shaxsiy kuch
qobiliyatlari. 
2. Enguvchi va yon beruvchi xususiyatli tez harakatlarni bajarishda yoki 
ko‟nuvchi ishdan enguvchi ishga tez o‟tishda namoyon bo‟ladigan 
tezlik - kuch
qobiliyatlari. 
Insonning shaxsiy 
kuch qobiliyatlari
ma‟lum bir vaqt davomida me‟yorga 
etgan og‟irlikni mushaklarning maksimal kucha-yishi bilan ushlab turishda 
(ishning statik xususiyati) yoki katta og‟irlikdagi jismlarni siljitishda namoyon 
bo‟ladi. 
Oxirgi holda tezlikning deyarli ahamiyati yo‟q, harakatlar esa maksimal 
darajaga etadi. (ishning xususiyati sport atamasologiyasi bo‟yicha sust, dinamik). 
Ishning bu xususiyatiga mos ravishda mushak kuchi statik va sust dinamik bo‟lishi 
mumkin. 
Tezlik-kuch qobiliyatlari
kuch bilan bir qatorda harakat tezligi ham zarur 
bo‟lgan holatlarda namoyon bo‟ladi. 
Bunda, tashqi og‟irlashtirish qancha yuqori bo‟lsa, harakat kuchli tavsifga 
ega bo‟ladi, og‟irlik qancha kam bo‟lsa, harakat shuncha tez bo‟ladi. 
Tezlik - kuch qobiliyatlarining namoyon bo‟lish shakllari u yoki bu 
harakatdagi mushak kuchayishining tavsifiga bog‟liq. Bu xarak-ter har-xil 


116 
harakatlardagi quvvat kuchayishida, uni kattaligida va davomiyligini rivojlantirish 
tezligida namoyon bo‟ladi. 
Tezlik - kuch qobiliyatlarining muhim turi «portlash» kuchi-dir. 
«Portlash» 
kuchi
- kuchning yuqori ko‟rsatkichlarini kam vaqt ichida namoyon etish 
qobiliyatlaridir. 
U sprinter yugurishdagi startda, otishlarda, boksda va boshqa turlarda 
ahamiyati katta. 
Ko‟rinib turibdiki, sport ustasida nafaqat kuch namoyon bo‟lishining yuqori 
darajasi mavjud bo‟lib, balki eng muhimi, u kuchning maksimal kattaligiga juda 
qisqa vaqt ichida erishadi. 
Portlash harakatining tarkibiy qismlari uchta bo‟lib, asab-mushak 
faoliyatining quyidagi xususiyatlari bilan belgilanadi: 
Mushaklarning maksimal kuchi, mushaklar kuchayishining boshlanishida 
tashqi harakatni tez namoyish etish qobiliyati (start kuchi), qo‟zg‟alayotgan 
massaning tezlashuvi jarayonida ishchi hara-katni o‟stirish qobiliyati - 
tezlashtiruvchi kuch. Aniqlanganidek, bu xususiyatlar u yoki bu darajada har bir 
insonga uning yoshi, jinsi, sport bilan shug‟ullanishi, harakat faoliyatining turidan 
qat‟iy nazar taalluqlidir. 
«Portlash» kuchining rivojlanish darajasini quyidagi formula yordamida 
hisoblanadigan tezlik - kuch indeksi yordamida aniqlash mumkin: 
J=F max / t max, 
Bunda J- tezlik-kuch indeksi; 
F max-berilgan harakatda ko‟rsatilgan kuchning maksimal
ko‟rsatkichi; 
t max-maksimal kuchga erishish vaqti. 
Kuchni birdaniga namoyon etish mumkin emas. Maksimal kuchni ko‟rsatish 
uchun mushaklarga vaqt kerak. Aniqlanganidek, tahdaqan harakat boshlanishidan 
0,3 soniya o‟tgandan so‟ng mushak maksimum 90% ga teng kuchni namoyon 
etadi. Shu bilan birga sportda 0,3 soniyadan kamroq vaqtda bajaradigan harakatlar 
ko‟p. Masalan, eng kuchli sprinterlarda yugurish oldidagi itarilishga 100-60 ms, 


117 
uzunlikka sakrashda 150ms «fosbyuri-flop» usulida balandlikka sakrashda 180ms, 
chang‟i tramplinida 200-180ms, nayzani otishda tahdaqan 150ms . 
Bu hollarda inson maksimal kuchni ko‟rsatishga ulgurmaydi. Shuning uchun 
kuch qobiliyatlarini etakchi omili namoyon bo‟layotgan kuchning kattaligi emas, 
balki uning o‟sish tezligi, ya‟ni kuch gradientidir.
Sportchilarning malakasi oshgani sari nayzani otishdagi harakatlarda, 
yadroni itarishda, yugurishda, sakrashdagi itari-lishlarga sarf etiladigan vaqt 
kamayishi bunga isbot bo‟la oladi. 
Shunday qilib, tezlik - kuch mashqlarida maksimal kuchning oshishi natijani 
yaxshilashga olib kelmasligi mumkin. Demak, kuch ko‟rsatkichlari past, lekin 
yuqori gridient ko‟rsatkichlariga ega bo‟lgan Sportchilar, kattaroq kuch 
imkoniyatlariga ega bo‟lgan raqibini yutish mumkin. (rasm) 
Rasmda ko‟rinib turibdiki, A sportchida katta kuch va past gridient kuchi. B 
sportchida esa aksincha, kuch gridienti yuqori, maksimal kuch imkoniyatlari esa 
katta emas. Harakatning uzoq davomiyligida („) ikkala sportchi ham o‟zlarining 
maksimal kuchini ko‟rsatishga ulgurganlarida, A sportchi ustunlik ko‟rsatadi. Agar 
bajarish vaqti juda qisqa bo‟lsa, ustunlikni B sportchi ko‟rsatadi. 
Zamonaviy tadqiqotlar natijasida kuch qobiliyatlarining yana bir namoyon 
bo‟lishi kuzatiladi va mushaklarning qayishqoq deformastiya energiyasini to‟plash 
hamda qo‟llash qobiliyati «reaktiv qobiliyat» deb nomlanadi. Bu qobiliyat 
mushaklarning intensiv mexanik cho‟zilishidan keyin, ya‟ni ularning dinamik 
yuklamasi maksimal rivojlanayotgan sharoitlarda ko‟nuvchi ishdan enguvchiga tez 
o‟tishdagi kuchli harakat paydo bo‟lishi bilan tavsiflanadi. 
Dastlabki cho‟zilish mushaklarning qayishqoq deformastiya-sini keltirib 
chiqaradi va ularda ma‟lum kuchlanish potenstialini (nometabolik energiya) 
to‟plashni ta‟daqlaydi. 
Aniqlanganidek, amortizastiya bosqichsida mushaklar cho‟zilishi qancha 
keskin bo‟lsa, mushaklar ko‟nuvchi ishlashdan enguvchi ishlashga shuncha tez 
o‟tadi, ularning qisqarish kuchi va tezligi ham shuncha yuqori bo‟ladi. 
Mushaklarning keyingi qayishqoq energiyasini saq-lab qolish uchun, yugurishda, 


118 
sakrashda va boshqa harakatlarda yuqori tejamkorlik natijasini ta‟daqlaydi.
Masalan, gimnastikachilarda ko‟nuvchi ishdan enguvchiga o‟tish vaqti 
sakrash darajasi bilan keskin bog‟liq.
Ijtimoiy tarbiya amaliyotida insonning mutloq va nisbiy mushak kuchini 
ham farqlaydilar.

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish