Tizimli usulda bola huquqlari muammolari, inson huquqlarining boshqa kategoriyalari bilan o‘zaro bog‘liq holda yagona bir butun sifatida o‘rganiladi. Masalan, bolaning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni hech qachon uning shaxsiy huquq va erkinliklaridan ajratgan holda o‘rganib bo‘lmaydi.
Qiyosiy usulda tushunchalar va holatlar ular o‘rtasidagi umumiy tomonlar va farqlarni solishtirish asosida o‘rganiladi. Masalan, turli mamlakatlarning bola huquqlariga oid qonunchiligi va ularni amalga oshirish bo‘yicha mexanizmini hamda bola huquqlariga milliy qonunchilik va xalqaro normalarni taqqoslash orqali o‘rganish mumkin.
Tarixiy usulda bola huquqlari tarixiy taraqqiyot rivojlanishida o‘rganiladi. Masalan, bola huquqlariga oid g‘oyalar va normalarni qadimgi dunyoda, o‘rta asrlarda va hozirgi davrda rivojlanib borishi nuqtai nazardan o‘rganish.
Do'stlaringiz bilan baham: |