Yuristlar malakasini oshirish markazi jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti



Download 124,44 Kb.
bet20/21
Sana31.01.2022
Hajmi124,44 Kb.
#420377
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
1.Bola huquqlari

Bola huquqlari bo‘yicha Yevropa mintaqasi davlatlari hamkorligiga qaratilgan hujjatlarni tushuntirib bering.

  • Bola huquqlari bo‘yicha Afrika mintaqasi davlatlari hamkorligiga qaratilgan hujjatlarni ko‘rsatib bering.

  • Bola huquqlari bo‘yicha Amerika mintaqasi davlatlari hamkorligiga qaratilgan hujjatlarni ko‘rsatib bering.

  • Nima uchun Osiyo mintaqasida bola huquqlari bo’yicha yagona, mintaqaning barcha davlatlari manfaatlarini aks ettiruvchi hujjat mavjud emas?

    Tavsiya etilayotgan adabiyotlar va manbalar ro’yhati:

    1. Mo’minov A., Tillabayev M. Bola huquqlari. Elektron darslik. -T.: JIDU, 2011.

    2. Праваребеика: Учебник. /nodped. А.Х.Саидова. -Т.: ТГЮИ, 2009.

    3. Bola huquqlari. Yuridik oliy o‘quv yurtlari uchun darslik /prof. G‘.Abdumajidov tahriri ostida. -T.: TDYul, 2009.

    4. Bolalarni himoya qilish. Parlament a’zolari uchun qo‘llanma. -T.: YUNISEF, Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazi, 2006.

    5. Raxmonov B. Maxmudov F. Bola huquqlarini himoya qilishning xalqaro- huquqiy asoslari. -T.: CHASHMA PRINT, 2011

    6. Balog’atga yetmagan bolalar huquqlariga oid xalqaro hujjatlar /Mejdunarodnbe dokumentbi po pravam nesovershennoletnix. - T.: Adolat. 2002.

    7. Inson huquqlari bo’yicha xalqaro shartnomalar: to’plam /O’zbekcha nashrining mas’ul muharriri A.X.Saidov. -Toshkent: «Adolat», 2004.

    8. Исмаилов Б.И. Пpавoвыe основы системы ювeналнoй юстиции. Учeбнoe nocoбue. - Т.: 2001.

    9. Хакимов P. Детство: Пpoблeмы и nepcneкmuвы: [1946-2006]. -Т.: Оьзбэкистон, 2006.

    10. Mo’minov A. Bola huquqlari sohasida xalqaro-huquqiy normalar klassifikatsiyasi //Voyaga yetmaganlar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish tizimi: muammolar va yechimlar. Ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. -T.: O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, “KONSAUDITINFORM-NASHR”, 2008

    4-bob. Bola huquqlari bo’yicha xalqaro mexanizmlar

    1. Bola huquqlari bo‘yicha xalqaro institutsional tizimning umumiy tavsifi

    2. Bola huquqlari bilan shug’ullanuvchi xalqaro universal xalqaro tashkilotlar

    3. YUNISEF - bola huquqlarini himoya qilishga qaratilgan BMTning maxsus organi sifatida

    4. Bola huquqlari bilan shug‘ullanuvchi mintaqaviy xalqaro tashkilotlar

    5. Bola huquqlariga ixtisoslashgan xalqaro nodavlat tashkilotlari

    1. Bola huquqlari bo‘yicha xalqaro institutsional tizimning umumiy tavsifi

    Inson huquqlari, shu jumladan, bola huquqlari sohasidagi xalqaro hamkorlikning rivojlanishi bu - umumbashariy masaladir. Bu boradagi hamkorlikda barcha davlatlar ko‘p tomonlama yaqin aloqadorlik, teng huquqlilik, davlat suverenitetini hurmat qilish, xalqaro huquq normalari va shartnoma majburiyatlarini vijdonan bajarish tamoyillariga asoslanishi lozim. Jumladan, hozirgi vaqtda bola huquqlari masalasiga xalqaro munosabatlarda ham tobora keng ahamiyat berilmoqda.
    Bola huquqlarini himoya etishga qaratilgan ko’plab deklaratsiya, xartiya va bitimlar qabul qilingan bo‘lib, ularda bolaning haq-huquqlarini himoya qilish qoidalari va me’yorlari mustahkamlangan. Ular to'g'risida oldingi bobda batafsil to'htalib o'tdik. Ammo, qayd etish kerakki, huquqiy qoidalar va me’yorlar yaratilgani bilan u o‘z o‘zidan amalga oshib qolmaydi va o‘z o‘zidan samarali bo‘lmaydi. Buning uchun, uni davlatlar tomonidan amalga oshirishi uchun, ularni qo‘llab-quvvatlaydigan, kuzatib boradigan, bu borada davlatlar faoliyatini muvofiqlashtirib turadigan xalqaro mexanizm lozimdir. Shuning uchun ham, bola huquqlarining xalqaro himoyasi to‘g‘risida fikr yuritilganda, mazkur xalqaro- huquqiy hujjatlarni amalga oshirishning mexanizmi sifatida, xalqaro institutsional tizimga alohida e’tibor qaratish lozim84.
    Bola huquqlari bo’yicha xalqaro institutsional tizim - o‘z faoliyati doirasida bola huquqlari bo‘yicha davlatlararo hamkorlik olib borishga ko‘maklashuvchi hamda uni muvofiqlashtirib boruvchi, bevosita bola huquqlari bo’yicha xalqaro norma ijodkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilotlar va organlarning tizimi.
    Bugungi kunda bola huquqlarini himoya qilishning xalqaro institutsional tizimi shakllanib ulgurdi. Mazkur xalqaro institutsional tizimning asosini - hozirgi zamon xalqaro huquqining hosilaviy subyektlari bo’lmish xalqaro hukumatlararo tashkilotlar tashkil etadi. Shu bilan birga, mazkur yo‘nalishda, ma’lum darajada xalqaro huquqning cheklangan subyektlari sifatida xalqaro nohukumat tashkilotlar faoliyatini ham alohida ta’kidlash darkor.
    Xalqaro hukumatlararo tashkilotlar - bu, a’zo-davlatlar irodasi bilan belgilanadigan hajmda mustaqil irodaga va davlatlarning huquq va majburiyatlaridan kelib chiqadigan hosilaviy huquq va majburiyatlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan organlarga ega bo‘lib, siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ilmiy- texnikaviy, huquqiy va boshqa sohalarda hamkorlikni amalga oshirish uchun xalqaro shartnoma asosida va xalqaro huquqqa muvofiq tuzilgan davlatlarning birlashmasidir.84
    Mazkur xalqaro institutsional tizimda Birlashgan Millatlar Tashkilotining o‘rni va rolini alohida ta’kidlash lozim. Xalqaro miqyosda Birlashgan Millatlar Tashkilotining tashkil topishi va uning Nizomining ta’sis etilishi insoniyat tarixida muhim siyosiy voqea bo’ldi. Inson huquqlari, shu jumladan, bola huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasida ushbu xalqaro tashkilotning asosiy maqsad va tamoyillaridan biri - bolaning barcha huquq va erkinliklarini ta’minlash, samarali amalga oshirish va ularga rioya qilish sohasidagi xalqaro hamkorlikdan iborat. Xalqaro tashkilotlar va davlatlar tomonidan bola huquqlari va erkinliklarini himoya
    oli uchun qarang: Mo’minov A., Tillabayev M. Bola huquqlari. Elektron darslik. -T.: JIDU, 2011; Raxmonov B. Maxmudov F. Bola huquqlarini himoya qilishning xalqaro-huquqiy asoslari. -T.: CHASHMA PRINT, 2011.; Xakimov R. Detstvo: Problemw i perspektivbi: [1946-2006]. -T.: O’zbekiston, 2006.; Mo'minov A., Tillabayev M. Inson huquqlari. Darslik. 2-nashr. -T.: Adolat, 2013.
    84 Meждyнapoднoe ny6nu4Hoe право. -M.: npocneKT, 1999. - C. 250.
    qilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, turli tadbirlar hamda ushbu tashkilot va davlatlarning bola huquqlari va erkinliklarini himoya qilishdagi roli va ahamiyati kabi muhim masalalar ushbu sohani mukammal o‘rganishni va har tomonlama chuqur tahlil etishni talab qiladi. Shu nuqtai nazardan, bola huquqlari bo’yicha mintaqaviy mexanizmlarni ham o’rganish muhim ahamiyatga egadir. Chunki turli mintaqalarda bola huquqlarini himoya qilishni universal himoya qilishga nisbatan yaxshiroq amalga oshirish mumkin. Butun dunyo davlatlarining o‘zaro tushunishiga ko‘ra, biror mintaqadagi davlatlar bir-birini tezroq tushunadilar.
    Ma’lumki, davlatlarning bola huquqlariga oid xalqaro hamkorligi turli shakllarda ifodalanadi: ya’ni davlatlar bolaning qanday huquq va erkinliklari hurmat qilinishi va amal qilinishi lozimligi bo‘yicha yagona universal standartlar ishlab chiqadilar; davlatlar xalqaro kelishuvlar bo‘yicha majburiyatlar olishida, o‘zining milliy tartibini o‘rnatishi doirasida ushbu standartlarga rioya qiladilar; davlatlar o‘zlariga olgan majburiyatlariga rioya qilishlarini nazorat qilish bo‘yicha maxsus nazorat mexanizmini tuzadilar.
    Demak, bola huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro hamkorlik nafaqat davlatlar tomonidan, balki shu bilan birga, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xalqaro nohukumat tashkilotlar doirasida ham amalga oshiriladi. Xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga Birlashgan Millatlar Tashkiloti, uning ixtisoslashgan tashkilotlari kabi universal tashkilotlarni hamda Yevropa Kengashi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, MDH kabi mintaqaviy xalqaro tashkilotlarni kiritishimiz mumkin. Bola huquqlariga oid xalqaro nohukumat tashkilotlariga Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi, Save children, SOS Kinderdorf kabi xalqaro nohukumat tashkilotlarni misol qilish mumkin.
    Bolalarning huquq va erkinliklari amalga oshishini nazorat qiluvchi muassasalar vazifasi, vakolati hamda ish yuritish shakliga qarab bir necha guruhga bo‘linishi mumkin. Avvalo, ular xalqaro muassasalarga va har bir mamlakatda tashkil qilinadigan, ya’ni milliy muassasalarga bo‘linadi.
    Xalqaro tashkilotlarning faoliyati shunday tashkilotga a’zo bo‘lgan hamma mamlakatlarga tatbiq etilsa, alohida mamlakatlarda tashkil qilinadigan muassasalarning faoliyati faqat shu mamlakat doirasida amalga oshiriladi. Inson huquqlari, shuningdek, bola huquqlari va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga rioya etilishini nazorat qiluvchi muassasalar tashkil etilishiga qarab, davlat muassasalariga hamda nodavlat muassasalariga bo‘linadi. Davlat muassasalari davlat organlari tizimida tashkil qilinib, davlatning nazorat funksiyasini bajaradi va aksariyat hollarda majburiy qarorlar qabul qilsa, nodavlat muassasalari davlat organlari tizimiga kirmaydi hamda ularning qarorlari tavsiya etuvchi xarakterga ega bo‘ladi. Demak, inson huquq va erkinliklari ayrim mamlakatlarda, davlat muassasalari va shu mamlakatda tashkil qilinadigan milliy davlat muassasalari tomonidangina emas, balki xalqaro tashkilotlar tomonidan ham nazorat qilinadi. Sababi, inson hamma yerda teng tug‘iladi va u eng oliy qadriyat hisoblanadi. Har bir kishi millati, irqiga qarab biron-bir kamsitishga uchramasligi yoki boshqa kishilarga nisbatan hech qanday imtiyozga ega bo‘lmasligi kerak. Shu asnoda, hamma yerda inson huquq va erkinliklari bir xilda bo‘lishini ta’ minlash maqsadida ularning amalga oshishini nazorat qiluvchi xalqaro tashkilotlarning mavjud bo‘lishiga zarurat tug‘iladi.
    Xalqaro hukumatlararo tashkilotlar universal va mintaqaviy tashkilotlarga bo‘linadi. Universal xalqaro tashkilotlarga BMT va uning ixtisoslashgan tashkilotlari kiradi. Bu tashkilotlarning inson huquqlari sohasidagi faoliyati xususida fikr yuritadigan bo‘lsak, ularning faoliyati katta ahamiyatga egadir.
    BMT tizimidagi turli organlar xalqaro shartnomalarga rioya qilish yuzasidan nazoratni amalga oshiradi. Ular, odatda, ikki turga bo‘linadi: ya’ni EKOSOS, Inson huquqlari bo‘yicha kengash, Inson huquqlari bo‘yicha Oliy bosh komissarlik, YUNISEF kabi uning Nizomidan kelib chiqib tuzilgan organlari hamda Bola huquqlari qo‘mitasi kabi, davlatlarning o‘z majburiyatlarini bajarishi yuzasidan taqdim qiladigan ma’ruzalarini hamda xususiy shikoyatlarni ko‘rib chiqish uchun tashkil etilgan nazorat yoki konvensiyaviy organlar.
    Bunday konvensiyaviy organlar muayyan xalqaro shartnoma asosida tuziladi va mazkur shartnoma qoidalarining bajarilishini nazorat qilib boradi. Aynan tashkil qilish asoslaridan kelib chiqib, ular «shartnomaviy organlar», «implementatsiyaviy organlar», «konvensiyaviy organlar» kabi nomlar bilan ham yuritiladi85.
    Xalqaro tashkilotlarning o‘zi xalqaro hukumatlararo va xalqaro nohukumat tashkilotlariga bo‘linadi. Xalqaro hukumatlararo tashkilotlarni ham, odatda, ularga a’zolik nuqtai nazaridan universal, mintaqaviy, mintaqalararo xalqaro tashkilotlarga bo‘lish qabul qilingan.
    Bola huquqlarini xalqaro ko‘lamda himoya qilishning:

    • universal xalqaro tashkilot sifatida, BMT va uning YUNISEF, kabi organlari hamda YUNESKO, Xalqaro mehnat tashkiloti, kabi ixtisoslashgan tashkilotlari doirasidagi universal;

    • mintaqalararo tashkilot sifatida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti doirasidagi mintaqalararo;

    • mintaqaviy tashkilot sifatida Yevropa Kengashi, Yevropa Ittifoqi, Amerika davlatlari tashkiloti, Afrika birligi tashkiloti singari xalqaro hukumatlararo tashkilotlar doirasidagi mintaqaviy mexanizmlari shakllangan.

    Shuningdek, bola huquqlarini himoya qilish sohasida xalqaro nodavlat tashklotlari tizimi ham shakllangan.
    Umuman olganda, XXI asrda inson huquqlari rivojlanishi jarayonining o‘ziga xos xusutsiyati sifatida bu jarayondagi xalqaro tashkilotlarning faol ishtirokini e’tirof etish kerak. Shuning uchun ham, bola huquqlarini xalqaro tashkilotlar huquqi bilan bog‘liq holda o‘rganish maqsadga muvofiqdir.
    Bola huquqlarini rivojlantirishda xalqaro tashkilotlarning roli turlichadir. Xalqaro hukumatlararo tashkilotlar bola huquqlari sohasida norma ijodkorligi faoliyatini amalga oshirishlari orqali muayyan davlatlarda va mintaqalarda bola huquqlarini himoya qilishga oid xalqaro shartnomalar loyihalarini yaratadilar va ularning qabul qilinishi bo‘yicha tashabbuslar bilan chiqishlari mumkin. Ular, yana
    shuningdek, xalqaro shartnomalarga davlatlar tomonidan rioya qilinishi bo’yicha tegishli nazorat funksiyasini ham olib boradilar. Muayyan davlatlarga bola huquqlari sohasida moliyaviy va texnik yordamni amalga oshirishlari mumkin. Xalqaro nohukumat tashkilotlari esa, faoliyat turiga ko‘ra, bola huquqlari sohalari bo‘yicha xalqaro norma ijodkorligi jarayonida takliflar bilan chiqishi mumkin, Bola huquqlari qo‘mitasi kabi xalqaro monitoring organlarida davlatlarning bola huquqlari bo‘yicha ma’ruzalari yoki bola huquqlarini ham qamrab olgan inson huquqlari bo‘yicha milliy ma’ruzalar ko‘rilayotgan paytda o‘z hisobotlari bilan ishtirok etishi va muayyan davlatlarga bu sohada ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bola huquqlari masalalari va erkinlikarini himoya qilish va rag‘batlantirish masalalari bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilotlar to‘g‘risida qisqacha xulosa qilib aytganda, bugungi kunda jahonda bola huquqlari bo‘yicha xalqaro institutsional mexanizm shakllandi.
    2. Bola huquqlari bilan shug’ullanuvchi xalqaro universal xalqaro tashkilotlar
    Yuqorida ta’kidlaganimizdek, xalqaro universal tashkilot sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotining bola huquqlarini himoya qilishda tutgan o‘rni va ahamiyati beqiyosdir.
    BMT tizimi juda ham murakkab bo‘lgan xalqaro tashkilotlar, jamg‘armalar, organlar, qo‘mitalar, komissiyalar va boshqa tuzilmalardan iborat bo‘lib, ularning orasida bola huquqlari bilan shug‘ullanuvchi organlar tizimi shakllangan. Bu tizimga avvalombor, BMT Bosh Assambleyasi, EKOSOS kabi uning asosiy organlari, YUNISEF kabi maxsus jamg‘armasi, Bola huquqlari qo‘mitasi kabi shartnomaviy organlari hamda YUNESKO, XMT kabi ixtisoslashgan tashkilotlari kiradi.

    Download 124,44 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish