Yusupova nargiza shakirovna jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi



Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/169
Sana14.07.2022
Hajmi3 Mb.
#793909
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   169
Bog'liq
kitob Jismoniy madaniyat3

3.
 
Jismoniy madaniyat faoliyat natijasi
sifatida kerakli natijalarni bir 
butunligicha ishlatilishi, jamiyatda predmet boyligi sifatida madaniylashtirilishi 
bilan xarakterlanadi. Bularga qisman: jismoniy madaniyat faoliyati natijasida 
egallangan jismoniy tayyorlanganlik va shu asosida harakat, ko‟nikma va 


10 
malakalarini takomillashtirish bosqichiga erishish, hayotiy kuchlar, sport yutuqlari 
darajasini, jismoniy madaniyat bilan aloqada bo‟lishi bilan orttirilgan natijalardir. 
Shunday qilib jismoniy madaniyat faoliyati, odam bilan tashqi munosabatda bo‟lib 
qolmasdan balki, ko‟nikma, malaka, qobiliyat sifatida uyg‟unlashgan holda ichki 
boylik sifatidagi shaklida ham bo‟ladi. Ijtimoiy hayot obraziga, aniq organik 
sharoitda jismoniy madaniyat hamma sohalarini to‟liqligicha kiritish natijasi xalq 
ommasini jismoniy kamoloti bo‟yicha kompleks ko‟rsatkichga erishilganligidadir. 
Jismoniy madaniyatda keng ilmiy tadqiqotlar madaniyatning qator boshqa 
sohalariga qaraganda ancha kech boshlandi. Jismoniy madaniyat harakatining 
amaliy kengayishi va jismoniy madaniyatning jamiyat hayotidagi salohiyatini ortib 
borishi, uni ilmiy jihatdan fikrlashga bo‟lgan talabini orttirdi, shu bilan birga, uni 
hayotga singdirish uchun imkoniyatlar yaratildi. Jismoniy madaniyat haqidagi 
ilmiy bilimlar tizimning har xil bo‟limlarini tiklanishi babbaravar sodir bo‟lgani 
yo‟q. Boshqa bo‟limlaridan oldin, jismoniy tarbiya haqidagi bilimlar paydo bo‟ldi. 
Bunga birinchi navbatda, jismoniy tarbiya jismoniy madaniyatning asosiy shakli 
sifatida, o‟z tarixining boshlanishidan boshlab, tarbiyaning umum ijtimoiy 
amaliyotining katta qismini tashkil etganligi sabab bo‟ldi. Uning asosida paydo 
bo‟lgan jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati bevosita pedagogika fani bilan 
bog‟liq holda taraqqiy qildi va nisbatan rivojlangan ilmiy-amaliy predmet sifatida 
anchagina ilgari shakllandi. 
O‟zbekiston Respublikasining “Ta‟lim to‟g‟risida”gi qonunida ta‟lim 
davlatimiz ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustivor deb e‟lon qilinishi jismoniy 
madaniyat fani zimmasiga juda katta mas‟uliyatli ulug‟vor vazifalarni yukladi. 
Jismoniy tarbiya ilmiy nazariyasining kator asosiy masalalari bizning 
mamlakatimizda ham buyuk olimlar va jamoat arboblari tomonidan ilgari surilgan 
(Jumladan, Abu Ali ibn Sino, Amir Temur)). Oliy jismoniy madaniyat ta‟limotida 
jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati o‟quv predmeti sifatida rasmiylashtirildi. 
Maxsus shakllangan predmetlar o‟rtasida jismoniy madaniyat bilan bevosita 
bog‟langan predmet bu jismoniy tarbiya nazariyasidir.Lekin u butun jismoniy 
madaniyat nazariyasini ak ettiraolmaydi, chunki jismoniy madaniyat faqat 


11 
jismoniy tarbiya shaklidagina namoyon bo‟lmaydi. Jismoniy madaniyat sohasidagi 
ilmiy bilimlarni umumlashtiruvchi boshqa rivojlangan predmet bu sport 
nazariyasidir. Bu fanning tez rivojlanishiga, ayniqsa, oxirgi o‟n yilliklar ichida, 
olimpiya o‟yinlarida va umuman xalqaro sport harakatidagi ko‟rsatilgan yuqori 
sport natijalari sabab bo‟ldi. 
Shuni ta‟kidlash shartki, xalqaro miqyosdagi musobaqalar mustaqil 
O‟zbekistonimizni dunyoga tanitdi. Yoshlarimizni ma‟naviy va jismoniy etuk 
inson qilib tarbiyalash buyuk kelajak sari intilayotgan jamiyatimizning asosiy 
vazifasidir. Chunki, jismoniy baquvvat, ma‟naviy etuk komil insonlargina jamiyat 
taraqqiyotini belgilab beraoladi.
Shu sababli olimpiada, jahon chempionatlarini aniqlash va maksimal 
darajadagi 
rivojlanishning 
yangi 
usullarini 
qidirib 
topishda, 
ko‟pgina 
tadqiqotchilarni jalb etishning o‟ziga xos tabiiy laboratoriyasiga aylandi va tabiiyki 
sport haqidagi ilmiy bilimlarni tez to‟planishida o‟z aksini topdi. Sport nazariyasi 
hozirgi 
kunda 
dunyoning 
ko‟pgina mamlakatlarida, sport sohasidagi 
mutaxassislarni bo‟lajak kasbiga tayyorlashning etukchi predmeti sifatida 
shakllangan. 
Jismoniy madaniyat nazariyasi fani faqat sportchilarga ta‟lim tarbiya 
jarayonini nazariy metodik amaliy ta‟minlovchi fannigina emas, balki komil 
insonni shakllanishini, rivojlanishini ta‟minlovchi keng sohalarni ham o‟z ichiga 
oladi. 
Ma‟lumki, har qanday ilmiy bilimlar tizimini rivojlanishida har doim ikki 
yo‟nalish o‟zaro bog‟liqlikda bo‟ladi: 
Tabaqalashgan (ayrim shaxsiy ob‟ektga va yo‟nalishga tegishli bilimlarni 
ixtisoslashuvi va bo‟linishi) va integrastiya (ko‟pgina shaxsiy bilimlarni bir 
butunlikka birlashtiruvchi umumiy bilimlarni shakllantirish).
Jismoniy madaniyat va u bilan bog‟liq hodisalarni o‟rganuvchi ilmiy fanlarni 
shakllanishi, ko‟pgina davrlarda, asosan tabaqalashtirilgan yo‟l bilan amalga 
oshirildi. Natijada jismoniy madaniyatni va unga chegaradosh hodisalarni oshirish 
tomonlarini aks ettiruvchi ko‟pgina ayrim predmetlarpaydo bo‟ldi. Ularning 


12 
ayrimlari jismoniy madaniyat va sport amaliyotining aniq bo‟limlaridan kelib 
chiqqan va o‟z tarkibiga, kasbga taalluqli amaliy bilimlarni kiritadi (gimnastika, 
o‟yin, yakkama-yakka kurash, engil atletika, suzish va h.k.), ayrimlari esa, 
jismoniy madaniyat sohasida yaratilmagan, bilimlar doirasida paydo bo‟lmagan, 
lekin o‟zlariningtarmoqlari bilan unga ham tegishli tabiiy va boshqa fanlar yoki 
ilmiy-amaliy predmetlar (anatomiya, fiziologiya, bioximiya, gigiena, biomexanika, 
psixologiya) ixtisoslashgan soha shaklida namoyon bo‟ldi.

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish