Afrika mintaqasi davlatlari hamkorligiga qaratilgan hujjatlar: Bola huquqlari va baxt saodati to’g’risida Afrika konvensiyasi, 1991-yilda qabul qilingan va 1999-yilda kuchga kirgan; Afrika yoshlari xartiyasi, 2006-yilda qabul qilingan, xali kuchga kirmagan.
Amerika mintaqasi davlatlari hamkorligiga qaratilgan hujjatlar: Balog’atga yetmagan bolalar xalqaro traffiki bo‘yicha amerika davlatlari konvensiyasi 1994- yilda qabul qilingan, 1997-yilda kuchga kirgan; Qaytib kelgan bolalar to‘g‘risidagi amerika davlatlari konvensiyasi, 1989-yilda qabul qilingan va 1994-yilda kuchga kirgan; Balog‘at yoshini o‘rnatish bo‘yicha qonunlar kolliziyasi bo‘yicha amerika davlatlari konvensiyasi, 1984-yilda qabul qilingan va 1988-yilda kuchga kirgan. Amerika qit’asiga tegishli xalqaro hujjatlarning o‘ziga xosligi, ular ko‘proq muayyan huquqiy munosabatlar sohasini tartibga solishga qaratilgan.
Bola huquqlarini himoya qilishga oid mintaqaviy hujjatlar xususida fikr yuritilganda, yuqoridagi manzaradan ko‘rish mumkinki, hozirgacha mavjud hujjatlar asosan yevropa, amerika va afrika qit’alarigagina taalluqli, xolos. Afsuski, bolalar huquqlarini ta’minlash murakkab va muammoli bo‘lgan Osiyo mintaqasiga oid bunday hujjat xali ishlab chiqilmagan. Bu esa bu mintaqada inson huquqlari bo‘yicha mintaqaviy mexanizmning yo‘qligi va bu sohada davlatlararo mintaqaviy hamkorlik juda ham sust ekanligi bilan xarakterlanadi.
Xulosa qilib aytganda, bola huquqlariga oid xalqaro hujjatlarning klassifikatsiyasi shuni ko‘rsatmoqdaki, birinchidan, bola huquqlari sohasidagi xalqaro hujjatlarning mazmun-mohiyatini to‘g‘ri tushunishga yordam bersa, ikkinchidan bola huquqlari sohasidagi xalqaro huquqiy baza, ham universal miqyosda, ham mintaqaviy miqyosda rivojlanib borayotganligini, ammo, bu rivojlanish barcha mintaqalarda ham bir xil ketmayotganligi to‘g‘risidagi manzarani ko‘rsatib beradi. Shu bilan birga, turli mintaqalardagi davlatlarning siyosiy, iqtisodiy tuzumidagi farqlar, ularning diniy va madaniy xilma-xilligi kabi omillar bu sohadagi davlatlarnnig mintaqaviy integratsiyasiga ta’sir qiluvchi omillar ekanligini tushunishga yordam beradi.
Takrorlash uchun savollar:
Bola huquqlariga oid xalqaro normalarni klassifikatsiyalash deganda nimani tushunasiz va uning qanday ahamiyati bor?
Bola huquqlariga oid xalqaro normalarni klassifikatsiyalash qanday mezonlar asosida amalga oshiriladi?
Bola huquqlariga oid universal va mintaqaviy normalarni qanday klassifikatsiyalash mumkin?
BMTning inson huquqlari sohasidagi universal standartlari deb ataluvchi umumiy deklaratsiyalar va konvensiyalarining o ‘ziga xos xusutsiyatlarini tushuntirib bering.
BMT ixtisoslashgan tashkilotlari hujjatlarining o‘ziga xos xusutsiyatlarini tushuntirib bering.
Bola huquqlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan alohida ijtimoiy guruhlar (ayollar) huquqlarini tartibga soluvchi xalqaro shartnomalarning mohiyatini tushuntirib bering.
Muayyan huquqiy munosabatlar sohasini qamrab oluvchi universal hujjatlarning mohiyati va o‘ziga xos xusutsiyati nimadan iborat?
BMTningyuvenal yustitsiyaga oid minimal standartlari va asosiy prinsiplari deb hisoblanuvchi hujjatlarining mohiyati va o ‘ziga xos xusutsiyatlarini tushuntirib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |