Yuristlar malakasini oshirish markazi jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti


Bolalarning qurolli mojarolarga jalb qilinishi to‘g‘risidagi fakultativ



Download 2,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/405
Sana06.01.2022
Hajmi2,3 Mb.
#324231
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   405
Bog'liq
1.Bola huquqlari

Bolalarning qurolli mojarolarga jalb qilinishi to‘g‘risidagi fakultativ

protokol

. Yu

qorida ta’kidlaganimizd k, yana bir murakkab muammo sifatida

bolalarning qurolli mojarolarda ishtirok etishi, ularni bu jarayonga jalb etilishi va

qurolli mojarolar davrida ularni himoya qilish muammosi hisoblanadi. Ta’kidlash




156

lozimki, harbiy to‘qnashuvlarga bolalarni ishtirok ettirish istagi, xusutsiyati va

shakllari turlicha o‘zgarib turadi. Harbiy mojarolarga bolalarni jalb etish jarayonini

o‘zi ham bir zaylda bo‘lmaydi.

Shunisi achinarliki, o‘zlarining g‘arazli manfaatlarini hamma narsadan ustun

qo‘yadigan muayyan kuchlar bolalar va yoshlarning qanday azoblarni boshdan

chirishlarini o‘ylab ham ko‘rmay, ularni ataylab harbiy harakatlarga yollaydilar

va jalb etadilar. Jalb qilinayotgan bolalarga jangovar harakatlarda ishtirok etish

bilan bog‘liq halokatli tahdid jiddiy xavf tug‘diradi.

Hozirgi zamonda dunyoning turli mintaqalari va davlatlarida 18 yoshga

to‘lmagan bolalarning urush harakatlarida ishtirok etishi odatiy hol hisoblanadi.

Ayniqsa, afrika mamlakatlarida bolalarning qurolli mojarolar davrida harbiy

xizmatga jalb etish bilan bog‘liq amaliyot kuchlidir. Yosh bolalarni harbiy

harakatlarga jalb etishga, odatda quyidagi omillardan k lib chiqiladi:



birinchidan

,

qarshi tomondan bolalardan unchalik xavf kutilmaydi va bu hollarda dushman



tarafga qarshi op ratsiyani amalga oshirishda bolalardan munofiqona yo‘l bilan

bilan turli maqsadlarda foydalanish mumkin,



ikkinchidan

 bolalar, ongi va tafakkuri

hali yetarli rivojlanmaganligi sababli ham har qanday, shuningd k, noqonuniy

topshiriqlarni bajarishi mumkin va hattoki, jangda har qanday vaxshiylikdan ham

qaytmasligi ham mumkin va o‘z qilmishining mazmun-mohiyatini tushunib

yetmaydi,



uchinchidan

 bolalarni urushga jalb etish kattalarga nisbatan ancha arzon

tushadi.

Bolalarni harbiy xizmatga jalb etish uchun turli vositalar, shu jumladan,

kuch ishlatishdan ham foydalaniladi.

Masalan, qurolli kuchlar qishloq joyidan o‘ta turib bolalarni o‘zlari bilan

olib k tadilar, ular bunda qizlarni ham ayab o‘tirmaydilar. Aniq holatlarni

o‘rganish Salvador, Efiopiya, Ugandada soldat-qizlarning mavjudligini aniqlashga

yordam b rdi. Ular soldatlarning uchdan bir qismini tashkil etgan. Dunyoning



157

“qaynoq nuqtalar” d b ataladigan turli mintaqalarida qariyb 300.000 zamonaviy

qurol-yarog‘ bilan qurollangan soldat-bolalar mavjud

136


.

Bunday hollarda xalqaro hamjamiyatning qurolli to‘qnashuvlar davrida

bolalarni himoya qilish va ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishni ta’minlash uchun bor

imkoniyatni ishga solish zarurligi to‘g‘risida tashvishga tushayotganligi ayniqsa,

yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

Harbiy harakatlarda ishtirok etadigan bolalarning eng katta yoshi masalasi

ayniqsa murakkabligi bilan ajralib turadi. Uni hal etish bir xilda emas. Bu masala

bo‘yicha davlatlar tomonidan yagona to‘htamga k lingani yo‘q.

Harbiy harakatlar sharoitida bolalarni alohida himoyalash masalasi dastlab,

Xalqaro gumanitar huquq normalari, xususan 1949-yil 12-avgustdagi to‘rtta J

va

konv nsiyalari bilan tartibga solingan edi. Ammo, qurolli mojarolarga jalb



etishning eng kichik yoshi ko‘rsatilmagan. Qurolli mojarolar davrida fuqaro

aholini himoya qilishga qaratilgan IV J

va konv nsiyasida ham bolalar fuqaro

aholi sifatida himoya ostiga olingan oby kt sifatida ko‘riladi.

Urush harakatlariga 15 yoshga to‘lmagan bolalarni jalb etishni taqiqlash

bo‘yicha norma, birinchi bor mazkur J

va konv nsiyalariga 1977-yildagi I-

Qo‘shimcha protokolda o‘z aksini topdi. Bolalarni himoya qilish bo‘yicha chora-

tadbirlarga bag‘ishlangan mazkur Protokolning 77-moddasining 2-qismiga ko‘ra,

“Nizolashayotgan tomonlar 15 yoshga to‘lmagan bolalar harbiy harakatlarda

vosita ishtirok etmasligi uchun zarur bo‘lgan barcha amaliy choralarni

ko‘radilar, xususan, tomonlar ularni o‘z qurolli kuchlariga yollashdan saqlanadilar.

15 yoshga to‘lgan, ammo hali 18 kirmagan shaxslarni yollash paytida,

nizolashayotgan tomonlar iloji boricha yoshi kattaroqlarini afzol ko‘rishga xarakat

qiladilar”

137


.

136


Bola huquqlari. / Yuridik oliy o‘quv yurtlari uchun darslik // Prof. G‘.Abdumajidov tahriri ostida. –T.: TDYuI

nashriyoti, 2009. –B.97

137

1949-yil 12-avgustdagi J



va konv nsiyalari va ularga Qo‘shimcha protokollar. –Ikkinchi, tuzatilgan nashri. –T.:

Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi, 2007. -B.286




158

Bu talab k yinchalik Bola huquqlari to‘g‘risida konv nsiyaning qurolli

mojarolar sharoitida bolalarning huquqiy himoya qilishni ta’minlash maqsadida

qabul qilingan 38-moddasiga asos bo‘ldi.

Konv nsiya dunyodagi d yarli barcha mamlakatlar tomonidan tan olingan

bo‘lsa-da, uning hamma qoidalariga bir xilda e’tibor b rilmayotir. Qurolli

kuchlarga 15 yoshgacha bolalarni jalb qilish va harbiy harakatlarda ishtirok ettirish

taqiqlanganiga norozi mamlakatlar ham bor.

Ularga qarshi ko‘pchilik mamlakatlar, k ng jamoatchilik, nohukumat

tashkilotlar, YUNISEF bu yoshni jang harakatlarida qatnashish uchun juda

barvaqt, d b hisoblamoqdalar. Konv nsiyani ratifikatsiya qilgan aksariyat davlatlar

buning uchun 18 yoshni b lgilashmoqchi ekanliklarini bildirdilar. Bunday k skin

qarshi fikrlar sababli Bola huquqlari bo‘yicha qo‘mita harbiy harakatlarda

qatnashish yoshini yuqoriga ko‘tarish haqida Fakultativ protokol tayyorlash uchun

Ishchi guruhi tuzdi

138


.

1994-yilning-oktabrida o‘z vazifasiga kirishgan Ishchi guruh tomonidan

ishlab chiqilgan Bola huquqlari to‘g‘risidagi konv nsiyaga Bolalarning qurolli

mojarolarga jalb qilinishi to‘g‘risidagi fakultativ protokol BMT Bosh

Assambl yasining 2000-yil 25-maydagi A/RES/54/263-qarori bilan qabul qilindi.

Protokol qabul qilishinishining sabablari va shart-sharoitlari o‘z aksini

topgan Muqaddima va 13 moddadan iborat mazkur Fakultativ protokolning eng

katta yutug‘i harbiy xizmatga chaqiruvga minimal yoshni 18 d b b lgilanganligi

bo‘ldi. Xususan, uning


Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   405




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish